Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 910.15-14.77

  • EUR

    14 660.7740.1

  • RUB

    159.78-0.16

+24C

+24C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+24c

  • Hozir

    +24 C

  • 10:00

    +26 C

  • 11:00

    +28 C

  • 12:00

    +29 C

  • 13:00

    +30 C

  • 14:00

    +30 C

  • 15:00

    +30 C

  • 16:00

    +30 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +27 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 10-May

+24C

  • Hozir

    +24 C

  • 10:00

    +26 C

  • 11:00

    +28 C

  • 12:00

    +29 C

  • 13:00

    +30 C

  • 14:00

    +30 C

  • 15:00

    +30 C

  • 16:00

    +30 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +27 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +21 C

  • Shanba, 10

    +24 +20

  • Yakshanba, 11

    +25 +20

  • Dushanba, 12

    +27 +20

  • Seshanba, 13

    +29 +20

  • Chorshanba, 14

    +29 +20

  • Payshanba, 15

    +31 +20

  • Juma, 16

    +33 +20

  • Shanba, 17

    +28 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Yolg'onning misi chiqdi

Kasaba uyushmalarining xotin-qizlar muammolari bilan ishlovchi 1211 “Ishonch telefoni”ning jarangi bir zum ham tinmaydi. O'z huquqlarini tobora chuqurroq anglab yetayotgan ayollar o'zlarini o'ylantirayotgan masalalarni shu dargohdagilar bilan o'rtoqlashyapti. Xatto olis qishloqlardagi xotin-qizlar ham “1211” bilan sirlashadigan bo'ldilar.
Jamiyat
113 09:52 | 10.05.2025 09:52

Galdagi murojaat Qo'shrabot tumani, Quruqsoy qishlog'idan. Qaqrab yotgan hududda na ish, na bir tirikchilik uchun vosita bor. Matluba Xoldorova o'sha qishloqda yashaydi. Moddiy ahvoli yaxshimas. Ish topishdan umidvor.


Kasaba uyushmalari bu murojaatni bandlikka ko'maklashishga mas'ul idoralariga yo'llab, qonun doirasida o'rganishlarini so'radi. Tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi munosabatini ko'p kutishga to'g'ri kelmadi. Unda bayon etilishicha, Matluba Xoldorova “Azia metal proff” MСhJga hamda “Suv oqava” MСhJda ishlashga, shuningdek, kasb-hunarga o'qitish markazining barcha yo'nalishlarida o'qishga taklif qilingan. Pirovardida u “Total oil” MСhJda ish boshlagan.


Ko'ngli kemtik ayolning muammosi yechim topganidan kim ham mamnun bo'lmaydi deysiz? Ammo kasaba uyushmalarida shakllangan an'anaga sodiq qoldik. “Ishon, ammo tekshirib ko'r”, deganlaridek, murojaatchiga aloqaga chiqdik.


– Ancha yildan beri ijarada yashab, Toshkentdagi “Total oil” MСhJda supirish-sidirish ishlari bilan shug'ullanaman, – dedi Matluba Xoldorova. –Bo'sh vaqtlarini turli yumushlarni bajarayapman. Oilaviy sharoitimizni hisobga olgan holda, davlat tomonidan qishlog'imizda bepul uy qurib berilgandi. Shu uyda huzur-halovatda yashashimizga ishning yo'qligi imkon bermayapti. Qolaversa, menga Qo'shrabotdan hech qanaqa ish taklif qilingani yo'q.


Eng qizig'i, tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i Z. Jumanov imzolagan xatda (agar rost bo'lsa) Matluba Xoldorova nafaqat ishga, balki kasb-hunarga o'qitish markazida barcha yo'nalishlarda o'qishga taklif etilgani ham ishonarsiz edi... Nega desangiz, 55 yosh bo'sag'asida, pensiya taraddudidagi ayol... Sal oshirib yuborilmaganmikin?..


Turmushidan ro'shnolik ko'rmagan Go'zal Hasanova esa turmush o'rtog'i, ichki ishlar tizimida ishlovchi Jahongir Abdufattoev rasman ajrashmasdan turib, boshqa ayolga uylanib ketganidan yozg'iradi. Eng achinarlisi, mushtipar ayol ayni chog'da Samarqand tumani, “Ravanaq” MFYdagi uchastka noziri uchun qurilgan uyda uch farzandi bilan qolib ketganini bayon etgan. U fuqarolik ishlari bo'yicha Tayloq tumani sudining aliment undirish to'g'risidagi qarori ijrosi mukammal ta'minlanmayotganidan norozi.


– Kasaba uyushmalariga rahmat. Ular ko'magida aliment to'lovlaridagi qarzdorlik qisman bartaraf etildi, – deydi Go'zal Hasanova. – Ammo hamon 8 million so'mdan ortiq qarzdorligi bor. Boz ustiga, farzandlarini chirqiratib ko'chada qoldirgan otaning ichki ishlar tizimida ishlashga ma'naviy haqi bormikan?


Uch nafar farzandi bilan uy-joysiz qolgan ayolga oson tutib bo'lmaydi. Murosasizlik jabrini go'daklar tortayapti. Biri olti, ikkinchisi besh, uchinchisi endi o'n bir oylik bu murg'aklarda nima ayb? Aliment to'lashdan qochayotgan mas'ul lavozimdagi ota masalaning shu jahatlarini nahotki o'ylab ko'rmayotgan bo'lsa... U ishlayotgan tizim mutasaddilari bu masalaga qanday qararkanlar?


Nurilla ShAMSIEV


“ISHONCH”


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3967 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat