Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 910.15-14.77

  • EUR

    14 660.7740.1

  • RUB

    159.78-0.16

+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+20c

  • Hozir

    +20 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 09-May

+20C

  • Hozir

    +20 C

  • Juma, 09

    +20 +20

  • Shanba, 10

    +22 +20

  • Yakshanba, 11

    +22 +20

  • Dushanba, 12

    +20 +20

  • Seshanba, 13

    +22 +20

  • Chorshanba, 14

    +21 +20

  • Payshanba, 15

    +21 +20

  • Juma, 16

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Ular 100 nafar edi

Olib borilgan izlanishlar shuni ko'rsatadiki, jadid ma'rifatparvarlarimiz o'lkada fan, ta'lim va tarbiyani yuksaltirish bilan bir qatorda, milliy armiyani shakllantirish masalasiga ham jiddiy e'tibor qaratganlar. Ular xorijiy davlatlar armiya­­si, harbiy kadrlar tayyorlash, jang san'ati va qurollanish tizimini chuqur o'rganganlar.
Jamiyat
47 23:20 | 08.05.2025 23:20

Jadidchilik harakati tarkibida 100 nafar harbiy jadid ham bo'lgan. Ular o'sha paytlardayoq mahalliy kadrlardan iborat harbiy bo'linmalar tuzish, qo'shinlarda yangicha qarashlar, jangovar ruh va milliy g'urur tuyg'ularini shakllantirishga harakat qilishgan. Milliy ozodlik harakati ishtirokchilariga harbiy sir-asrorlarni o'rgatishgan.


Afsuski, o'zbek armiyasini tashkil etish, millatni tashqi hamda ichki dushmanlardan asrash, vatan ozodligiga erishishni maqsad qilgan milliy qo'shin orzumandlari ham boshqa jadid­lar qatori turli bahonalar bilan yurtdan uzoqlashtirilgan. Keyinchalik asossiz ayblov va bo'htonlar bilan qatag'on qilingan.


Prezidentimiz «Biz jadidchilik harakati, ma'rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o'rganishimiz kerak. Bu ma'naviy xazinani qancha ko'p o'rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko'p savollarga to'g'ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ'ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning ­qadrini anglab yetadi», deya ta'kidlagan edi.


Darhaqiqat, bugun xalqimiz ozodligi va vatanimiz ravnaqi yo'lida aziz jonlarini fido qilgan ajdodlar xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o'rganish hamda targ'ib etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Birinchi o'zbek tog'-otliq diviziyasi qo'mondoni Mirkomil Mirsharopov, Rizo Yoqubov, Nazir Sholikorov, Toshkenboy Azizov, Mamadali Aliev, Burhon Hamroqulov, Mirzaqur Rizqulov, Abdujalil Abdullaev, Xolmat Shukurov, Ubaydulla Tolipov, Turg'unboy Qirg'izboev, Yunus Narimonov kabi harbiy jadidlar faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar shular jumlasidandir.


20 yoshli harbiy vazir


1920 yili Toshkent piyodalar qo'mondonlik kursini tamomlagan (endigina 20 yoshga to'lgan) Mirkomil Mirsharopov Xorazm Xalq Respublikasiga harbiy nozir etib tayinlanadi. U yerda harbiy qismlar, dastlabki otliq polk va piyodalar batal'onini tashkil etish ishlariga bosh-qosh bo'ladi. Biroq M.Mirsharopovning yutuqlari, qo'li ostidagi askarlar shijoatidan xavfsiragan hukumat uni Turkistondan uzoqlashtirish maqsadida 1935 yili Mo'g'ulistonga harbiy attashe qilib jo'natadi. 1936 yilda esa Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi qo'mondoni vazifasiga tayinlanadi. Mirsharopov boshqarayotgan harbiy okrug qisqa muddatda sobiq ittifoqning eng namunali jangovar okruglaridan biriga aylanadi. Bu zulmkor hukumatni yanada ko'proq qo'rquvga soladi.


E'tiborli jihati, M.Mirsharopov asosini yaratgan ilk o'zbek diviziyasi yigitlari orasidan ko'plab iste'dodli milliy harbiy kadrlar yetishib chiqdi. Bu diviziya kelajakda o'zbek milliy armiyasining o'zagi bo'lishi kerak edi. Unda zamonaviy armiyaga xos barcha atributlar shakllantirilib, artdivizion, moto-mex divizion, maxsus havo kuchlari, ­piyoda, otliq, aloqa eskadronlari tashkil etiladi. Diviziya orkestri, maxsus «Qizil yulduz» gazetasi faoliyati yo'lga qo'yiladi.


Millat oydinlari F.Xo'jaev, ­A.Ikromov, M.Mirsharopov askarlarni milliy ko'tarinkilik ruhida tarbiyalab, ulkan rejalar sari boshlar edi. Diviziyaning tantanali yig'inlarida Mirsharopov sharafiga bastalangan «Mirsharopov diviziyasi, olg'a bos!» satrlari bilan boshlanuvchi madhiya yangrar edi. «Mirsharopov marshi» deb nomlangan madhiya nafaqat diviziya harbiylarining, balki butun o'zbek yoshlarining sevimli qo'shig'iga aylangan edi.


Rossiya davlat arxivida saqlanayotgan mazkur marshning ovozli yozuvi asosida bugun ushbu qo'shiq Qurolli Kuchlar akademiyasi badiiy havaskorlik jamoasi tomonidan qayta tiklandi. Hatto mashhur shoir Maqsud Shayxzoda ­ M.Mirsharopov qo'mondonlik qilgan O'zbek tog'-otliq diviziyasiga bag'ishlab yozgan «O'zbek diviziyasi marshi» ham kuyga solinib, ijro etilmoqda.


Mirkomil Mirsharopov doim ona Vatan ozodligini va xalq farovonligini ko'rish orzu­sida yashadi. Bundan xavfsiragan Qizil hukumat 1938 yili Mirsharopov hamda u kabi yuzlab ofitser va askarlarni qatl etadi. Qo'mondon Mirsharopov o'shanda hali 38 yoshga ham to'lmagan edi.


Hukm o'sha kuniyoq ijro etilgan


Qatl etilgan harbiy jadidlar orasida Mamadali Aliev ham bor edi. U askar va ofitserlarga otda yurish, qilich bilan jang qilish sirlarini o'rgatish, professional harbiy kadrlarni tayyorlash borasida yetuk mutaxassis sifatida nom qozongan. 41-otliq polk vzvodini boshqarar ekan, milliy harbiy bo'linmalar yaratish, ularni mamlakatning harbiy qo'rg'oniga aylantirish haqidagi g'oyalarni targ'ib qilgan. Tabiiyki, bu sobiq sovet tuzumi namoyandalariga yoqmagan.


Mamadali Aliev 1937 yil 17 sentyabr' kuni 19-o'zbek tog'-otliq diviziya­­si bo'linmalarida aksilmillatchilik faoliyatini amalga oshirganlikda ­ayblanib, qamoqqa olinadi. 1938 yilda 10 oktyabrda SSSR Oliy sudi Harbiy hay'ati qarori bilan «aybdor» deb topilib, o'lim jazosiga hukm qilinadi. Hukm o'sha kuniyoq ijro etiladi.


Qatag'on qilinganlar orasida taniqli qo'mondon Rizo Yoqubov ham bor edi. Zominda tug'ilib, voyaga yetgan Rizo Yoqubov 35-aviabrigada qo'mondoni bo'lgan, 1935 yili kombrig harbiy unvonini olgan. 1938 yili Sibirga surgun qilingan.


19-o'zbek tog'-otliq diviziyasi komissari, siyosiy bo'lim rahbari Yunus Narimonov esa 1937 yili qamoqqa olinib, repressiya qilingan.


General Sobir Rahimov ham jadid bo'lgan


Shu o'rinda yana bir muhim ma'lumotni aytib o'tish joiz. Birinchi o'zbek generali u ham jadidchilik harakati a'zolari safida faol ish olib borganini dalillovchi manbalar mavjud. U ham o'z harbiy qobiliyati va mahorati bilan sobiq sovet tuzumi namoyandalari ko'nglida g'ulg'ula uyg'otgan. 1938 yil iyulida Qizil armiya safidan bo'shatilib, NKVD tergov organi ixtiyoriga topshirilgan. 1939 yil 1 sentyabrda ikkinchi jahon urushi boshlangani sababli oktyabr' oyidan Qizil armiya zaxirasiga o'tkazilgan. 1940 yil oktyabridan harbiy xizmatga tiklangan.


Ularning pok nomlari qayta tiklandi


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning siyosiy irodasi bilan 2021-2024 yillar davomida 1 ming 200 nafardan ziyod qatag'on qurbonlarining nomlari oqlandi, tarixiy adolat tiklandi. 2024 yil 19 iyuldagi «Siyosiy qatag'on qurboni bo'lgan yurtdosh­larimiz hayoti va faoliyatini o'rganish, targ'ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to'g'risida»gi qaror mazkur yo'nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirdi.


Unda qatag'on qurbonlarini nomma-nom aniqlash, ibratli hayotini o'rganish va tadqiq etish masalasi aniq belgilab qo'yildi. Bu vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Mudofaa vazirligi mas'ulligida ishchi guruhlar tuzilib, shu paytgacha yopiq bo'lgan arxiv ma'lumotlari o'rganildi. Hozirga qadar arxivlarda saqlanayotgan maxfiy fond asosida jami 43 888 nafar, shundan 21 387 nafar o'zbekistonlik qatag'on qurbonlari (viloyatlar kesimida) ro'yxati shakllantirildi. Ulardan 10 973 nafar (jumladan, «O'zarxiv» agentligiga qarashli hududiy arxivlar fondida saqlanayotgan hujjatlar asosida 3 232 nafar) shaxsga doir ma'lumotlarga aniqlik kiritildi.


O'tgan davr mobaynida Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini o'rganish instituti, «G'alaba bog'i» yodgorlik majmuasi «Shon-sharaf» davlat muzeyi mas'ul xodimlari va yetakchi mutaxassislaridan iborat respub­lika ishchi organi va hududiy ishchi guruhlar tomonidan arxivlarda saqlanayotgan 1 515 ta ish jildi o'rganilib, ular asosida jami 1 105 nafar qatag'on qurboni, 157 nafar otuvga hukm qilingan, 535 nafar uzoq muddatga qamalgan, 109 nafar quloq qilingan, 193 nafar mol-mulki musodara qilingan, shuning­dek, 1953 yildan ­keyingi ­davrda oqlangan 111 nafar o'zbekis­tonlik shaxs­ning ro'yxati shakllantirildi.


Davlat xavfsizlik xizmati markaziy arxivida saqlanayotgan 7 260 ta jinoyat ishi jildi asosida 18 260 nafar qatag'on qurboni bo'lgan shaxs ro'yxati tuzildi.


Albatta, bu boradagi harakatlar, arxiv hujjatlarini o'rganish ishlari jadal davom ettiriladi. Raqamlashtirish va qatag'on qurboni bo'lgan shaxs­larga oid elektron ma'lumotlar bazasini shakllantirish, ular asosida qatag'on qurbonlariga bag'ishlangan esdalik lavhalari, «Qatag'on qurbonlari xotirasi burchaklari»ni tayyorlash ishlari rejalashtirilmoqda.


Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Mirziyoev tomonidan 2023 yil 31 avgust­da Shahidlar xotirasi xiyobonida berilgan kontseptual fikr va topshiriqlar hamda 2024 yil 12 yanvarda bo'lib o'tgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig'ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida «Harbiy jadid­lar xotirasi barhayot» nomli kitob nashr etildi.


Unda 1924-1938 yillarda milliy armiyani barpo etish yo'lidagi qarashlari uchun qatag'on qilingan o'zbek harbiy kadrlari faoliyati arxiv hujjatlari, ilmiy izlanishlar asosida ochib berildi. Mazkur fundamental tadqiqot mustabid tuzum davrida begunoh qatag'on qilingan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirishga, ular faoliyati va merosini chuqur o'rganish hamda targ'ib qilishga qaratilgan.


Albatta, hali bu borada amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar talaygina. Muhimi, Vatanimiz istiqloli, xalqimiz ozodligi uchun kurashib, shu yo'lda jon fido etgan ota-bobolarimiz hayoti va faoliya­tini o'rganish, ularning nomi va xotirasini abadiylashtirish avlodlar zimmasidagi ham farz, ham qarzdir.


Olimjon O'sarov,
Mudofaa vazirining vatanparvarlik targ'iboti,
ma'naviy-ma'rifiy ishlar hamda yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3959 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat