+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Fon musiqasi ortidagi huquq: nega bir qo‘shiq videongizni bloklatishi mumkin?

Ko‘pchilik internetdagi materiallarni “hamma uchun ochiq” deb o‘ylaydi. Natijada qo‘shiq, foto, video kabi media mahsulotlaridan ruxsatsiz foydalanish holatlari kuzatiladi. Aslidachi? O‘g‘rilangan materiallarga qonunchilikda javobgarliklar bormi? Ishonch.uz muxbiri ushbu mavzuni atroflicha o‘rgandi.
Tahlil
121 10:03 | 08.06.2026 10:03



Bugungi davrda kontent yaratish misli ko‘rilmagan darajada ommalashdi. Bir necha yil avval professional studiyalar va ommaviy axborot vositalarining vakolati hisoblangan videomahsulot tayyorlash bugun oddiy smartfon orqali ham amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi blogerlar, kontent yaratuvchilar, tadbirkorlar va hatto davlat tashkilotlari ham auditoriya eʼtiborini jalb qilish uchun turli formatdagi videolarni muntazam eʼlon qilmoqda.


Biroq kontent yaratish madaniyati rivojlanayotgan bir paytda intellektual mulk, xususan mualliflik huquqlariga rioya etish masalasi hanuz dolzarb masala. Ayniqsa, videolarda fon musiqalaridan ruxsatsiz foydalanish ko‘plab mamlakatlarda huquqiy bahslar, moliyaviy daʼvolar va platformalar tomonidan qo‘llanilayotgan cheklovlarga sabab hisoblanadi.


Dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri hisoblangan Buyuk Britaniya tajribasi bu borada alohida eʼtiborga loyiq. Mamlakatda mualliflik huquqi va intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonunchilik bazasi shakllantirilgan. Jumladan, 1988 yilda qabul qilingan Copyright, Designs and Patents Act mualliflik huquqi sohasidagi asosiy normativ hujjat bo‘lib, adabiy, musiqiy, badiiy asarlar, kompyuter dasturlari, maʼlumotlar bazalari va boshqa ijodiy mahsulotlarni himoya qiladi. Ushbu qonun mualliflarga o‘z asarlarini nusxalash, tarqatish, namoyish etish va ulardan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha huquqlar bergan.


Buyuk Britaniyada mualliflik huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan asar nusxalarini musodara qilish, yo‘q qilish, etkazilgan zararni undirish hamda noqonuniy foydalanish natijasida olingan daromadlarni qaytarish kabi choralar qo‘llanilishi mumkin. Bu esa ijodiy mehnat mahsulining iqtisodiy qiymatini himoya qilishga xizmat qiladi.


Media makon kengaygani sari qonunchilik ham zamon bilan hamnafas rivojlanib bormoqda. Xususan, Copyright and Related Rights Regulations 2003 hujjati internet va raqamli platformalarda mualliflik huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirgan. Natijada internetda musiqa, film yoki boshqa mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallarni ruxsatsiz tarqatish yanada qatʼiy nazorat ostiga.


Aslida fon musiqasi sifatida ishlatilayotgan kompozitsiyalar ham to‘laqonli mualliflik huquqi obekti hisoblanadi. Ko‘pchilik videoning asosiy mazmuni boshqa bo‘lgani uchun fon sifatida qo‘yilgan musiqa qonuniy muammolar tug‘dirmaydi, deb o‘ylaydi. Lekin, aksariyat davlatlar qonunchiligida musiqiy asardan foydalanish uchun muallif yoki huquq egasining roziligi talab etiladi. Bu qoida musiqaning to‘liq yoki qisqa parchasi ishlatilishidan qatʼi nazar amal qiladi.


Bugungi kunda YouTube, Facebook, Instagram, TikTok kabi yirik platformalar ham mualliflik huquqlarini himoya qilish borasida qatʼiy siyosat yuritmoqda. Ayniqsa, YouTube’ning Content ID tizimi mualliflik huquqi bilan himoyalangan audio va videomateriallarni avtomatik aniqlash imkonini beradi. Natijada ruxsatsiz ishlatilgan musiqa sabab video bloklanishi, monetizatsiya huquqidan mahrum qilinishi mumkin.


So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham intellektual mulkni himoya qilish masalasiga davlat siyosati darajasida alohida eʼtibor qaratilmoqda. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirildi, xalqaro konvensiyalar bilan uyg‘unlashtirish ishlari olib borildi, Intellektual mulk agentligi faoliyati rivojlantirildi hamda huquqbuzarliklarga qarshi kurashish tizimlari kuchaytirildi.


Shu bilan birga, aholining bu boradagi huquqiy savodxonligi hali ham etarli darajada shakllangan deb bo‘lmaydi. Ko‘pchilik internetdagi materiallar “hamma uchun ochiq” degan noto‘g‘ri qarashga ega. Natijada qo‘shiq, foto, video yoki grafik materiallardan ruxsatsiz foydalanish holatlari uchrab turadi.


Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan ayrim blogerlar va kontent yaratuvchilar mualliflik huquqi talablari bilan etarlicha tanish emas. Vaholanki, intellektual mulkni himoya qilish faqat huquqiy majburiyat emas, balki ijodkor mehnatiga hurmat masalasi hamdir.


Musiqachi, yozuvchi, dasturchi yoki rassom tomonidan yaratilgan mahsulot ortida vaqt, bilim va anchagina mehnat mujassam. Ushbu mehnatning qonuniy himoyasi esa ijodkorlik rivojlanishining muhim omillaridan biri hisoblanadi.


Raqamli iqtisodiyot va kontent tizimi jadal rivojlanayotgan bugungi davrda mualliflik huquqlariga rioya qilish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda muhim qadamlar tashlanmoqda. Biroq qonunchilikni takomillashtirish bilan bir qatorda aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish, ayniqsa yoshlar hamda kontent yaratuvchilar o‘rtasida mualliflik huquqi masalalarini keng targ‘ib qilish zarur. Zero, fon musiqasi bo‘ladimi yoki to‘liq asarmi har qanday ijod mahsuli qonun himoyasida. Uni hurmat qilish esa nafaqat huquqiy, balki madaniy va axloqiy masʼuliyat hamdir.



Dildora DO‘SMATOVA
Ishonch.uz



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Tahlil
Mashhur vaksinadagi dahshatli xavf
0 3009 15:11 | 09.11.2023
Tahlil
Virtual muloqot manzaralari
0 3383 13:54 | 18.11.2023