Valyuta UZS
  • USD

    12 581.9784.22

  • EUR

    14 698.2639.65

  • RUB

    157.750.96

+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+20c

  • Hozir

    +20 C

  • 01:00

    +20 C

  • 02:00

    +19 C

  • 03:00

    +18 C

  • 04:00

    +17 C

  • 05:00

    +17 C

  • 06:00

    +17 C

  • 07:00

    +18 C

  • 08:00

    +22 C

  • 09:00

    +25 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +31 C

  • 13:00

    +32 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 16-August

+20C

  • Hozir

    +20 C

  • 01:00

    +20 C

  • 02:00

    +19 C

  • 03:00

    +18 C

  • 04:00

    +17 C

  • 05:00

    +17 C

  • 06:00

    +17 C

  • 07:00

    +18 C

  • 08:00

    +22 C

  • 09:00

    +25 C

  • 10:00

    +28 C

  • 11:00

    +30 C

  • 12:00

    +31 C

  • 13:00

    +32 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +32 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +27 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +22 C

  • Shanba, 16

    +20 +20

  • Yakshanba, 17

    +21 +20

  • Dushanba, 18

    +21 +20

  • Seshanba, 19

    +20 +20

  • Chorshanba, 20

    +22 +20

  • Payshanba, 21

    +21 +20

  • Juma, 22

    +24 +20

  • Shanba, 23

    +24 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Odamlar nima derkan: o'zbeklar qachon o'zi uchun yashaydi?

O'zbek jamiyatida “Odamlar nima deydi?”  kabi  iboralar ko'p ishlatiladi. Gohi oshkor, gohi yashirin xayolimizda faromush bo'lib turadi.  Bu kabi savollar qo'rquvi bir qarashda oddiy ritorik savoldek tuyulsa-da, lekin amalda millionlab qarorlarimizga, hayotimizning katta-yu- kichik bosqichlariga sezilarli ta'sir qiladi. To'y qilamizmi, uy sotib olamizmi, turmushga chiqamizmi, ishdan ketamiz yoki qolamizmi, mashina sotib olamizmi yoki libos tanlaymizmi — barchasida “Atrofdagilar nima der ekan?”, degan o'y hozir-u nozir.
Jamiyat
139 10:34 | 15.08.2025 10:34

Odamlar nima deydi: o'zbeklar qachon o'zi uchun yashaydi?


Сhekka qishloqda yashovchi tanishim bor. Xotinining ukasi qimmat mashina olgan ekan. “Qudalar oldida past kelamanmi?”, degan xayolga berilib, kreditga chet el mashinasi sotib oldi. Endi esa qarzdan bosh ko'tara olmayapti. Yoki dugonam – Dilfuza (ismi o'zgartirilgan), 29 yoshda. Uning ishi o'ziga yoqmaydi. Yaxshiroq ishga taklif qilishdi, lekin rad qildi. Сhunki “Qo'ni-qo'shni, qarindoshlar nima der ekan? Yaqindagina ishga kirgandi, ishni eplay olmabdi, yoki fe'li chatoqmi, urushib qolgandir, deb o'ylashadi”, deb qo'rqadi.Toshkentdagi bir do'stim kichik to'y qilmoqchi bo'lganining guvohi bo'ldim, lekin yoshlar qarindoshlar va mahalla ko'yning bosimi sabab an'anaviy, qimmat to'y qiladigan bo'lishdi. Yigitning otasi: “Odamlar “o'g'liga arzon to'y qilibdi demasin”, deb uyalibdi. Qizning onasi esa: “Bizning ham orzu havasimiz bor”, debdi.



Sarvinoz Mamanova, jurnalist:


“Menimcha, bizning jamiyatda bola tug'ilganidanoq uning ongiga "Odamlar nima deydi?", degan tushuncha singdiriladi. Esimda, bolalik yillarim murg'ak qalbim bilan bu ibora ma'nisini anglab - anglamay, izza bo'lishdan qochishni boshlaganman. Ana, qo'shni bola yoki qo'shni qiz ustingdan kuladi, tez ovqatingni ye, yig'lama, yaxshi o'qi va hokazo... Endi o'ylab qarasam, yaxshi o'qish, daromadli ishda ishlash – bularning hammasi o'shanda odamlar men haqimda yaxshi fikrda bo'lishi uchungina kerakday tuyulgan. Tan olish kerak, izza bo'lish, uyatga qolish ba'zilar uchun o'lim! Kimdir yuzingga hech kim yo'q joyda tarsaki tortsa, chidashing mumkin, ammo jamoa oldida bu ish sodir bo'lsa, sharmandalik og'rig'ini yengish qiyin. Ammo “Odamlar nima deydi?”, degan xavotirni mutlaqo yomon ham deya olmayman. Qaysidir vaziyatlarda “Odamlar nima deydi?”, degan ijtimoiy bosim bilan suitsid yoqasidagi odamlar bu fikridan qaytishi mumkin. Ba'zilar qarindosh-urug', qo'ni-qo'shnining gap-so'zidan cho'chib, ajrim yoqasidagi oilasini saqlab qoladi. Kimdir odamlarning izza qilgani uchun ham keskin harakat qilib, katta maqsadlarga erishadi. Lekin bu bosimning yaxshi tarafidan ko'ra, yomon tarafi ko'p. Masalan, kimligini ko'rsatib qo'yish, el og'ziga tushish uchun bir -biridan o'tkazib to'y qilish, qayta-qayta umra safariga borish, turli isrofgarchiliklar shular jumlasidan... Bir dugonamning oilasi notinch, eri uradi. Kamiga ichkilikka ro'ju qo'ygan. Qiz ota uyiga qaytib borsa, uning ota-onasi qizni tag'in kuyovning uyiga qaytarib yuboribdi. Axir “qiz qaytib kelsa, odamlar nima deydi?!”



Abbos Sultonov, jurnalist, 28 yosh:


Shaxsan men “Odamlar nima deydi?, deb yashamayman. Odamlar qanday qaror qilsangiz ham gapiradi. Siz u holda, o'z hayotingnizning xo'jayini bo'la olmay qolasiz. Bunday bosimda yashash odamga ruhiy og'irlik qiladi. Inson o'z tanlovini hurmat qilishi kerak. Odamlar fikri bilan umr kechirish ko'proq qishloq joylarda va katta yoshli avlodda saqlanib qolgan. Hozir o'zbek yoshlari ham internet orqali global dunyo bilan aloqada. Ular o'z shaxsiy qarorlarini hurmat qilish, odamlarning gap-so'ziga e'tibor qilmaslik va o'z fikri bilan yashashni o'rganyapti. Men ham shular jumlasidanman.



Ijtimoiy psixologlarning ta'kidlashicha, insonning “odamlar fikri”ga bog'liqligi evolyutsion himoya mexanizmi sanaladi. Insonlar ilk paydo bo'lgan paytda guruhdan ajrab qolish hayot uchun xavfli edi. Shuning uchun “guruhdan chetlashmaslik” instinkti hanuz saqlanib qolgan. O'zbek jamiyatida esa bu his mahalla, qo'shnichilik va qarindoshchilik munosabatlari bilan yanada mustahkamlanganday. Bolalikdan boshlab, “El orasida obro'yingni yo'qotma”, “Gap-so'zga qolma”, “Qo'shnidan o'zib ket”, “Uyat bo'ladi”, kabi iboralar ong ostimizga mustahkam yozilgan va katta yoshda ham bu iboralar qarorlarimizga ta'sir qiladi. Ushbu jarayon ko'p hollarda erta yoshdan shakllanadi. Oqibatda bolaning ongida ichki nazoratchini paydo qiladi. Keyin katta bo'lganda ham atrofda hech kim yo'q bo'lsa-da, odam go'yo kimdir kuzatib turgan kabi qarorlar qabul qila boshlaydi.


Kimdir biz haqimizda yaxshi so'z aytsin, maqtasin, degan intilish har birimizga xos. Lekin har bir narsaning me'yori bo'lganidek, bu istakning ham chegarasi bor. Bizning jamiyatda esa u me'yordan oshib ketgandek tuyuladi. O'zini ko'z-ko'z qilish, kimligini isbotlash, shu bilan birga “uyat” va “izzat” degan tushunchalar juda kuchli.


Albatta, bu holat jamiyat axloqiy me'yorlarini tartibga soluvchi ijobiy kuch ham bo'lishi mumkin. Ammo haddan oshganda, butun hayotni izdan chiqaradi. Odamlar kulmasligi, malomat etmasligi uchun biz, o'zbeklar, ortiqcha fidokorlik qilayotgandekmiz. Yillar davomida Rossiyada mehnat qilib, dang'illama to'y qilish yoki odamlarning og'zini yopmoq uchun uy-joy qurish – nimaga kerak?


Odamlar nima derkin deb, o'z orzularimizdan voz kechish – hayot atalmish bebaho ne'mat uchun katta qurbonlik emasmi? Biz umrimizni go'yo sahnada, tomoshabinlar olqishi uchun rol o'ynab o'tkazayotgandekmiz. Savol tug'iladi: qachon biz boshqalar emas, balki o'zimiz uchun yashaymiz?


Maftuna Karimova,
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4782 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat