Kasaba uyushmasi raisi yangi o'quv yiliga qanday tayyorgarlik ko'rmoqda?
Kasaba uyushmasi bor tashkilot bilan yo'g'i orasida juda katta farq bor. Masalan, qaysiki tashkilotda kasaba uyushmasi tashkil etilgan bo'lsa, jamoa shartnomasiga asosan xodimlar muntazam moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlanadi. Tashkilotda muhim sana va bayramlar munosabati bilan chiroyli tadbirlar tashkil etiladi. Xodimlarning ishga bo'lgan qiziqishi muntazam oshirib boriladi.
Bugun bo'lib o'tayotgan O'zbekiston aviatsiya xodimlari kasaba uyushmasining IX hisobot Qurultoyida qatnashayotgan Urganch xalqaro aeroportining Kasaba uyushmasi raisi Alisher Abdullaev ham yaqinlashib kelayotgan muhim sanalar munosabati bilan xodimlar uchun qanday yangiliklar hozirlayotgani haqida gapirib berdi.
— Bizning Urganch xalqaro aeroportimizda 500 nafar ishchi- xodim mehnat qiladi, — deydi A. Abdullaev.
— Tashkilotimizda o'rtacha oylik maosh 8 millionni tashkil etmoqda. A'zolik badali bir foiz. 2025 yilda 41 nafar ishchi-xodimlar Toshkent viloyatidagi dam olish maskaniga dam olishga yuborildi, 17 nafariga sog'liklarini tiklash uchun sanatoriylarga yo'llanma berildi. Xodimlarning 81 nafar farzandlari bolalar oromgohlarida dam olib qaytdi.
Hademay Mustaqillik bayrami va maktablarda yangi o'quv yili boshlanadi. Istiqlolimizning 34 yillik bayrami munosabati bilan ishchi-xodimlarimizga mukofot pullari va bayram dasturxoni tashkil etishni rejalashtirayapmiz. Bu yil maktabga chiqayotgan xodimlarning 50 dan oshiq farzandlariga esa 15 turdagi o'quv qurollari sovg'a qilmoqchimiz. Ayni kunlarda ana shu rejalarning tashkiliy ishlari bilan bandmiz.
Zebo Namozova
ishonch.uz
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0