Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 880.35-29.8

  • EUR

    14 535.47-125.3

  • RUB

    156.68-3.1

+33C

+33C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+33c

  • Hozir

    +33 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 12-May

+33C

  • Hozir

    +33 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +22 C

  • Dushanba, 12

    +33 +20

  • Seshanba, 13

    +35 +20

  • Chorshanba, 14

    +36 +20

  • Payshanba, 15

    +38 +20

  • Juma, 16

    +39 +20

  • Shanba, 17

    +34 +20

  • Yakshanba, 18

    +31 +20

  • Dushanba, 19

    +29 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Qalbga ozuqa emas, og'u solayotgan qo'shiqlar

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan qo'shiqlarning mazmuni va saviyasi jamoatchilik orasida jiddiy bahslarga sabab bo'lmoqda. Haqiqat shundaki, san'at inson qalbiga ta'sir qiluvchi eng kuchli vositalardan biri hisoblanadi. Biroq so'nggi yillarda qo'shiqchilik sohasida sifat emas, miqdor ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Natijada, mazmunan saviyasiz, behuda, ba'zan hatto axloqiy me'yorlarga zid qo'shiqlar keng omma orasida tarqalmoqda.
Jamiyat
130 15:00 | 12.05.2025 15:00

Kecha taksida ketayotganimda, haydovchi – taxminan 60 yoshdan oshgan bir kishi – menga qarab:


O'g'lim, sizga qanday qo'shiqlar yoqadi? – deb so'radi.


– Men uchun qo'shiqning turi muhim emas, eshitsam, rohat qilib tinglasam, bo'ldi, – dedim.


Shunda u jilmayib:


Unday bo'lsa, sizga bir qo'shiq qo'yib beraman, fikringizni aytasiz, – dedi.


Men "xo'p" dedim. Bir pas o'tmay mashinada quyidagi qo'shiq yangradi:


Labingda pammada, pamma pammada,
Yonimda yurma-da, yurma – yurma-da…
Labingda pammada, pamma pammada,
Yonimda yurma-da, yurma – yurma-da...


Ana sizga qo'shiq, mana sizga qo'shiq! Men esa lol qoldim: “Shunday qo'shiqlar ham bormi?! Shunaqasini ham odam eshitarkanmi?!”


Bir-ikki qatorini aytmaganda, qo'shiq deyarli faqat shu so'zlardan iborat. Uni tinglasangiz, na kulishni, na ensangizni qotirishni, na hayratlanishni bilasiz….


To'g'ri, san'atkorlarning yo'nalishi boshqacha bo'lishi mumkin, lekin ular bir narsani anglab yetishmayapti – bu turdagi qo'shiqlar bizning mentalitetimizga mos emas. Bu bizning san'atimiz emas.


Qo'shiqda ayolning “labi” yoki “pamada”si haqida ochiq-oshkora kuylash qanchalik to'g'ri? Bu ohangni har xil ijtimoiy qatlam, har xil yoshdagilar eshitishini unutmasligimiz kerak. Ayniqsa, yoshlar bu kabi qo'shiqlardan ta'sirlanib, buni “normal” hol deb qabul qilishadi. Ammo bu “norma” kim tomonidan, qanday mezon asosida yaratilgan?


Bir zamonlar ayollar jamiyatda o'z or-nomusi, hayo va iffati bilan qadrlanar edi. Paranjilar ortida nafaqat ularning yuzlari, balki bezaklari ham yashiringan bo'lardi. Bugun esa, biz "zamonaviylik" deb, ochiq-sochiq, nozik mavzularni qo'shiqqa aralashtirishni «san'at» deb o'ylay boshladik. Bunday asarlar yoshlar qalbida qanday iz qoldiradi?


San'atkorlarga oddiy savol: shu qo'shiq va klipga sarflagan mablag'ingizni ma'noli, ijtimoiy, madaniy jihatdan foydali, eshitganda ruhni yuksaltiradigan, fikrlashga undaydigan, xulosa chiqarishga o'rgatadigan bir asarga sarflasangiz bo'lmasmidi?


San'at – bu mas'uliyat. U jamiyat kayfiyatiga, avlod tafakkuriga ta'sir qiladi. Bugungi “mashhurlik” erta tongda unut bo'lishi mumkin, ammo siz targ'ib qilgan fikr va kayfiyat yosh ongda uzoq muddatga qoladi. Shu sabab, har bir satr, har bir sahnaning – nafaqat ijodkor, balki jamiyat oldida ham mas'uliyati bo'lishi lozim.


To'g'ri, ehtimol men sizning san'atingizni chuqur anglamasman. Ammo tengdoshlarim bu qo'shiq va shunga o'xshash “minglab” asarlarni qanday qabul qilishini juda yaxshi bilaman. O'smirlar ongini qaysi tomonga yo'naltirsangiz, ular ham aynan shu yo'ldan yuraveradi. Сhunki ularning fikrlash qobiliyati hali shakllanish bosqichida – ular yaxshi bilan yomonni, to'g'ri bilan noto'g'rini to'la anglab yetmaydi.


Ular sizga taqlid qiladi, siz kabi bo'lishga harakat qiladi. Endi o'zingiz ayting, sahnada masxarabozlar kabi kiyinsangiz, qo'shiqlaringizda kimningdir lablari yoki pardoz vositalari haqida kuylasangiz, undan yoshlar qanday ma'naviy ozuqa oladi? Bugungi avlod nega o'zbekning chinakam milliy qo'shiqlarini bilmay qolgan? Sababi oddiy: Bitta tirraqi buzoq, bir to'p podani buzadi. Kimlarningdir “ijodi” sabab asl qo'shiqlarimiz qadrsizlanib borayotgani bor gap.


Qo'shiq va “qo'shiq” o'rtasidagi farqni o'rgatadigan, ijodiy mahsulotning badiiy qimmatini baholaydigan tizimlar qaerda? Yoki bunday kengashlar yo'qmi? Agar shunday kengashlar bo'lganida, ishlaganida, yuqoridagi kabi satrlar ommalashib ketmagan bo'larmidi?


Yosh avlod qo'shiqlar orqali dunyoqarashini shakllantiradi. Agar ular behayo, mazmunsiz, zo'ravonlikni targ'ib qiluvchi qo'shiqlar bilan o'ssa, ularda turli ijtimoiy illatlarga moyillik paydo bo'lishi ehtimoli ortadi. Be'mani qo'shiqlar haqiqiy san'at asarlari bilan raqobatlashadigan darajada ko'paya boshladi. Bu holat san'atni qadrlamaslikka olib keladi. Ba'zi qo'shiqlar milliy an'analar va ma'naviy merosimizga zid g'oyalarni tarqatadi. Bu esa milliy o'zligimizni yo'qotish xavfini tug'diradi.


Nima qilish kerak?


Har bir ijodkor o'z so'zining kuchini anglab yetishi, ijodida mazmun va ma'naviyatni birinchi o'ringa qo'yishi lozim. Televidenie va radiolarda, shuningdek, raqamli platformalarda qo'shiqlarni efirga uzatishda saralash va standartlarni joriy etish zarur. Tinglovchilar be'mani qo'shiqlarga e'tibor qaratmaslik, ularni tanqid qilish va yoshlar orasida ma'naviy qo'shiqlarni targ'ib qilish orqali bu muammoning oldini olishga hissa qo'sha oladi.


Bu, albatta, mening shaxsiy fikrim. Har kim uni o'zicha anglaydi, xulosani esa ongida shakllantiradi. Ammo bir narsani yodda tuting: siz ommaga chiqayotgan har bir so'zingiz, har bir sahna harakatingiz uchun javobgarsiz. Sizni uch-to'rt kishi emas, minglab insonlar kuzatmoqda. Shuning uchun biror narsa taqdim etishdan oldin chuqur o'ylash, mas'uliyatni his qilish muhim.


Davron ERGAShEV


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3979 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat