Valyuta UZS
  • USD

    12 005.09-20.13

  • EUR

    13 898.29-71.41

  • RUB

    148.56-0.8

+8C

+8C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+8c

  • Hozir

    +8 C

  • 02:00

    +8 C

  • 03:00

    +8 C

  • 04:00

    +9 C

  • 05:00

    +9 C

  • 06:00

    +9 C

  • 07:00

    +8 C

  • 08:00

    +9 C

  • 09:00

    +10 C

  • 10:00

    +12 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +16 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +15 C

  • 15:00

    +15 C

  • 16:00

    +14 C

  • 17:00

    +13 C

  • 18:00

    +11 C

  • 19:00

    +10 C

  • 20:00

    +9 C

  • 21:00

    +9 C

  • 22:00

    +9 C

  • 23:00

    +8 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Dushanba, 03-November

+8C

  • Hozir

    +8 C

  • 02:00

    +8 C

  • 03:00

    +8 C

  • 04:00

    +9 C

  • 05:00

    +9 C

  • 06:00

    +9 C

  • 07:00

    +8 C

  • 08:00

    +9 C

  • 09:00

    +10 C

  • 10:00

    +12 C

  • 11:00

    +14 C

  • 12:00

    +16 C

  • 13:00

    +16 C

  • 14:00

    +15 C

  • 15:00

    +15 C

  • 16:00

    +14 C

  • 17:00

    +13 C

  • 18:00

    +11 C

  • 19:00

    +10 C

  • 20:00

    +9 C

  • 21:00

    +9 C

  • 22:00

    +9 C

  • 23:00

    +8 C

  • Dushanba, 03

    +8 +20

  • Seshanba, 04

    +8 +20

  • Chorshanba, 05

    +3 +20

  • Payshanba, 06

    +0 +20

  • Juma, 07

    +1 +20

  • Shanba, 08

    +1 +20

  • Yakshanba, 09

    +2 +20

  • Dushanba, 10

    +3 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

TARIX SINOVLARIDAN O'TGAN HAQIQAT

o'zbek va qirg'izni hech kim va hech qanday kuch bir-biridan ayira olmaydi
Siyosat
1215 01:03 | 12.07.2025 01:03

1


Ikki turkiy qavm – o'zbek-qirg'iz do'stligi haqida gap ketganda, ko'pchilik olis o'tmishdan hikmat qidirishga tushib ketadi – go'yoki bugungi kunlarimizda ushbu qardoshlik rishtalarini ifodalovchi qo'rli bir misol yo'qdek. To'g'ri, yaqin tarixda shunday voqealar kuzatildiki, oqibatda bu ikki xalqning qardoshligi haqida gapirishning o'zi kinoyaviy ma'no aks ettiradiganday bo'lib qolgandi. Ammo tarix degani ming yillardan buyon birga yashab kelayotgan ikki qo'shni xalqning sobiq tuzum paytida shakllangan tushuniksiz munozarasidan iborat emas.



Ha, kechagi olatasir kunlarimiz bugun tarixning qora bir ko'lankasi bo'lib qoldi. Ammo o'tmish va kelajak oldida u nima degan gap?! Qolaversa, biz ko'rgan ziddiyatlar, xafagarchilig-u o'zaro ishonchsizlik nima sababdan bo'lgani, bu ishlar ortida qanday kuchlar turgani va ularning maqsadlari nimadan iboratligini bugun juda yaxshi anglab oldik. Bu – juda muhim faktor. Nimagaki, xalqlar o'zining kimligini, o'zligini bilmasa, anglamasa, bundan yomoni yo'q. Biroq bobolardan qolgan bir naql borki, aybni faqat chetdan qidirish ham adolatdan emas.



Masalaga agar shu taxlit yondashadigan bo'lsak, ba'zi nomaqbul ishlar o'zimizdan o'tganiga ham guvoh bo'lishimiz mumkin. Ba'zi tahlilchilar o'zaro munosabatlarning keskinlashuvida har ikki tomon siyosiy elitalari yetarlicha «tashabbus» ko'rsatishganini istisno qilishmaydi. Masalan, qirg'izistonlik siyosatshunos Emilbek Jo'raev bir maqolasida 2016 yilgacha ikki davlat o'rtasidagi aloqalarning taranglashuvi tufayli oradagi sovuqchilik uzoq davom etgani va ayrim jabhalarda hamkorlik butunlay to'xtab qolgani, barcha turdagi munosabatlar beqaror va nosamimiy bo'lganini yozadi. Uning fikricha, ba'zi o'rinlarda oliy rahbariyatlar o'rtasidagi bir-birini oshkora xush ko'rmaslik, nodo'stona bayonotlar berish holatlari janjalli vaziyatlarning keskinlashuvigacha olib kelgan...


Endi bir o'ylab ko'ring, tili, dini, madaniyati, tarixi va taqdiri bir bo'lgan ikki xalq, qo'shni mamlakatlar qachongacha shu taxlit yashashi mumkin edi, taassuflisi, bundan kim yutardi-yu kim yutqazardi?!


Hozir bu haqda ko'p gapirmoqchi emasman. Men bir ziyoli, qolaversa, hayoti uzoq yillar siyosat bilan bog'liq bo'lgan odam sifatida o'zbek va qirg'iz xalqlarining bir-biriga bo'lgan mehri, sadoqati haqida so'zlamoqchiman. Zotan, xalqlarimiz o'rtasida shunday samimiyat borki, bu qardosh­lik rishtasi bizni bir-birimizga hamisha bog'lab turadi. Shunday o'ylaymanki, o'zbek va qirg'izni hech kim va hech qanday kuch bir-biridan ayira olmaydi. Bu – tarix sinovlaridan o'tgan haqiqat!



Bunday holatlar paydo bo'lishining, albatta, sabablari bor. O'tmishda «qayta qurish» va «oshkoralik» deb nom olgan zamonlarni bugun juda kam odam eslaydi. Sobiq tuzum parchalanishi arafasidagi «imperiya talvasasi» milliy respublikalar xalqlarining boshiga juda ko'p kulfatlar keltirdi. Jumladan, o'zbek xalqi ham ayni o'sha zamonlarda «O'zbek ishi», «Paxta ishi» degan ig'vo-yu fitnalar orqasidan ko'p aziyat chekdi. Minglab odamlar qatag'on qilindi, tuhmat va bo'hton uyushtirilib, millatning nomini qora qilishga ochiqchasiga urinildi.


Hech esimdan chiqmaydi, aynan o'sha yillari sobiq markazning bosh mafkuraviy-siyosiy jarchisi bo'lgan «Pravda» gazetasida (1988 yil 13 fevral') dunyoga mashhur adib Сhingiz Aytmatovning «Qayta qurish, oshkoralik – omonlik daraxti» («Perestroyka, glasnost' – drevo vijivaniya») maqolasi bosildi. Maqola mazmun-mohiyatiga ko'ra, sobiq markaz tomonidan ayovsiz siquvga, siyosiy repressiyaga tortilgan O'zbekiston va o'zbek xalqi himoyasiga qaratilgan edi.


Aytmatov unda, jumladan, shunday degandi:


«O'zbek xalqining mamlakat uchun qilgan mehnatini birma-bir sanayversak, bularning bari boshimizni quyi egib, ta'zim etishga arziydi. Qadim-qadimdan o'zbek madaniyatining O'rta Osiyoga ko'rsatgan ta'sirini ko'hna Vizantiya Qadim Rusga ko'rsatgan ta'siri bilan qiyoslash mumkin.


Sovetgacha bo'lgan davrlarda va sovet davrida ham O'zbekiston bizning Sharqdagi so'zimizu yuzimiz bo'lib keldi. Yo'q, o'zbek xalqining bokira yuziga hech narsa dog' tushirolmaydi!..».


Ayni shu iqtibos o'zbek matbuoti va adabiyotida – maqolalar, ilmiy ishlar va badiiy asarlarda juda ko'p bor faxr bilan tilga olingan. Ammo bu yoniq so'zlar qancha ko'p e'tirof etilmasin ohori to'kilmaydi, qiymati pasaymaydi.



2


So'zimning avvalidayoq aytib qo'yay, men bu safar global masalalar haqida emas, ko'proq oddiy odamgarchilik, insoniy samimiyat, soddaroq aytganda, qo'shnilarning bir-birlariga bo'lgan mehri, samimiyati o'rtadagi vaziyatni qanday o'zgartirib yuborishi xususida gapirmoqchiman. Zotan, ayni hodisa bugun ikki xalq, ikki mamlakat hayotida kuzatayotganimiz do'stona munosabatlarning buyugidir.


Hech esimdan chiqmaydi: Prezident Shavkat Mirziyoev ish boshlagan ilk kezlardayoq Jizzax viloyati Do'stlik tumanidagi Manas qishlog'ini obod qilishga kirishgan va bundan ko'pchilik hayron bo'lgandi. Ochiq aytaman, o'sha kezlari oramizda «o'zimizning qishlog'u mahallalar qolib, nega Manas obodonlashtiriladi» deguvchilar ham bo'lgandi. Asosan etnik qirg'izlar yashovchi bu ovul sovet zamonlarida tashkil etilgan bo'lib, uzoq yillar «ko'zdan panada» qolib kelganini hammamiz yaxshi bilardik. Shavkat Mirziyoevning keyinchalik butun mamlakat bo'ylab quloch yoygan «Obod qishloq» dasturi nega aynan shu yerdan boshlanganini bugun ko'pchilik tushundi. O'zbekistonning yangi rahbari bu harakati bilan «Biz bir elmiz, bir xalqmiz, bizning tomirimiz bitta» degan asl haqiqatga ishora qilgan edi. Zotan, sovet zamonlarida shakllangan, to'g'rirog'i, katta «og'a»miz zug'umi bilan sun'iy yuqtirilgan va undan keyin ham bepisandlik bilan qaralgan milliy ayirmachilik mintaqa davlatlari birdamligiga monelik qiluvchi asosiy «mafkura» bo'lganini bugun hammamiz yaxshi tushunamiz.



Holbuki, o'zbegu qirg'iz, umuman, mintaqamiz xalqlarini faqat «oshxona madaniyati» bir-biriga bog'lab turmaydi. Ikki xalq taqdirining uyqashligi, et bilan tirnoqday bitta ekanining yana bir misoli sifatida ellarimiz ­muammolarining yakrangligini ham keltirish mumkin. Masalan, ishsizlik va migrantlar masalasi... Bilasiz, bu ­muammoning oxirgi 25 yil davomida yagona yechimi mehnat migratsiyasi bo'ldi. Bundan ham og'irrog'i chegaralar va trans­chegaraviy daryolar atrofidagi masalalar edi. Ular mohiyatan juda qiyin, uzoq yillardan beri yechim kutayotgan yumushlar edi.


Yildan-yilga chigallashib borayotgan, ikki tomonni ham tobora o'zining qa'riga tortib borayotgan bu «qora tuynuk»ning og'zini bizga kim yopib, muammolarimizni kim hal qilib berardi? Hech kim! Buning uchun esa, avvalo, mintaqadagi ijtimoiy-mafkuraviy muhit – xalqlarimizning tafakkurini o'zgartirish talab etilardi.


Shunday og'ir pallada Shavkat Mirziyoevning dastlabki jur'atli qadamlari – chegara, suv havzalari va daryolardan foydalanish hamda iqtisodiy-madaniy jabhalardagi hayotbaxsh o'zgarishlar o'zaro munosabatlarni tezkor va har jihatdan yaxshilashning noyob namunasi sifatida ko'pchilikni hayratga solgani bor gap. So'z isboti bilan bo'lishi uchun aniq misol keltiraman: Qirg'izistonda 2016 yili, ya'ni o'zgarishlargacha bo'lgan davrda o'tkazilgan ijtimoiy so'rovda ishtirokchi – respondentlar O'zbekistonni eng nodo'st davlatlardan biri, deb hisoblagan bo'lsa, 2017 yilgi so'rovlarda eng yaqin do'st mamlakatlardan biri sifatida qayd etishgan... O'zaro aloqalarning bunday tez iliqlashuvi nafaqat xalqlarimiz, balki xalqaro hamjamiyat, mahalliy siyosatchilar, mustaqil ekspertlarning ham e'tiborini tortdi. Masalan, yuqorida ismini keltirganimiz qirg'izistonlik ekspert Emilbek Jo'raev o'z maqolasida shunday yozadi:


«2024 yil 18-19 iyul' kunlari Prezident Sadir Japarovning O'zbekistonga davlat tashrifi amalga oshirildi. Ikki davlat rahbarlari va o'zaro muzokaralarning boshqa qatnashchilari yakunda hamkorlikning turli yo'nalishlariga doir 16 ta hujjatni imzoladilar, istiqboldagi mahobatli va ayni paytda hayotiy maqsadlarni belgilab oldilar.


Qirg'iz matbuoti Prezident Shavkat Mirziyoevning, ikki mamlakat munosabatlaridagi konstruktivizm printsipini (win-win) aniq-tiniq ifodalagan «Bizga kuchli va farovon qo'shni – Qirg'iziston kerak», degan so'zlarini iqtibos qildi. Bu – shunchaki mehmondorchilik yoki ehtirom belgisi emas, balki ikki birodar davlatning chinakam do's­tona munosabatlari tasdig'i sifatida qabul qilindi. Zero, bir mamlakatning gullab-yashnashi va farovonligiga unga qo'shni yurtda ham shunday shart-sharoit barqaror bo'lgandagina erishish mumkin».


3


Emilbek Jo'raev Prezident Shavkat Mirziyoevning «Bizga kuchli va farovon qo'shni – Qirg'iziston kerak», degan xitobi qirg'iz matbuotining sarlavhasiga aylanganini aytar ekan, bu bilan bir haqiqatni tasdiqlaydi. Ha, o'zbek Liderining yurakdan istagan, qalbini yondirgan niyat shu edi. Bu istak, kuchli xohish, garchi baralla aytilmagan bo'lsa-da, aynan o'sha Manas qishlog'ini obod qilish ishlari boshlangan kezlarda kurtak yozgan edi.


Yuqorida Xalqaro respublika instituti tomonidan 2017 yil Qirg'izis­tonda o'tkazilgan aholi ijtimoiy fikri so'rovida qardoshlarimiz O'zbekistonni eng do'st mamlakat, deya baholaganini 2024 yil Olimpiada musobaqalari jarayonlarida ham ko'rib juda quvondim. Ikki qondosh xalq bir-birining sportchilarini xuddi o'zinikidek qo'llab-quvvatlashdi, yordam berishdi. Shunda aniqroq ko'rdimki, do'stlik va birdamlik yanada mustahkamlanibdi, xalqlarimiz tomirlarimiz ham, taqdirimiz ham bir ekanini yanada chuqurroq anglabdi.


Yana men buyuk yozuvchimiz Сhingiz og'adan olingan iqtibosdagi bizga bo'lgan jonkuyarlik, mehr va samimiyatni, «o'zimniki» deya qayg'urishni ana shu musobaqalardagi bir-biriga qayishishda ko'rdim...


Bular – juda katta tarixiy yutuq!


4


Albatta, bu kabi hodisalar o'z-o'zidan sodir bo'lmaydi. Bunday tarixiy missiyalarni amalga oshiradigan shaxslar bo'ladi. Taqdir xalqlarimiz baxtiga shunday Liderlarni berdi. Bir-birini og'am, inim, deya munosabat yuritayotgan Shavkat Mirziyoev va Sadir Japarovlar haqida bundan boshqa yana qanday ta'rif berish mumkin?!


Bir zamonlardagidek «sen zo'rmi, men zo'r» qabilidagi «hamkorlik»lardan tamoman voz kechgan ikki rahbar mamlakatlarimizning gullab-yashnashiga, yaqin qo'shnichilik aloqalarining mustahkamlanishiga tamal toshini qo'ydi, desam mubolag'a bo'lmaydi. Eng muhimi, o'zaro hurmat, maslahat va samimiyat munosabatlarimizni yanada iliqlashtirmoqda.



Men mintaqamiz siyosiy hayotini juda uzoq yillardan buyon kuzatib kelaman va bu jarayonda ilgarilari bo'lmagan bir nozik masala diqqatimni tortadi: bizda qo'shni davlatlar rahbarlari bir-biri haqida juda kam hollarda iliq fikrlar bildirgan. Aytilgan gaplar ham ko'pincha siyosat yoki protokol uchun bo'lgan. Mirziyoev va Japarov o'rtasidagi munosabatlar og'a-ini o'rtasidagi jondoshlik muomalasiga o'xshaydi. Masalan, shu yil (2025 yil) boshida Sadir Japarov O'zbekistonga keldi. Jurnalistlarimiz «rasmiy» deb sharhlashgan bu tashrif poytaxt – Toshkent yoki mamlakatimizning boshqa markaziy shaharlariga emas, Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanidagi «Amirsoy» kurort majmuasiga amalga oshirildi. U yerda ikki davlat rahbari oddiy odamlardek, ya'ni ortiqcha siyosiy «shtrix»larsiz o'tirib, suhbatlashganini aks ettiruvchi suratlar o'sha kuni matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. «Galstuksiz» uchrashuv, tabiiyki, har ikki davlat jamoatchiligida, jamiyatlarida qizg'in muhokama qilindi. Сhunki biz bunday «vizit»larni ko'rmagan edik, ko'zimiz o'rganmagan edi...


5


2021 yil 28 yanvarda «VVS»ning qirg'iz xizmati Sadir Japarov bilan suhbat o'tkazdi. Muxbirning «Qirg'izistonda siyosiy boshqaruv formasi almashinuvida sizning Prezidentlik «iqtidor»ingiz avtoritar bosh­qaruvga aylanib ketmaydi, deb kafolat bera olasizmi?» degan savoliga javob berarkan Sadir Japarov o'z fikr va qarashlarini bugungi O'zbekiston va uning yetakchisi Shavkat Mirziyoev faoliyati va olib borayotgan siyosati misolida ifodalashga harakat qildi:


– Bu har bir odamning o'ziga bog'liq, – dedi u, jumladan. – Menda avtoritar bosh­qaruvni o'rnataman, degan niyat yo'q, unday bo'lmaydi ham. Bunga kuchimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi. Vaqti kelsa, buning isbotini ko'rasizlar. Biz qonuniylik va adolat diktaturasini o'rnatishga qodirmiz. Alloh nasib etsa, buni o'rnatamiz ham. Bunga misol sifatida qo'shni O'zbekistonni aytishim mumkin. U yerda o'tgan davrda kuchli diktatura bor edi. Buni dunyo ham, biz qo'shni davlatlar ham bilganmiz. Shavkat Miromonovich Mirziyoev kelganidan so'ng diktaturani olib tashlab, dunyoga eshigini ochdi. Mana, hozir qanday o'zgarishlar bo'lyapti. Agarda u xohlasa, ishni an'anaviy uslubda davom ettirib ketsa bo'lardi. Biroq u bunday qilmadi, mamlakatni ochdi. Qo'shnilar va olis xorijdagi davlatlar bilan do'stona hamkorlikni tikladi. Shuning uchun ham bugun O'zbekistonga investitsiya kirib, iqtisodiy o'sish bo'lyapti, xalqning turmushi yangilanyapti. Shu sababdan ham hammasi odamning o'ziga bog'liq, deyman...


6


So'zimiz avvalida qirg'izistonlik siyosiy tahlilchining «...ba'zi o'rinlarda oliy rahbariyatlar (qirg'iz-o'zbek) o'rtasidagi bir-birini oshkora xush ko'rmaslik, nodo'stona luqma tashlash holatlari janjalli vaziyatlarning keskinlashuvigacha olib kelgan...» degan gaplarini bejiz keltirmagandim.


Aslida vaziyat shunday edi. Hatto siyosiy elitalar o'rtasidagi sovuqchilik sabab ikki qo'shni mamlakat o'rtasida bir necha yillar diplomatik aloqalar ham muzlab qolgani bor gap. (Masalan, O'zbekiston bir muddat, ya'ni 2010 yildan 2013 yilgacha Qirg'izistonga o'z elchisini tayinlamagan bo'lsa, Qirg'izistonning Toshkentdagi elchisi o'rni ham 2010-2011 yillarda bo'sh turgan.) Ayni shu hodisalar va Sadir Japarovning bugungi kunlarimizda «VVS»ga bergan interv'yusidagi O'zbekiston va uning Prezidenti haqidagi mulohazalari qardosh xalqlar va qo'shni davlatlar orasidagi munosabat qisqa muddatda qanday o'zgarib ketganini ifodalash uchun yaxshi misol bo'la oladi, deb o'ylayman.


Shu o'rinda meni bir narsa haddan ortiq quvontiradiki, ardoqli adibimiz Сhingiz Aytmatov qalbini chulg'agan o'zaro do'stlik, qardoshlik va og'a-inichilikka bo'lgan muhabbat o'ti bugun xalqlarimiz, ellarimiz dillarida qayta alangalanmoqda.


Muhimi, bu ishlarda barcha-barchamizga davlatlarimiz rahbarlari Shavkat Mirziyoev va Sadir Japarov o'rnak bo'lmoqda.


Qudratilla RAFIQOV,
siyosatshunos


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Siyosat
Quyoshni to'sib qo'ymang!
0 2091 11:30 | 13.09.2023