Valyuta UZS
  • USD

    12 699.1484.07

  • EUR

    14 847.8393.24

  • RUB

    162.160.14

+35C

+35C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+35c

  • Hozir

    +35 C

  • 13:00

    +36 C

  • 14:00

    +37 C

  • 15:00

    +37 C

  • 16:00

    +37 C

  • 17:00

    +37 C

  • 18:00

    +36 C

  • 19:00

    +34 C

  • 20:00

    +31 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +27 C

  • 23:00

    +26 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 15-July

+35C

  • Hozir

    +35 C

  • 13:00

    +36 C

  • 14:00

    +37 C

  • 15:00

    +37 C

  • 16:00

    +37 C

  • 17:00

    +37 C

  • 18:00

    +36 C

  • 19:00

    +34 C

  • 20:00

    +31 C

  • 21:00

    +29 C

  • 22:00

    +27 C

  • 23:00

    +26 C

  • Seshanba, 15

    +35 +20

  • Chorshanba, 16

    +36 +20

  • Payshanba, 17

    +37 +20

  • Juma, 18

    +38 +20

  • Shanba, 19

    +38 +20

  • Yakshanba, 20

    +39 +20

  • Dushanba, 21

    +34 +20

  • Seshanba, 22

    +34 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Kusto tavalludiga 115 yil: suv ostiga umrini bag'ishlagan tadqiqotchi

Ko'pchilik yoshlikda “Kusto suv osti kemasining sarguzashtlari” ko'rsatuvini ko'rib katta bo'lgan. Taniqli aktyor G'aybulla Hojiev mazkur ko'rsatuvlarga mohirlik bilan ovoz bergan. Kusto va uning jamoasining xizmatlari evaziga dunyo ahli ulkan ummon qa'ridagi ko'plab ajoyibotlar bilan tanishdi, ommada ular haqida keng tasavvurlar hosil bo'ldi. Bu yil iyun' oyida Jak Iv Kusto tavalludiga 115 yil to'ldi. Quyida mohir akvalangchi va suv osti bo'yicha olimning hayot yo'lini ko'rib chiqamiz.
385 10:58 | 13.07.2025 10:58

Jak-Iv Kusto 1910 yilda Bordo shahri chekkasida, Sent-Andre-de-Kubzak nomli kichik shaharchada tug'ilgan. Uning otasi Daniel advokat bo'lib, butun mamlakat bo'ylab doktorlik darajasini olgan eng yosh huquqshunos sifatida tanilgan. Bolaning onasi Elizabet farmatsevtlar oilasidan chiqqan, lekin o'zi uy ishlari, Jak-Iv va uning akasi Per-Antuanni tarbiyalash bilan shug'ullangan. Qisqasi bo'lajak qahramonimiz ziyoli va ilmli oilada dunyoga kelgandi.


Keyinchalik oila Parijda doimiy istiqomat qildi, lekin ko'p sayohat qildi. Dengiz bo'yida ta'til paytida kichik Kusto suzishni o'rgandi va suvni, okeanni abadiy sevib qoldi. Aytgancha, bolaga 7 yoshida davolab bo'lmaydigan surunkali enterit tashxisi qo'yilgan, shu sababli u butun umri davomida oriq va qotma bo'lib qolgan. Birinchi jahon urushidan so'ng Kusto oilasi Qo'shma Shtatlarga ko'chib o'tdi, Jak-Iv mexanika va ixtiroga qiziqib qoldi, shuningdek, suv ostiga birinchi sho'ng'idi. Frantsiyaga qaytgach, 13 yoshli bola akkumulyator va dvigatelli ishlaydigan avtomobil yasadi va o'zining kinokamerasi bilan atrofdagi ajoyibotlarni suratga olishni boshladi.


O'smir shu qadar ko'p narsaga qiziqardiki, uning maktab darslariga vaqti ham yo'q edi. Shu sababli, uning ota-onasi o'g'lini yopiq maktab-internatga berishdi va Kusto ta'lim dargohini imtiyozli diplom bilan tugatdi. Keyin Shanxayda dengiz akademiyasi ta'limi va xizmatda bo'ldi. Bir kuni u yo'l chetidagi do'konda suvga sho'ng'ishda foydalaniladigan ko'zoynakni ko'rib qoldi. Ushbu anjomni sinab ko'rgandan so'ng, Jak-Iv kelajakdagi hayotini nima bilan bog'lashini tushundi.


1950-yillarning boshlarida Jak-Iv Kusto Britaniya qirollik dengiz flotining eski va foydalanishdan chiqarilgan mina qo'riqlash kemasini ijaraga oldi va unga “Kalipso” deb nom berdi, uning yordamida okeanni suv ostida tadqiq qilishni boshladi. Ekspeditsiya natijasi 1953 yilda nashr etilgan “Jimlik dunyosida” ilmiy-ommabop kitobi bo'ldi. U Kustoga dunyo miqyosida e'tirofni taqdim etdi va kitobga asoslangan kartina uni bir zumda hujjatli fil'm janrining afsonasiga aylantirdi. “Jimlik dunyosida” fil'mi “Oskar” va “Oltin pal'ma” bilan taqdirlangan. Debyut fil'mdan keyin “Oltin baliq” va “Quyoshsiz dunyo” kabi fil'mlar paydo bo'ldi, keyin esa “Kusto jamoasining suv osti sarguzashtlari” seriyali filmi paydo bo'ldi, u jami 20 yil davomida ekranlarga chiqdi. Bundan tashqari, Jak-Iv okeanlar, dengizlar, daryolar va ularning aholisi haqida “Kosmosdagi voha”, “Shimoliy Amerikadagi sarguzashtlar”, “Amazon”, “Dunyoning qayta kashf etilishi” va boshqa ko'plab filmlarni suratga oldi.


Ushbu fil'mlar katta muvaffaqiyatlarga erishdi, chunki ular odamlarga odatda o'zlari bora olmaydigan joylarni ko'rishga imkon berdi. Ammo barcha mutaxassislar Kustoning ishini ma'qullamadilar. Uni soxta ilm-fan ortidan quvishda va ayniqsa, baliqlarga nisbatan shafqatsizligi uchun bir necha bor tanqid qilishgan. Masalan, uning hamkasbi Vol'fgang Auer baliqlarni o'ldirish va ularga nisbatan shafqatsizlik maqsadli bo'lganini va bu Kusto fil'mlarida yuqori sifatli tasvirlarni olish uchun foydalanilganligini da'vo qildi. Jak-Iv ham ba'zida soxta kadrlar olishda ayblangan.


Kusto va “Kalipso” ekipaji ko'plab ekspeditsiyalarga bordi, ularning eng xavflisi 1972 yilda Antarktidaga sayohat deb hisobladi. Keyinchalik Antarktida suv osti dunyosining xilma-xilligi va uning tabiiy xususiyatlari haqida 4 ta fil'm seriyasi chiqdi. Rus yozuvchisi Leonid Mixrin ekspeditsiya a'zosi Noel Russet bilan hamkorlikda “Jak-Iv Kusto Antarktidada” kitobini nashr etdi. Avvaliga Jak-Iv Kusto niqob va shnorkel yordamida suv ostiga sho'ng'igan, ammo keyin do'sti Emil Gagnan bilan birgalikda suv ostida chuqur nafas olishga imkon beruvchi qurilmani ishlab chiqdi. U 1938 yilda dunyodagi birinchi akvalang uskunalarini sinovdan o'tkazdi va nafaqat Kustoga, balki ko'plab olimlarga suv osti dunyosini yaxshiroq tushunishga yordam berdi.


Bugungi kunda suv osti hayotini suratga olish nisbatan oddiy jarayon, lekin Jak-Ivdan oldin buni hech kim tasavvur qila olmas edi. Aynan u suv o'tkazmaydigan kamera va yorug'lik moslamasini ishlab chiqdi va keyinchalik katta chuqurlikda video suratga olishga qodir bo'lgan birinchi televizion tizimni yaratdi. O'zining ilmiy-ommabop kitoblari va fil'mlari tufayli Kusto televizion aloqaning yangi usuli - oshkoralik, ya'ni professionallar va oddiy manfaatdor odamlardan iborat auditoriya o'rtasida fikr almashishning asoschisi bo'ldi. Bugungi kunda barcha zamonaviy tok-shoular va boshqa televizion loyihalar ushbu texnologiya asosida qurilgan, buning uchun frantsuz okeanografiga yana bir bor minnatdorchilik bildirish kerak.


Frantsuz tadqiqotchisi dengiz ekotizimining vayron bo'lishidan xavotir bildirardi. Shu sababli, dengiz muhitini muhofaza qilish uchun “Kusto jamiyati” deb nomlangan notijorat tashkilotni ochdi. U hali ham ishlamoqda. Xodimlar Jahon okeanining ifloslanishi muammosini o'rganishadi. Shuningdek, Jak-Iv Marselda Dengiz tadqiqotlari markazini ochdi, Monakodagi muzey direktori ham edi.


Faol ijtimoiy faoliyati uchun okeanograf “Faxriy legion” ordeni, Prezidentning Ozodlik medali bilan taqdirlangan (AQShning 40-prezidenti Ronald Reygan qo'lidan olingan). Bundan tashqari, BMT uni atrof-muhit bo'yicha xalqaro mukofot bilan taqdirladi. Shuningdek, u Frantsiya Fanlar akademiyasiga a'zo bo'lgan va BAFTA tomonidan “yil odami”deb tan olingan.


Jak-Iv Kusto 1937 yilda frantsuz admiralining qizi Simone Melkiorga uylandi. Simone erining ekspeditsiyalarining ko'pchiligida qatnashgan va “Kalipso” ekipaji unga “cho'pon ayol” laqabini qo'ygan. Er-xotinning Jan-Mishel va Filipp ismli ikki o'g'li bor edi, Filipp 1979 yilda samolyot halokatida vafot etgan. Ushbu fojiadan keyin Jak-Iv va Simone o'rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Ular alohida yashashni boshladilar, lekin hech qachon rasman ajralishmadi. 1991 yilda Simone Melkior saraton kasalligidan vafot etganida, Kusto ikkinchi rafiqasi Fransin Tripletga uylandi, u bilan 10 yildan ortiq yashagan va farzandlari - qizi Diana va o'g'li Perni tarbiyalagan. Aytgancha, ikkinchi turmushi tufayli uning katta o'g'li Jan-Mishel bilan munosabatlari nihoyat yomonlashdi va u hatto uning tijorat faoliyati uchun Kusto nomidan foydalanishni taqiqlash uchun qonuniy choralar ko'rdi.


Jak-Iv Kusto 1997 yil 25 iyunda vafot etdi. O'lim sababi miokard infarkti edi. Tadqiqotchining jasadi uning barcha ajdodlari dafn etilgan Sen-Andre-de-Kubzak qabristoniga dafn etilgan. Ammo uning merosiy faoliyati to'xtamadi. U asos solgan “Kusto jamoasi” jamiyati hozir ham faol tadqiqotlar olib bormoqda.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid