Valyuta UZS
  • USD

    12 413.79-52.65

  • EUR

    14 468.27-48.9

  • RUB

    154.86-0.56

+25C

+25C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+25c

  • Hozir

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 23-August

+25C

  • Hozir

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Shanba, 23

    +25 +20

  • Yakshanba, 24

    +26 +20

  • Dushanba, 25

    +26 +20

  • Seshanba, 26

    +28 +20

  • Chorshanba, 27

    +28 +20

  • Payshanba, 28

    +28 +20

  • Juma, 29

    +28 +20

  • Shanba, 30

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Uzum sayli”da nimalar kutilmoqda?

Toshkent viloyatining Parkent tumani, Zarkent qishlog'ida yaqin yillardan buyon an'ana tarzida o'tkazib kelinayotgan “Uzum sayli” va Xalqaro vinochilik festivaliga yana qizg'in tayyorgarlik ko'rilmoqda. Ma'lum qilinishicha, navbatdagi festival joriy yilning 22-23 avgust kunlari bo'lib o'tadi.
Jamiyat
207 15:08 | 18.08.2025 15:08

Festival oldidan o'tkaziladigan tadbirlar rejasi, dasturlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, jurnalist va blogerlar uchun soha mas'ullari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Toshkent viloyati hokimining turizm masalalari bo'yicha o'rinbosari Jamshid Bobojonov, Parkent tumani hokimi Sardor Isaqulov va boshqa mas'ul tashkilot rahbarlari tomonidan tadbir yuzasidan zarur ma'lumotlar berildi.



Qayd etilganidek, festival bu yil uchinchi bor o'tkazilmoqda. Unga 40 dan ziyod xorij davlatlaridan uzumchilik va vinochilik sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar kelishi kutilmoqda. Shu bilan birga, xorijlik turistlarning ham qiziqishi katta bo'lmoqda. Xususan, o'tgan yillardagi festivallarda xorijlik hamkorlar bilan imzolangan eksport shartnomalari 32 million dollarni tashkil etgan.


Tadbir doirasida viloyat turizm salohiyatini namoyish etish, milliy mahsulotlar va brendlarni jahon bozorida munosib o'ringa ega bo'lishini ta'minlash choralari ko'riladi. Shu asnoda ko'p yillik uzumchilik, vinochilik tajribalarini ommalashtirilib, bog'dorchilik mahsulotlarining noyob tur va navlari keng ommalashtiriladi.


Festival doirasida soha mutaxassislari ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etiladi. Respublika ko'rik-tanlovlari, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va liboslar namoyishlari, madaniy va fol'klor tadbirlar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. O'z navbatida mamlakatimizning barcha viloyatlaridan fermer xo'jaliklari, vino zavodlari vakillari maxsus tashkil etilgan povilonlarda o'z mahsulotlarini namoyish qiladi. Tabiiy ichimliklar, sharbatlar va sharbat kontsentratlari ishlab chiqarish korxonalari o'z mahsulotlari bilan qatnashadi.


Festivalning biznes yo'nalishida esa taqdimotlar, muzokaralar, mahorat darslari, xalqaro hamkorlik shartnomalari va investitsiya bitimlari imzolanishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, O'zbekistonning yetakchi vinochilari va qo'shma korxonalar ishtirokida vino mahsulotlari degustatsiyalari, nodir vinolarni sotish bo'yicha auktsionlar o'tkaziladi.


– Hozir viloyatdagi uzumzorlar maydoni 13 ming gektardan 19 ming gektarga yetkazildi, – deydi viloyat hokimi o'rinbosari J.Bobojonov. – Uzumlarning 40 ming tonnadan ortiq qismi 11 ta davlatga, vino mahsulotlarimiz esa, 9 ta davlatga eksport qilinmoqda. Kelgusi 3 yilda hududda yana 20 ming gektar hosildor uzum plantatsiyalarini yaratish rejalashtirilgan. Natijada uzum maydonlari 39 ming gektarga yetkaziladi. Yetishtirilgan hosil 400 ming tonnaga oshiriladi. Bugungi kunda yurtimizda 28 dan ortiq xo'raki va vinobop uzum navlari yetishtirilyotgan bo'lsa, shundan 13 tasi aynan Toshkent viloyatida yaratilgan. Asosiysi, aholi xonadonlarida uzum yetishtirish, mayiz, shinni kabi mahsulotlarni tayyorlashning an'anaviy usullarini yanada rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.


Matbuot anjumanida jurnalistlar o'z fikr va mulohazalari, takliflarini bildirishdi. Tadbirdan so'ng, uzumzorlar va mayiz mahsuloti tayyorlovchi korxonaga press-tur uyushtirildi.


Xolida Egamberdieva,
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 4822 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat