Navoiylik yoshlar chinakam qahramon bo‘lishdi (fotoreportaj)
Navoiy va Zarafshon, Uchquduq va Zafarobod, Nurobod va Zarkent shahar hamda qo‘rg‘onlaridagi “Farhod” madaniyat saroyi, “Oltin vodiy”, “Uchquduq”, “Nurobod”, “Konchi” madaniyat saroyi hamda ijodiyot uylaridagi 170 dan ortiq badiiy jamoa va to‘garaklarda to‘rt mingga yaqin havaskor sanʼatkorlar, iqtidorli yoshlar band.
Bugun ularning poytaxtga kelib xayriya kontserti berishi esa chinakam qahramonlikdir. Sababi kontsertga mehribonlik uylari bolalari, mehnat jabhasida uzoq yillar ishlab, hozirda nafaqaga chiqqan faxriylar taklif qilingan.
Sahnada “Shirin”, “Marvarid”, “Favvora”, “Sardoba”, “Sado”, “Farhod” ansambllari, “Ivushka” xor jamoalari, “Nihol” va “Tarona” o‘zbek xalq cholg‘u orkestrlari, “Shok” estrada-raqs ansambli kabi ijodiy guruhlar o‘zining betakror repertuarlarini namoyish etishmoqda.


Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0