Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 965.34-14.82

  • EUR

    14 525.07-81.5

  • RUB

    161.34-0.29

+28C

+28C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+28c

  • Hozir

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +23 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 17-May

+28C

  • Hozir

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +23 C

  • Shanba, 17

    +28 +20

  • Yakshanba, 18

    +23 +20

  • Dushanba, 19

    +23 +20

  • Seshanba, 20

    +26 +20

  • Chorshanba, 21

    +29 +20

  • Payshanba, 22

    +31 +20

  • Juma, 23

    +24 +20

  • Shanba, 24

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

"Ertaga kech bo'lishi mumkin": Ona zamin hayot uchun kurashmoqda

Ҳодиса
47 14:22 | 16.05.2025 14:22

Kun sayin yer yuzida iqlim o'zgarib bormoqda. Har tomondan ifloslanib borayotgan havo va suv, yo'qolib ketayotgan hayvonot va o'simlik dunyosi… Bu vaziyatda har bir daqiqa muhim. Quyida XXI asrning eng dolzarb 10 ekologik muammosini ko'rib chiqamiz. Zotan, ularning har biri nafaqat zamonaviy dunyoga, balki bizning shaxsiy hayotimizga ham xavf solishi mumkin.


Iqlim o'zgarishi


Global isish ortidan kelayotgan iqlim o'zgarishlari so'nggi o'n yilliklarda insoniyat uchun eng katta ekologik tahdidga aylandi. Yer sharidagi harorat ortishi qurg'oqchilik, dengiz sathining ko'tarilishi, to'fon va bo'ronlar kabi tabiiy ofatlarning ko'payishiga olib kelmoqda. Xalqaro miqyosda Kioto protokoli va Parij kelishuvi kabi hujjatlar qabul qilinganiga qaramasdan, ko'plab mamlakatlarda hali ham keskin choralar ko'rilmayapti.


Energiya manbalari: qazilma resurslardan qachon voz kechamiz?


Qazib olinadigan yoqilg'ilar – ko'mir, neft va gaz – nafaqat energiya manbai, balki atmosferani ifloslantiruvchi asosiy omildir. Bugun dunyo bo'ylab ishlab chiqarilayotgan issiqxona gazlarining katta qismi shunday stantsiyalarda ishlab chiqariladi. Quyosh, shamol va gidroenergiya – muqobil yechimlar sifatida qaralmoqda, ammo ular hali umumiy ehtiyojlarni to'liq qoplay olmayapti.


Suv resurslari


Qishloq xo'jaligida samarasiz sug'orish, o'g'it va pestitsidlardan noo'rin foydalanish suv resurslarining ifloslanishiga sabab bo'lmoqda. Ko'plab davlatlarda ichimlik suvi tanqisligi yuzaga kelyapti.


Biologik xilma-xillikning yo'qolishi


Erdan noo'rin foydalanish – o'rmonlarni kesish, shaharlashtirish, sanoatlashtirish – qimmatli ekotizimlarning yo'qolishiga olib kelmoqda. Avstraliyada 1500 dan ortiq hayvon turlari yo'qolib ketish xavfi ostida turibdi. Biologik xilma-xillik yo'qolishi esa insoniyat uchun beqiyos xavflar manbaidir.


Kimyoviy moddalar va zaharli ifloslanish


Industriyalashgan jamiyat zaharli chiqindilarning asosiy manbasiga aylandi. Agrokimyoviy vositalar, sanoat chiqindilari va og'ir metallar bilan ifloslangan yer va suv manbalaridagi zararni bartaraf etish juda murakkab jarayon. Bunday moddalarning chiqarilishini cheklash, qayta ishlashni yo'lga qo'yish zarur.


Havo ifloslanishi


Atmosferaga chiqarilayotgan uglerod gazi, oltingugurt va azot birikmalari issiqxona effektlarini keltirib chiqarish barobarida, inson va hayvonlar salomatligiga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Kislotali yomg'irlar, chang, gaz va aerozollar shunday zararli ta'sirlar qatoriga kiradi.


Сhiqindilarni boshqarish muammosi


Zamonaviy jamiyat mahsulot iste'moli va qadoqlashda chiqindilar miqdorini keskin oshirdi. Ularning ko'p qismi qayta ishlanmaydi va qayta tabiatga tashlanadi. Сhiqindilarni saralash, qayta ishlash va kamaytirish orqali ushbu muammoni bartaraf etish mumkin.


Ozon qatlamining yemirilishi


Ozon qatlami yerni zararli ul'trabinafsha nurlardan himoya qiladi. Ammo CFC (xlorftorokarbonlar) moddalari uning parchalanishiga sabab bo'lmoqda. Antarktida ustidagi ozon teshigi va inson salomatligiga ta'sir qiluvchi omillar hali ham jiddiy ekologik muammo bo'lib qolmoqda.


Okeanda tabiiy muvozanat izdan chiqmoqda


Okeanlar ekologik muvozanatni saqlab turishda muhim rol o'ynaydi. Ammo ortiqcha baliq ovlash, dengiz ifloslanishi va noyob turlarning yo'qolishi dengiz ekotizimlarini halokatga yetkazmoqda. Baliq sotuvi qisqarishi – bu kelajakda oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid.


O'rmonlarni kesish


O'rmonlarni kesish — nafaqat daraxt, balki kelajakni kesish


Daraxtlar — Yerning o'pkalari. Har kesilgan o'rmon kislorodni kamaytiradi, issiqxona effektlarini kuchaytiradi va bioxilma-xillikni kamaytiradi


Ertangi kelajak uchun ham tabiatga bo'lgan munosabatimizni o'zgartirishimiz va atrofimizdagi olamni asrashimiz shart . Bekorga xalqimiz "Bir daraxtni kessang, o'rniga mingini ek "demaydi.


Oltinoy Mo'minova,
Jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika
fakul'tetining 2-bosqich talabasi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 2321 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 2267 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 3018 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса