Valyuta UZS
  • USD

    12 129.3328.04

  • EUR

    14 061.5330.08

  • RUB

    149.171.16

+16C

+16C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+16c

  • Hozir

    +16 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 25-October

+16C

  • Hozir

    +16 C

  • Shanba, 25

    +16 +20

  • Yakshanba, 26

    +12 +20

  • Dushanba, 27

    +12 +20

  • Seshanba, 28

    +14 +20

  • Chorshanba, 29

    +13 +20

  • Payshanba, 30

    +12 +20

  • Juma, 31

    +12 +20

  • Shanba, 01

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

18 yoshli yigit nomiga 21 ta firma ochilgan! Soliq tizimi soxta bizneslarni aniqladi

2026 yil 1 yanvardan boshlab   soliq boshqaruvida yangi loyiha amaliyotga tatbiq etilishi kutilmoqda. Uning asosiy vazifasi elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF)ning xavf darajasini tahlil qilib, qonunbuzarlik ehtimolini avtomatlashtirilgan tarzda baholashdan iborat.
513 12:59 | 17.10.2025 12:59

Mazkur tizim soliq boshqaruvini yanada takomillashtirishdagi muhim bosqich bo'lib, moliyaviy qonunbuzarliklarning oldini olishga va soliq intizomini mustahkamlashga qaratilgan. Yangi tizim EHF rasmiylashtirish jarayonida qonunbuzarlik ehtimolini baholash imkonini beruvchi kompleks tahlilga asoslanadi. Har bitta EHF 48 ta mezon bo'yicha baholanadi.


Natijada ularning xavf darajasi tizimda 3 toifaga ajaratiladi: past, o'rta va yuqori. Agar xavf darajasi yuqori bo'lsa, bu holat xaridorga avtomatik tarzda ma'lum qilinadi. Bu esa hamkor tanlashda o'zaro ishonch, ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish va ehtiyotkorlikni ta'minlaydi. Yangi loyiha soliq idoralarining ishini yengillashtiribgina qolmay, tadbirkorlik muhitida o'zaro ishonch va shaffoflikni ham mustahkamlaydi. U Janubiy Koreya va Turkiya tajribalari asosida ishlab chiqilgan.


Jarayonga Xalqaro Valyuta Fondi ekspertlari, “Yangi texnologiya” ilmiy-axborot markazi va IT mutaxassislari faol jalb etilgan. U yurtimizda soliq sohasini raqamlashtirish, korruptsion holatlarning oldini olishda muhim bosqich bo'lib xizmat qilishi kutilmoqda. Loyiha sinov tizimida ishlayotgan bo'lsa-da, o'tgan 3 oy vaqt mobaynida 27 ta shubhali korxona tomonidan 281 ta korxonalarga 5.9 trillion so'mlik EHF rasmiylashtirilgani aniqlandi. Shunday shubhali holatlardan birida, platformada 18 yoshli yigitning nomiga naqd 21 ta firma ochilgani ma'lum bo'ldi. Firmalarning hisobvarag'ida rasmiy mablag' aylanmasi ham, avtomashina ham, ishchi-xodim ham mavjud emas. Biroq bir-ikki oydan so'ng ushbu shaxsga tegishli firmalardan biriga tovar oldi-sotdi qilinganligi uchun katta mablag' kelib tushmoqda. Bu holat xodimlarimiz tomonidan nazoratga olindi. 1 dekabrdan loyiha Namangan viloyatida ham tajriba tariqasida boshlanadi. 2026 yil 1 yanvardan boshlab esa butun respublika miqiyosida ishga tushiriladi. Soliq qo'mitasi vakillarining ta'kidlashicha, tizimning asosiy maqsadi – jazolash emas, balki halol tadbirkorlarni himoya qilish, soxta hisob-fakturalarini kamaytirish, yashirin biznesslarning oldini olish va moliyaviy izchillikni ta'minlash.


Gulhayyo PRIMOVA, O'zJOKU talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid