Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 965.34-14.82

  • EUR

    14 525.07-81.5

  • RUB

    161.34-0.29

+25C

+25C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+25c

  • Hozir

    +25 C

  • 23:00

    +22 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 17-May

+25C

  • Hozir

    +25 C

  • 23:00

    +22 C

  • Shanba, 17

    +25 +20

  • Yakshanba, 18

    +21 +20

  • Dushanba, 19

    +21 +20

  • Seshanba, 20

    +22 +20

  • Chorshanba, 21

    +25 +20

  • Payshanba, 22

    +26 +20

  • Juma, 23

    +23 +20

  • Shanba, 24

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

"Eng kambag'al prezident": 14 yil qamoqda o'tirgan, qasrlar va qimmatbaho mashinalardan voz kechgan siyosatchi

Siyosat
60 16:08 | 16.05.2025 16:08

13 may kuni dunyodagi eng kambag'al prezident nomini olgan urugvaylik siyosiy arbob Xose Muxika vafot etdi. Sobiq rahbar saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgan, deyarli 90 yoshni qarshilagan edi. Muxika davlat rahbari sifatida faoliyat yuritgandi turli imtiyozlar va hashamatli turmush tarzidan voz kechgani, oddiy insonlar kabi umr kechirgani bilan yodda qoldi. Odatda davlat rahbarlari juda yaxshi sharoitlarda, saroylarda yashashadi, ularga o'nlab mashinalar xizmat ko'rsatadi. Rahbarlar va davlat apparati xodimlari uchun g'aznadan yaxshigina pul ajratiladi. Albatta barcha xarajatlar soliq to'lovchilar — “hokimiyatning yagona manbai bo'lgan” xalq zimmasiga tushadi. Quyida kamtarlikni hayot tarziga aylantirgan Xose Muxika shaxsiyati bilan tanishamiz.


Xose Muxika 1935 yilda Montevideoda tug'ilgan. Sobiq prezident hayotning achchiq-chuchugini obdon tatib ko'rgan: jumladan Urugvayda diktatura hukm surgan o'tgan asrning 70-80 yillarda turmada ham o'tirgan. Muxika Kuba inqilobidan ilhomlangan qo'zg'olonchi “Tupamaros” harakati a'zosi bo'lgan. Shuningdek, qishloq xo'jaligi, chorvachilik, baliqchilik vaziri va senator vazifasida ham faoliyat yuritgan.


2010-2015 yillarda davlatni boshqargan Muxika 2014 yilda o'zi qamalgan qamoqxonaga boradi va u yerni ko'zdan kechiradi.


“Qamoqxonadan turib V'etnam urushi tugashini kutganman. Urushning tugaganini eshitib, yig'lab yuborgandim” deya izoh beradi sobiq davlat rahbari.


Xose Muxika prezidentlik davrida hashamatli qarorgohlarda istiqomat qilmagan. Uning Montevideo yaqinida kichkinagina kulbasi bor edi. “Kambag'al” prezident shu yerdan turib davlatni boshqargan, siyosat yurgizgan.


Davlat rahbarining uyiga havas qilib bo'lmasdi, u juda kamtarona kiyinar va go'sht yemasdi. 12.500 dollar miqdorida maosh olsa, shuning 90 foizini xayriya qilib yuborar, o'ziga ming dollardan oshiq pul olib qolardi. “Bu pullar mening ehtiyojimni qoplaydi” derdi u. Shuningdek, Muxika rafiqasi bilan bilan gullar o'stirib, ularni sotish bilan ham shug'ullangan.


Oddiy uy, ferma, bir necha traktor va 1500 dollar atrofidan turadigan, 1987 yilda ishlab chiqarilgan "Fol'ksvagen-juk" — uning bor boyligi edi.


Xose Muxikaning so'zlariga ko'ra, oddiy hayot tarzi unga qamoqda o'tkazgan vaqtlarida yoqib qolgan.


Picture background

“Kambag'al prezident”ning davrida nimalar o'zgardi?


Xose Muxika faqat kamtarona hayoti bilangina e'tiborni tortmagan. U butun boshli davlatni 5 yil davomida boshqardi. Muxikaning davrida Urugvay ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ijobiy o'zgarishlar yuz berdi. Ayni damda Urugvay Janubiy Amerikada ancha-muncha rivoj topgan davlatlardan biri sanaladi. Bir kishiga yalpi ichki mahsulot taxminan 19 ming dollardan oshiqroqdir. Albatta bunda Muxika siyosatining ham hissasi bor.


Xose Muxika — sotsial demokratlar, kommunistlar kabi kuchlarni o'zida birlashtirgan qanotdan chiqqan prezident sanaladi.


Ma'lumotlarga ko'ra, Muxika davrida Urugvay aholisi yalpi milliy daromadi 40 foizga o'sdi, qashshoqlar soni ikki barobarga pasaydi. Aholining savodxonlik darajasi jahonda eng yetakchi davlatlardan biriga aylandi. Muxika bor kuchi bilan “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida ishlashga harakat qildi.


Picture background


“Meni dunyodagi eng kambag'al prezident deyishadi, lekin men o'zimni bunday his qilmayman. Kambag'allar faqat dabdabada yashash uchun ishlaydiganlardir. Ular doimo ko'proq va ko'proq narsani xohlashadi. Bu erkinlik masalasi”, deydi sobiq prezident.


“Agar sizda boy yashash uchun yetarli narsalar bo'lmasa, bu narsalarni qo'lga kiritish uchun butun umr qul kabi ishlashning ma'nosi yo'q”, deya ta'kidlaydi u.


Ammo Muxikaning hamma ishlari odamlarga to'liq yoqqan deb bo'lmaydi. Urugvay muxolifatining iddao qilishicha, iqtisodiy o'sishga qaramay mamlakatda ta'lim va sog'liqni saqlash sohasi rivojlanmadi, shuningdek, prezident reytingi 50 foizdan pastga tushib ketdi. Shuningdek, Muxika davrida mariuxanadan foydalanish qonuniylashtirildi. Hatto bu ishi uchun uni Nobel' mukofotiga ham tavsiya etishdi.


Uning aytishicha, “mariuxana iste'moli emas, narkobiznesning o'zi eng katta muammodir”.


Prezidentlikdan keyingi hayot


Xose Muxika prezidentlik muddati nihoyasiga yetganda naq sakson yoshga kirgandi. Shu sababdan uning keyingi saylovlarda qatnashmasligi aniq edi. Senator sifatida saylangach ham u o'z daromadlarini xayriya qilishda davom etdi. 2018 yilda esa, senatorlik vakolati tugashiga ikki yil qolganda, nafaqaga chiqishini e'lon qilib, siyosat olamini tark etdi. Nafaqaga chiqqach, pulni ham rad etdi va uni xayriya uchun yo'naltirdi.


Shundan keyin Muxika ommaviy axborot vositalarida deyarli ko'rinmaydi, ko'pchilik uning kamtarona boshqaruv davri va hayot tarzini eslaydi, xolos.


2024 yil Urugvayning sobiq rahbari qizilo'ngach saratoniga chalinganini ma'lum qilgan edi. Joriy yil yanvar' oyi boshida u saraton kasalligi uning jigariga o'tganini ma'lum qildi. Shundan so'ng Muxika kasallik bilan kurashishni to'xtatishga qaror qilganini tan oldi.


Qiziq faktlar


* Xose Muxikaning volkswagen Beetle 1987 mashinasi uchun million dollar pul taklif etishgan. Ammo sobiq prezident nogiron itini olib yurishni o'ylab, bu savdodan voz kechgan.


* 2013 yilda, prezidentlik kursisida o'tirgan vaqtda Muxika noqulay ahvolda qoladi: matbuot anjumani vaqtida mikrofon yoqilganini payqamay Argentina prezidenti bo'lgan Fernandes de Kirshner sha'niga nojo'ya gap aytib yuboradi (uni “keksa jodugar” deb ataydi). Bu Urugvay va Argentina o'rtasidagi diplomatik mojaroga sabab bo'ladi.


* Urugvay sobiq prezidenti Venesuela rahbari Nikolas Maduroni ham xushlamagan. Hatto o'z nutqlaridan birida Maduro sha'niga anchagina nordon gaplarni gapirib yuboradi.


Iqtibos: “Men g'orlarga yoki somondan yasalgan kulbalarga qaytish tarafdori emasman. Shunchaki isrofgarchilik, keraksiz sarf-xarajatlar, o'nlab xizmatkorni talab qiladigan hashamatli uylarni tugatish tarafdoriman. Buning hammasi nima uchun? Bu juda ko'p. Siz oddiy yashashingiz, hamma uchun haqiqatan ham muhim bo'lgan narsalar uchun mablag' ajratishingiz mumkin.


Siyosatda “yo'qolgan” respublika g'oyasining asl ma'nosi ham shundadir. Agar biz monarxlarimiz, feodallarimiz bilan davom yetsak, xo'jayinlari ovga chiqqanda musiqa chalayotgan vassallardan farqimiz qolmaydi.. Biz o'rta asrlardai kabi qolamiz ...”.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat