+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

O‘zbekistonda 4 oyda 44,6 trillion so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi

266 12:57 | 06.06.2026 12:57

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar–aprel oylarida mamlakatimizda yirik korxonalar tomonidan 44,6 trillion so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2 foizga yuqoridir.


Hududlar kesimida eng yuqori natija Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, bu erda 7,9 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Keyingi o‘rinlarni Samarqand viloyati (6 trln so‘m) va Toshkent viloyati (5,9 trln so‘m) egallagan.


Shuningdek, Andijon viloyatida 3,6 trillion so‘m, Farg‘ona viloyatida 3,5 trillion so‘m, Buxoro viloyatida 3 trillion so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.


Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida bu ko‘rsatkich 2,7 trillion so‘mni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 trillion so‘mni tashkil etgan. Navoiy viloyatida 1,9 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, Xorazm viloyati hissasiga 1,4 trillion so‘m to‘g‘ri kelgan.


Jizzax, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida esa har biri 1,3 trillion so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid