Sog'liqni saqlash tizimi kasaba uyushmasi to'g'risidagi xabar yuzasidan rasmiy raddiya
Joriy yilning 1 yanvarida ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo'l shahar sog'liqni saqlash tizimida ishlayotgan o'nlab tibbiyot xodimlarining kasaba uyushmasi faoliyatiga e'tirozi hamda uning yopiqligi, hisobotsiz va nazoratsiz tizim ekanligi haqida birtomonlama, puxta o'rganilmagan xabarlar e'lon qilindi.
Yangiyo'l shahar sog'liqni saqlash tizimi kasaba uyushmasi ushbu xabarda keltirilgan ma'lumotlar asossiz ekanligi to'g'risida o'z rasmiy pozitsiyasini quyidagicha bildirib o'tadi:
1. Barcha xodimlardan ushlab qolingan kasaba badallari faqat xodimlar yozma roziligi asosida amalga oshirilgan.
2. 2021 yildan buyon moliyaviy hisobotlar korxonaning ichki nazorat tizimi va tegishli organlar nazoratida mavjud, hamma xarajatlar hujjatlangan.
3. Sovg'alar va rag'batlantirish ishlari tegishli byudjet va mezonlar asosida taqsimlangan, xarajatlar ochiq va nazorat qilinadi.
4. Kasaba uyushmasi raisi bir nechta lavozimda ishlashi bilan bog'liq iddaolar asossiz; barcha lavozimlarda manfaatlar to'qnashuvi yo'qligi kafolatlangan.
2025 yildagi sarflangan mablag'lar haqida:
• Yangi yil munosabati bilan — 93 mln so'm;
• Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan — 45 mln so'm.
Barcha xarajatlar rasmiy hisobotlarda aks ettirilgan. Xabarda keltirilgan holatlar asossiz va haqiqatga to'g'ri kelmaydi.
Eslatib o'tamiz, kasaba uyushmasi – barcha xodimlar uchun qonuniy va ishonchli faoliyat olib boradigan tuzilma. Faktlar asosida tekshiruv o'tkazilmagan holda tarqatilgan ma'lumotlar adolat va ishonchga zarar yetkazishi mumkin.
Jamoatchilik va ayrim OAv xodimlardan bu kabi ma'lumotlarni barcha faktlar bilan tekshirib, asosli omillarga tayanib fikr bildirishga chaqiramiz.



Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0