Сайт тест режимида ишламокда
    Валюта UZS
  • USD

    12 915.0715.07

  • EUR

    14 659.9064.84

  • RUB

    156.43-0.89

+32C

+32C

  • O'z
  • Ўз
Ўзбекистон
  • Сиёсат
  • Спорт
  • Жамият
  • Иқтисод
Хориж
  • Иқтисод
  • Сиёсат
Интервью
  • Маданият ва маърифат
Кутубхона
  • Адабиёт
  • Илмий ишлар
  • Мақолалар
  • Касаба фаоллари учун қўлланмалар
Бошқалар
  • Янги Ўзбекистон суратлари
  • Колумнистлар
  • Архив
  • Ўзбекистон журналистлари

Toshkent Shahar

+32c

  • Hozir

    +32 C

  • 19:00

    +30 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +25 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +19 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Кириш

Toshkent

Toshkent Shahar

Yakshanba, 04-May

+32C

  • Hozir

    +32 C

  • 19:00

    +30 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +25 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +19 C

  • Yakshanba, 04

    +32 +20

  • Dushanba, 05

    +33 +20

  • Seshanba, 06

    +34 +20

  • Chorshanba, 07

    +34 +20

  • Payshanba, 08

    +28 +20

  • Juma, 09

    +26 +20

  • Shanba, 10

    +29 +20

  • Yakshanba, 11

    +30 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Daraxtlar qurilishlar qurboniga aylanmasin

Farg'ona o'zining so'lim tabiati, azim chinorlari bilan ma'lumu mashhur. Ayniqsa, yo'l yoqalariga ekilgan chinorlar shahar ko'rkiga ko'rk qo'shdi. Ammo keyinchalik ular ayovsiz kesib tashlandi.
Jamiyat
123 12:04 | 04.05.2025 12:04

Ma'lumotlarga ko'ra, birgina Farg'ona shahrining o'zida 60 ming tupdan ziyod chinor ko'kka bo'y cho'zgan. Shuning uchun shahar ko'chalari yozning jaziramasida ham salqin bo'lib, odamlarga huzur bag'ishlagan.


Aslida Farg'onaga minglab chinorlar bejiz ekilmagan. Сhunki viloyatda sizot suvlari yer sathiga yaqin joylashgan. Ushbu daraxt sizot suvlarini o'ziga tortib, sho'rlanishning oldini olishda yaxshi samara beradi. Qolaversa, turli zararkunanda hasharotlarga chidamli hamda jazirama issiqdan qutqaruvchi hamdir.


Ammo negadir keyingi paytlarda chinorlar kamayib, shahar ko'chalariga kichik manzarali ko'chatlar, shuningdek, archa ko'p ekilmoqda. To'g'ri, bu turdagi buta va daraxtlarning fusunkorligi bor, ammo soyasi kam. Ustiga-ustak, ular doimiy parvarish va ko'p suv talab qiladi.


Agar iqlim o'zgarishi va global isish muammosini hisobga olsak, Farg'ona tabiatining o'ziga xos ramzi hisoblangan chinorlarni ko'proq ekish lozim.


Shu o'rinda yana bir mulohaza. Ekologik holat tobora yomonlashib borayotgan bir paytda daraxtkushlar topilayotgani achinarlidir. Gapimiz quruq bo'lmasligi uchun bitta misol keltirsak. Ayni paytda Farg'ona shahrining Sayilgoh va al-Farg'oniy ko'chasi tutashgan hududda qurilish ishlari ketmoqda. O'rab olingan maydonda esa ko'p yillik daraxt­lar qurib borayotganini ko'rish mumkin. Shunga o'xshash holat «Yoshlar bog'i»da ham yuz bergan edi. O'shanda bir nechta chinor tagidan, boshqa manzarali daraxt­lar esa yuqori qismidan kesib tashlangandi.


Bugun Farg'onada infratuzilmalar yaxshilanib, zamonaviy binolar qad rostlamoqda. Bu yaxshi, albatta. Lekin bunyodkorlik ishlari yashnab turgan daraxtlarni nobud qilish evaziga bo'lmasligi kerak.


Jamshid ERGAShEV
«ISHONCH»



Изоҳ қолдириш
Жўнатиш
Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Мавзуга оид

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3941 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat