Valyuta UZS
  • USD

    12 413.79-52.65

  • EUR

    14 468.27-48.9

  • RUB

    154.86-0.56

+23C

+23C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+23c

  • Hozir

    +23 C

  • 03:00

    +22 C

  • 04:00

    +21 C

  • 05:00

    +21 C

  • 06:00

    +21 C

  • 07:00

    +22 C

  • 08:00

    +24 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +33 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +33 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 23-August

+23C

  • Hozir

    +23 C

  • 03:00

    +22 C

  • 04:00

    +21 C

  • 05:00

    +21 C

  • 06:00

    +21 C

  • 07:00

    +22 C

  • 08:00

    +24 C

  • 09:00

    +27 C

  • 10:00

    +29 C

  • 11:00

    +31 C

  • 12:00

    +33 C

  • 13:00

    +34 C

  • 14:00

    +34 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +33 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +28 C

  • 21:00

    +26 C

  • 22:00

    +25 C

  • 23:00

    +24 C

  • Shanba, 23

    +23 +20

  • Yakshanba, 24

    +22 +20

  • Dushanba, 25

    +19 +20

  • Seshanba, 26

    +21 +20

  • Chorshanba, 27

    +20 +20

  • Payshanba, 28

    +20 +20

  • Juma, 29

    +22 +20

  • Shanba, 30

    +25 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Nozik masalaga qat'iy yechim kerak!

Bugun gap ochmoqchi bo'lgan mavzumiz jindek nozik, lekin insonning har kungi tabiiy ehtiyoji bilan bog'liq jiddiy masala hamdir. So'z jamoat hojatxonalari haqida.
189 16:15 | 18.08.2025 16:15

Bu mavzuni «Shunaqa ham mayda gap bo'ladimi? Yozishga boshqa narsa qolmadimi?» deya e'tiroz bildiruvchilar uchun muhim ma'lumotdan boshlamoqchiman.


Gap shundaki, biz «gapirishga ham arzimaydigan mayda masala, bu haqda gapirish uyat», deydigan masala yuzasidan dunyoning rivojlangan mamlakatlarida butunlay boshqacha fikrda va mutlaqo boshqacha ish yuritiladi.


2011 yilda Singapur bu mavzuni mayda gap emas, inson hayoti, qadri bilan bevosita bog'liq deb hisoblaydigan 17 ta milliy hojatxonalar assotsiatsiyasini taqdim qiladigan Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerikadan kelgan 200 dan ortiq vakillar anjumaniga mezbonlik qilgan. Kun tartibida esa hojatxonalar muammosi. Eng muhim muammolarni muhokama qilish va hojatxona ishining rivojlanishini yangi kontseptsiyalarini ko'rib chiqish maqsadida o'tkazilgan xalqaro anjuman yakunida Butunjahon hojatxona tashkiloti (World Toilet Organization)ga asos solingan. Shunday qilib, ushbu tashkilot 19 noyabr kunini tantanali ravishda kasbiy bayram, ya'ni – Butunjahon hojatxonalar kuni deb e'lon qildi. 2013 yil 24 iyul' kuni Birlashgan Millat Tashkilotininig Bosh Assambleyasi 19 noyabr' sanasini tantanali ravishda Butunjahon hojatxonalar kuni, deb e'lon qildi.


Mana, kelishib ham oldik. Demak, biz ko'tarayotgan mavzu mayda gap emas, balki xalqaro miqyosida kun tartibiga qo'yiladigan darjada muhim mavzu ekan.


Tasavvur qiling. Nurafshon shahri Toshkent viloyati markazi maqomida bo'lgani uchun xizmat taqozosi tufayli har kuni turli taraflardan yuzlab odamlar kelib-ketadi. Xo'sh, biror muhim yumushi bilan viloyat tashkiloti rahbari huzuriga kelgan kishi ishini bitirishi kun davomida cho'ziladigan bo'lsa-yu, u kishining, albatta, kun davomida bir-ikki marotaba tabiiy ehtiyoji – hojatxonaga zarurati paydo bo'lsa (bunday bo'lishi tabiiy) u qaerga boradi?


«Qorasuv»dan o'tganingizdan so'ng, Nurafshon stellasidan to «Burgalik» qishlog'i chegarasigacha (ya'ni, shahar hududi chegarasi) nechta joyda jamoat hojatxonasi bor? Aslida mana shu masofada qancha jamoat hojatxonasi bo'lishi kerak? Bu borada biror rasmiy hujjat bormi? Albatta, bor. Bor, bo'lganda ham bir nechta.


Shulardan biri. O'zbekiston Respublikasi Sanitar qoidalar, me'yorlar va gigienik normativlarining Jamoat hojatxonalarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishning sanitariya qoidalari va me'yorlari (O'ZR SanQvaM № 0368-19). Ushbu sanitar qoida va me'yorlar O'zbekiston Respublikasining «Aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida»gi va «Atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risida»gi Qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan va unda «Ushbu sanitar qoidalar va me'yorlar mavjud bo'lgan jamoat hojatxonalarini joylashtirish, loyihalashtirish, yangidan qurish, rekonstruktsiya qilish (texnik tomondan qayta qurollantirish) va foydalanish bilan shug'ullanadigan, mulkchilik shakliga bog'liq bo'lmagan holda yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek davlat sanitar nazoratini amalga oshirayotgan Davlat sanepidnazorat Markazlari sanitar vrachlari uchun mo'ljallangan»ligi alohida qayd etilgan.


Ushbu qoidalarning 2,7-bandida «Shaharlarda jamoat hojatxonalarini xizmat ko'rsatishi radiusi 700 – 1000 m dan oshmasligi kerak, xalqaro va respublika ahamiyatiga ega bo'lgan avtomobil' yo'llari bo'yida har 50 km hisobida olinadi», deb ko'rsatib qo'yilganidan kelib chiqsak, «Qorasuv»dan to «Burgalik» mahallasigacha bo'lgan masofada nechta jamoat hojatxonasi bo'lishi kerak ekan? Ayni vaqtda nechtasi bor va faoliyat ko'rsatmoqda?


2018 yilning 10 yanvar' kuni «Gazeta.uz» Internet nashri «Jamoat hojatxonalari holati yaxshilanadi. O'zbekistonda aholi va sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida jamoat hojatxonalarini qurish rejalashtirilmoqda» sarlavhasi ostida yaxshigina maqolani e'lon qilgan edi. Unda bayon qilinishicha, «Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tashabbusi bilan O'zbekistonda mamlakat aholisi va sayyohlar uchun sayohatlarda qulay sharoitlar yaratish maqsadida jamoat hojatxonalari holati yaxshilanadi.


Davlat turizm qo'mitasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, bu bo'yicha hujjat loyihasi tayyorlanib, tasdiqlashga kiritilgan bo'lib, unga muvofiq respublikadagi hojatxonalar, umumiy ovqatlanish punktlari, mehmonxonalar, esdalik sovg'alari do'konlari, yo'l yoqasidagi xizmat ko'rsatish zonalari, istirohat bog'lari, bozorlar, avtomobillarga yoqilg'i quyish shoxobchalari, avtomobillarni vaqtincha saqlash punktlari, xizmat ko'rsatish ob'ektlari va boshqa aholi ko'p to'planadigan joylarni inventarizatsiyadan o'tkaziladi».


Xo'sh, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi (rahbar Aziz Abduhakimov) tashabbusidan so'ng oradan yetti yarim yil (!) o'tib, nima o'zgardi? Taassufki, atrofga qarasak, biror bir yarq etgan o'zgarishga ko'zimiz tushmaydi. Boshqa tuman yo viloyatdan kelgan mehmonlargina emas, bir ish bilan shahar markaziga chiqqan nurafshonliklar ham zarurat yuzasidan qaerdan jamoat hojatxonasini izlashlari kerak?


To'g'ri, «Sada» mahallasi hududidagi avtomobillarga gaz yoqilg'isini to'ldirish shoxobchasi, shahar markazidagi «Dunyo» tamaddixonasi va bir qator ovqatlanish joylarida hojatxonalar bor. Lekin ular biror narsa xarid qilmagan holda shunchaki hojatxonadan foydalanishga kelgan insonni qanday kutib oladi? Bu endi boshqa mavzu va boshqa masala.


Jamoat hojatxonalarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishning sanitariya qoidalari va me'yorlari borasida Sanepidqo'mning tegishli qoida va me'yorlari bor ekan, bu borada Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tashabbusi ham mavjud ekan, bu nomi ulug' tashkilotlarning viloyat boshqarmalari, shahar bo'limlari nega bu borada tashabbus ko'rsatmaydi? O'zi, Nurafshon shahri bosh rejasidan bu masala o'rin olganmi?


Ko'tarilgan mazkur muammoga, o'ylaymizki, tegishli mutasaddilar tomonidan «mayda masala», deya qo'l siltanmaydi. Gap inson manfaati, inson qadri borasida ketar ekan, bu borada mayda masalaning bo'lishi mumkin emas!


Tolib Hakimov,


jurnalist


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid