Valyuta UZS
  • USD

    12 581.9784.22

  • EUR

    14 698.2639.65

  • RUB

    157.750.96

+31C

+31C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+31c

  • Hozir

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +25 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 15-August

+31C

  • Hozir

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +25 C

  • 22:00

    +23 C

  • 23:00

    +22 C

  • Juma, 15

    +31 +20

  • Shanba, 16

    +30 +20

  • Yakshanba, 17

    +28 +20

  • Dushanba, 18

    +30 +20

  • Seshanba, 19

    +31 +20

  • Chorshanba, 20

    +31 +20

  • Payshanba, 21

    +33 +20

  • Juma, 22

    +32 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Har bir lahzadan hikmat izlab yashang

Yaqin tanishim Ahmadilloning shaxsiy hayotida ko'p yo'qotishlar bo'ldi. Kamiga yaxshigina oylik maosh bilan ishlab turgan ishxonasida rahbarning turli bo'lar-bo'lmas bosimlari. U bir muddat hayotning zarbalaridan esankirab qoldi.
856 16:16 | 28.06.2025 16:16

Keyin do'ppini bir yerga qo'yib boshidan o'tgan ishlarni imkoniyat, deya qabul qilib, yangi ishxonasida belini mahkam bog'lab ishga sho'ng'ib ketdi. Сhunki yaxshi mutaxassis hech vaqt ko'chada qolmaydi-da.

Hash-pash deguncha avvalgidan ko'ra yaxshi maosh olib hayotini izga sola oldi.
Aslida, bu kabi sinovlar har bir kishining boshiga tushishi mumkin. Muhimi, hamma gap ana shu sinovlar oldida o'zini yo'qotib qo'ymaslikda.
Mutaxassis psixologlarning bildirishicha, har bir so'z o'zining kuch va qudratiga, hislariga va harakatlariga ega.

SINOV va IMKONIYaT so'zlarini talaffuz qilib ko'ring. Har birini aytgandan so'ng, ichingizdagi hislar va xayolingizdagi harakatlarga e'tibor bering.

Nima his qilyapsiz? Ularning kuch va qudratini sezdingizmi?
Ko'pincha: «Sinovli kunlar», «Endi bu ham sinov», «Bu sinovdan o'tish kerak», deymiz. Aslida, bu sinov emas, balki imkoniyat.

Yangi marrani egallash va yangi hayot yaratish uchun imkoniyat.
«Sinov» so'zini aytganda, tanamiz sergaklanadi, ammo yaratish imkoniyati haqida unuta boshlaymiz. Go'yo jazolanayotgandek his qilamiz va o'zimizga qattiq talablar qo'yamiz: «Bu menga kelgan sinov!», deya boshimizni qotiramiz
Ammo IMKONYaT deganimizda yaratamiz, qanaqa bo'lsa xam imkon berildi. Yaxshilik berildi, mehr, sevgi berildi degan hislar uyg'onadi. Talablarsiz biz qanday xohlasak shunday yaratishni boshlaymiz.

Ko'pincha boshimizga tushgan sinovlar taqdir tomondan bizlar uchun yuborilgan poklovchi omil vazifasini bajaradi. Aslida, bu sinovlar aql-shuurimizga yetkazilayotgan xabar va ogohlantirish.

Qancha g'am-tashvishning orqasida quvonch, qancha zararning orqasida foyda, qancha qiyinchiliklar ortida imkoniyatlar, mukofotlar borligini xayolimizga ham keltirmaymiz.


Shunday ekan, har kungi so'zlaringizga e'tibor bering.
Hayotning har bir lahzasidan hikmat izlab yashang.
Muhimi, hayotning har bir sinovini imkoniyat o'rnida qabul qiling. Faqat shundagina o'sasiz, rivojlanasiz.


Anvarjon HALIMOV


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid