Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 895.5515.2

  • EUR

    14 338.56-196.91

  • RUB

    159.382.7

+18C

+18C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+18c

  • Hozir

    +18 C

  • 05:00

    +18 C

  • 06:00

    +18 C

  • 07:00

    +20 C

  • 08:00

    +25 C

  • 09:00

    +28 C

  • 10:00

    +31 C

  • 11:00

    +32 C

  • 12:00

    +34 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +21 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 13-May

+18C

  • Hozir

    +18 C

  • 05:00

    +18 C

  • 06:00

    +18 C

  • 07:00

    +20 C

  • 08:00

    +25 C

  • 09:00

    +28 C

  • 10:00

    +31 C

  • 11:00

    +32 C

  • 12:00

    +34 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +24 C

  • 23:00

    +21 C

  • Seshanba, 13

    +18 +20

  • Chorshanba, 14

    +18 +20

  • Payshanba, 15

    +19 +20

  • Juma, 16

    +19 +20

  • Shanba, 17

    +19 +20

  • Yakshanba, 18

    +19 +20

  • Dushanba, 19

    +18 +20

  • Seshanba, 20

    +12 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Dunyodagi eng katta futbol stadioni haqida bilasizmi? U “Marakana” emas

KXDR (Koreya xalq-demokratik respublikasi, Shimoliy Koreya, Kim Сhen In boshqaruvidagi davlat) iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlari va turmush darajasi bo'yicha turli taraqqiyot reytinglarida eng quyi o'rinlarda tursada, mamlakatda e'tiborga molik narsalar bisyor. Ko'pchilikka bu o'ziga xos davlatdagi hayot juda qiziq. Shuningdek, iqtisodiy ko'rsatkichlari naqadar kamtar bo'lmasin, Shimoliy Koreyada kishini xayratda qoldiradigan inshootlar bor.
1235 20:27 | 28.11.2024 20:27

Shulardan biri dunyodagi eng katta futbolga mo'ljallangan stadion sifatida baholanib kelgan, o'z bag'riga 114 ming tomoshabinni sig'dira oladigan Birinchi may maydonidir. Ushbu inshootga 1986 yilda tamal moshi qo'yilgan va 1989 yil 1 mayda katta tantana bilan ochilgandi. Birinchi may tushunchasi esa ko'pchiligimizga tanish bo'lsa kerak. Sotsialistik mamlakatlarda ushbu sana mehnatkashlar birdamligi bayrami sifatida nishonlanib kelgan. Shimolliklar ham stadionni aynan ushbu bayram sharafiga nomlashgan.


Inshoot KXDR poytaxti Pxenyan shahridagi qumli Ninnado orolida joylashgan. U shuningdek, Rungrado stadioni deb ham ataladi. Poytaxtdagi sport arenasi qurilishi 13-Butunjahon yoshlar va talabalar festivaliga tayyorgarlik doirasida rejalashtirilgan edi. 4 yil davomida tayyorgarlikda 177 mamlakatdan 22 mingga yaqin kishi qatnashdi. Shimoliy Koreya hukumati bu loyihaga mamlakat yillik byudjetining chorak qismini sarflagan, lekin aniq sarflangan pul miqdori ochiqlanmagan. Bu mablag'lar xususan, ulkan stadion va boshqa me'moriy ob'ektlar qurilishini o'z ichiga olgan.


«1 may» stadionining o'ziga xos dizayn xususiyati - halqani tashkil etuvchi o'n oltita kamar, shuning uchun stadion magnoliya guliga o'xshaydi. Gulbarg shaklidagi tom tribunalar sakkiz qavatli stadion binosini qoplab olgan. Tomning eng baland qismi yerdan 60 metr balandlikda joylashgan. Stadionda sportchilarni tayyorlash uchun turli qulayliklar, trenajyor zallari, suzish havzalari, oshxona, restoran, ikki yuz metrlik zamonaviy yo'lakcha mavjud. Stadionning 80 ta darvozasi bor. Barcha o'rindiqlar o'tiradigan va individual tarzda o'rnatilgandir.


1993 yilda stadionda «Ulug' Vatan ozodlik urushidagi G'alaba»ning 40 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tgandi (1953 yildagi Koreya urushi nazarda tutilmoqda, shimolliklar mojarodagi vaqtinchalik kelishuvni o'z g'alabasi sifatida talqin qiladi, aslida tinchlik shartnomasi imzolanmagan, ikki davlat hamon urush holatida). Stadion chuchxe yodgorligi va boshqalar kabi KXDRning «buyuk va qudratli ekani»ni bildirishi kerak edi.


2000 yilda stadionga Shimoliy Koreyaning ayovsiz raqibi sifatida ko'riladigan AQShning o'sha paytdagi davlat kotibi Madlen Olbrayt tashrif buyurgan.


Umuman olganda esa bu futbol arenasi dunyodagi barcha stadionlar orasida sig'imi va kattaligi bo'yicha ikkinchi o'rinda turadi. Faqatgina Hindistondagi «Motera stadium» undan kattaroq sanaladi. U 132 ming kishiga mo'ljallangan, biroq unda futbol emas kriket musobaqalari o'tkaziladi. Futbol olamida esa «oltin» shohsupani hozircha faqat Shimoliy Koreya stadioni egallab turibdi, uning sig'imi 114 mingdan ortiq tomoshabinga mo'ljallangan. Va ba'zi norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, arenada jami 150 ming o'rindiq bor. Manbalarga ko'ra, Pxenyandagi stadion dastlab 150 ming kishiga mo'ljallab qurilgan, lekin 2014 yilga ta'mirlash ishlaridan keyin o'rindiqlar soni 114 mingtaga tushib qolgan.


Ma'lumot uchun: Ko'pchilik dunyodagi eng yirik stadion sifatida Baraziliyadagi “Marakana” kompleksini biladi. Сhindan ham bu stadion bir vaqtlar 200 ming o'ringa ega bo'lgan. Ammo qator rekonstruktsiyalardan keyin uning sig'imi bugungi kunda 78.500 taga tushib qolgan.


Albatta, stadionda boshqalarda bo'lgani kabi, ko'pincha yorqin va katta bezaklardan foydalaniladi, bu nafaqat sport, balki madaniy, ijtimoiy va xayriya tadbirlarini ham o'tkazishga imkon beradi. 2007 yilda maydonda namoyish etilgan spektakllardan biri tarixdagi eng mashhur shou sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.


«1 may» stadionida hech qanday futbol klublari o'ynamaydi, unda faqat milliy terma jamoa o'ynaydi. E'tiborli tomoni, Shimoliy Koreya bilan musobaqalarda ko'p bora duch kelgan O'zbekiston terma jamoasiga ushbu maydonda o'ynash nasib etmagan. Ikki bor Pxenyanga safar uyushtirgan hamyurtlarimiz birinchi bor 2007 yilda Yanggaklo (30 ming o'rin) va so'nggi 2015 yilda esa Kim Ir Sen nomidagi stadionda (sig'imi 50 ming o'rin) o'ynashgan. Сhunki 2014 yilda ulkan stadion ta'mir uchun yopilgan va 2015 yilda ham Ebola virusi xavfi (!) tufayli ochilmagandi. 2015 yil iyul oyida stadion ochildi va unda Osiyo chempionati U-23 saralash o'yinlari o'tkazildi.


Odatda «Birinchi May» stadionidan KXDR terma jamoasining uy futbol uchrashuvlari, yengil atletika musobaqalari va gimnastika musobaqalari uchun foydalaniladi. Biroq, sport arenasining asosiy maqsadi Shimoliy Koreya va yetakchi Kim Сhen Inni ulug'laydigan ta'sirchan teatrlashtirilgan tomoshalarni o'z ichiga olgan yirik «arirang» festivalini o'tkazish joyidir.


2002 yildan beri har yili avgustdan oktyabrgacha «Birinchi may» stadionida chuchxe (KXDRning buyuk davlatchilik targ'iboti) g'oyasi, xalq va armiyaning «kuchli va gullab-yashnagan davlat» yaratish va Koreyani birlashtirish yo'lidagi kurashini tarannum etuvchi spektakllari bo'lib o'tadi. 1995 yil 28 va 29 aprelda sport arenasida sakkizta professional kurash bo'yicha yirik PPv-shousi bo'lib o'tdi. Ikki kun ichida unga 340 ming kishi tashrif buyurdi.


Yana bir e'tiborga molik hodisalardan biri sifatida 2018 yilda Janubiy Koreya prezidenti Mun Сhje Inning tashrifi e'tirof etiladi. O'sha davrda ikki koreys davlatlari munosabati birmuncha iliqlashgandi. Natijada Janubiy Koreya rahbari Pxenyanga keldi va shaxsan Kim Сhen Inning yonida turib «Birinchi may» stadionidagi yuz mingdan oshiq tomoshabin ko'z o'ngida otashin nutq so'zladi. Ushbu nutqdan keyin dunyo hamjamiyatida ikki davlat o'rtasidagi muzlar erishiga ishonch tuyg'usi paydo bo'ldi. Ammo ishonch o'zini oqlamadi va hozirda qo'shnilar o'rtasidagi munosabatga havas qilib bo'lmaydi.


2019 yilda stadionda Kim Сhen In va XXR raisi SI Tszippin qatnashgan yirik tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir Xitoy-Shimoliy Koreya munosabatlarining 70 yilligiga bag'ishlandi.


Yana bir fakt: hech qachon bu ulkan stadiondan uzatiladigan jonli tadbir haqida orzu qilmang. Сhunki KXDRda bunday jarayonlar jonli efirda ketmaydi. Hatto so'nggi vaqtlarda futbol bo'yicha mamlakat termasi JСh-2026 saralash o'yinlarini Laos davlatida o'tkazmoqda.


Abror Zohidov


Dolzarb mavzular

Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid