Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +1 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +2 +20

  • Chorshanba, 12

    +3 +20

  • Payshanba, 13

    +7 +20

  • Juma, 14

    +7 +20

  • Shanba, 15

    +6 +20

  • Yakshanba, 16

    +6 +20

  • Dushanba, 17

    +10 +20

  • Seshanba, 18

    +12 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

"GREEN CARD yutgan qizlarga uylanmoqchi bo'lgan yigitlar ko'p"- mutaxassis

Har yili 3 oktyabrdan boshlab navbatdagi Grin kard uchun lotereyadan ro'yxatdan o'tish boshlanadi va bu joriy yilning 7 noyabrigacha davom etadi.
1186 19:54 | 28.10.2024 19:54

AQShga ko'chib o'tishning bir necha yo'llari mavjud. Ularning eng soddasi — maxsus lotereyada qatnashish.
Lotereyada ishtirok etish uchun maktabni tamomlagan bo'lish, suratga tushish va grin kard arizasini to'g'ri to'ldirish kifoya. Jarayon davomida xato qilmaslik uchun nimalarga e'tibor berish kerak? O'zi umuman anketani mustaqil to'ldirsa bo'ladimi? Omadi kelib, yutuq chiqdi deylik, keyin qanday bosqichlardan o'tish kerak? Ushbu savollarga javob olish maqsadida, mutaxassis Alisher O'lmasovga murojaat qildik.


Grin kard haqida


AQShning millatlar xilma-xilligini ta'minlash bo'yicha Diversity visa Program (“Turli millatga mansub immigrantlar vizasi”) dasturi Qo'shma Shtatlarga oxirgi 5 yilda immigratsiya darajasi past bo'lgan mamlakatlardan 50 000 kishiga AQShda doimiy yashash uchun viza olish huquqini beradi. O'zbekiston ham AQShga immigratsiya darajasi kam davlatlar ro'yxatidan tushmay turibdi hozircha. 1986 yilda NP-5 dasturi sifatida paydo bo'lgan ushbu imkoniyat 1990 yildan beri hozirgi shaklda davom etmoqda. Dv lotereyasi g'oliblari kompyuter dasturi orqali tasodifiy usulda tanlanadi. Biroq bu oson yo'l orqali yutuq chiqish ehtimoli har qanday lotereyadan yomonroq: uni har yili 11 milliondan ortiq odam o'ynaydi va ularning 50 ming nafariga viza ravo ko'riladi, xolos. Demak yutuq chiqish ehtimoli 200 tadan 1 ga teng.


Lotereya jarayoni jarayonida ko'pchilik odamlarda yangi tashvish va yangi umidlar paydo bo'ladi. Joriy yil may oyida AQSh hukumatining 2023 yil uchun lotereyasi javoblari chiqqan edi. Ushbu lotereya yutug'ining 5 ming 511 tasi o'zbekistonliklarga nasib qilgan. Biroq Ukraina-Rossiya mojarosi, AQSh hukumati, xususan, davlat departamenti faoliyatidagi ayrim muammolar, qolaversa, viza olish uchun AQSh konsulligiga navbatga turgan talabgorlarning ko'pligi bois, ko'pchilik vizaga suhbatga ham kirishga ulgurmadi, umid va quvonchlari sarobga aylandi.


O'zbekistonliklar “Grin kard”ga katta qiziqish bilan bildiradi. Boisi, o'tgan yillar davomida AQShga viza olganlarning nolegal tarzda qolib ketish holatlari shu qadar ko'p bo'lganki, AQSh hukumati o'zbekistonlik viza talabgorlariga potensial huquqbuzar sifatida qaraydi. Qolaversa, rivojlanmagan davlat fuqarolariga viza berilsa, ularning AQShda qolib ketish ehtimollari juda katta. Ma'lumotlarga ko'ra, 2022 yilda AQSh vizasidan rad javobi olganlar Tojikistonda – 57,93 foiz, O'zbekistonda – 47,04 foiz, Qozog'istonda - 44,02, Qirg'izistonda – 37,85, Turkmanistonda – 35,69 foizni tashkil etgan. Ya'ni AQShga borish uchun ruxsat so'ragan o'zbekistonliklarning teng yarmiga rad javobi berilgan.


Yutuqdan keyin nima qilish kerak?


Grin kard lotereyasida g'olib bo'lish hali suhbatga taklif qilinishingizni kafolatlamaydi. Grin kard dasturi 55 mingta viza berilgandan keyin yopiladi, lekin lotereya g'oliblari odatda bundan ko'proq bo'ladi. Shuning uchun har bir g'olibga individual raqam beriladi va har oy Davlat departamenti viza byulletenini e'lon qiladi. Byulleten orqali har bir mintaqa uchun yuqori chegaralar – "case" raqami (cut-off) ko'rsatiladi. Faqat shu chegaradan past raqamga ega bo'lganlar suhbatga taklif qilinadi. Сhegaradan yuqori raqamga ega bo'lganlar navbatini kutishadi. Agar byulleten "current" statusini ko'rsatsa, bu shu mintaqadagi barcha ishtirokchilar suhbatga taklif qilinishini anglatadi.


Grin kard dasturiga kim ariza topshira oladi?


Ariza topshiruvchilar AQShning 12 yillik ta'lim tizimiga mos keluvchi boshlang'ich va o'rta ta'limni bitirgan bo'lishlari lozim. O'zbekiston uchun bu umumta'lim maktablarida 11-sinfni bitirganlar yoki litsey va kollej bitiruvchilari hisoblanadi.
Yoki ariza topshirmoqchi bo'lgan shaxs so'nggi besh yil ichida kamida ikki yillik ish tajribasiga ega bo'lishi lozim.


Feruza Rahimova,
Mirnodir Mirakmalov
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid