Rossiyada migrantlar uchun bank hisoblarini cheklash taklif qilinmoqda
Rossiya Davlat Dumasida mehnat migrantlari uchun «bir migrant — bir bank» qoidasini joriy etish taklif qilindi. Bu tashabbus bilan deputat Andrey Lugovoy chiqdi.
Shuningdek, migrantlarga bank hisoblarini faqatgina xorijiy pasport asosida ochishga ruxsat berish, ichki hujjatlarsiz amalga oshirish taklif etilmoqda.
Bu g'oya nazoratni kuchaytirish va moliyaviy xatarlarni kamaytirish zarurati bilan izohlanmoqda.
Davlat Dumasi raisi vyacheslav volodin esa migrantlar uchun bank hisoblari soni bo'yicha limit o'rnatish taklifini qo'llab-quvvatladi va uni ishlab chiqishni topshirdi.
«Hurmatli hamkasblar, aniq va puxta ishlab chiqilgan takliflar yangradi. Biz taqdim etilgan materiallardan kelib chiqqan holda baholashimiz mumkinki, ular deyarli qonun loyihalari shaklida amalga oshirishga tayyor holatga keltirilgan. Agar e'tirozlar bo'lmasa, keling, Lugovoyning takliflarini qo'llab-quvvatlaylik va qay tarzda yaxshiroq hamda samarali bo'lishini hal qilib olaylik — yoki fraktsiyalar o'rtasidagi guruh doirasida, yoki qo'mitalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda. Keling, ularni qo'llab-quvvatlab, ishlab chiqaylik va imkoni boricha tezroq qonunlar shaklida amalga oshiraylik», — dedi volodin Davlat Dumasining yalpi majlisida.
Umid Xudoyqulov.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0