Marg‘ilonda Kumush yashagan uyga sayohat (fotoreportaj)
Marg‘ilon shahrida bunyod etilgan Burhoniddin Marg‘inoniy nomidagi maʼrifiy-madaniy va turizm markazi 35 gektar maydonni egallagan bo‘lib, har kuni u erga minglab mehmonlar va vodiy ahli sayohatga kelishmoqda.
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi hamda viloyat hokimligi hamkorligida 5–6 may kunlari tashkil etilgan press-turda jurnalistlar Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari asosida yaratilgan ramziy xonadon — Mirzakarim Qutidorning hovlisida bo‘lishdi.
Uy-muzey eng so‘nggi texnologiyalar asosida yaratilgan bo‘lib, unda asarda tasvirlangan manzaralar, yaʼni XX asr boshlaridagi Marg‘ilon shahri xonadonlariga xos yashash muhiti aks ettirilgan. Ekranlashtirilgan xonada “O‘tkan kunlar” badiiy filmi lavhalari namoyish etib turiladi. Sunʼiy intellekt yordamida mehmonlar asar bosh qahramoni Kumushga o‘z savollarini berib, u bilan virtual muloqot qilish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi.


Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0