Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 927.1736.74

  • EUR

    14 717.58-3.29

  • RUB

    155.73-0.31

+15C

+15C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+15c

  • Hozir

    +15 C

  • 03:00

    +15 C

  • 04:00

    +14 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +15 C

  • 08:00

    +19 C

  • 09:00

    +23 C

  • 10:00

    +26 C

  • 11:00

    +28 C

  • 12:00

    +29 C

  • 13:00

    +30 C

  • 14:00

    +30 C

  • 15:00

    +30 C

  • 16:00

    +30 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +18 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 26-April

+15C

  • Hozir

    +15 C

  • 03:00

    +15 C

  • 04:00

    +14 C

  • 05:00

    +13 C

  • 06:00

    +13 C

  • 07:00

    +15 C

  • 08:00

    +19 C

  • 09:00

    +23 C

  • 10:00

    +26 C

  • 11:00

    +28 C

  • 12:00

    +29 C

  • 13:00

    +30 C

  • 14:00

    +30 C

  • 15:00

    +30 C

  • 16:00

    +30 C

  • 17:00

    +30 C

  • 18:00

    +29 C

  • 19:00

    +26 C

  • 20:00

    +25 C

  • 21:00

    +22 C

  • 22:00

    +19 C

  • 23:00

    +18 C

  • Shanba, 26

    +15 +20

  • Yakshanba, 27

    +16 +20

  • Dushanba, 28

    +19 +20

  • Seshanba, 29

    +20 +20

  • Chorshanba, 30

    +14 +20

  • Payshanba, 01

    +15 +20

  • Juma, 02

    +20 +20

  • Shanba, 03

    +16 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

«Tasanno» nima degani, ona?

Yaqinda arzimas ko'ringan bir suhbat dilimni xira qildi. Bu suhbat jamiyatni parokandalikka yetaklovchi ulkan illatning ko'rinmas poydevorlaridan biri edi. Eng qizig'i, bu qandaydir jiddiy mavzudagi suhbat emas, bor-yo'g'i oddiygina, kichik bolakay bilan so'zlashuv edi...
657 16:40 | 20.07.2024 16:40

Men to'rt yoshdan oshgan jiyanlarimdan birini erkalab, chiroyli salom bergani uchun «Tasanno!», deb olqishladim. Shunda u onasiga o'girilib, «Tasanno nima degani?» deb so'radi. Onasi esa bu so'zni «tarjima» qildi: «Malades (molodets) degani, bolam». Jiyanim tushundim ishorasini qildi.


Ha, bolakay o'z tilidagi «tasanno»ni emas, ruscha «molodets» so'zini tushungandi. Vaholanki, bu oila o'zbekcha tarbiya topgan, hech kim rus maktabida o'qimas, onasi ham ruschani bilmas edi.


Yana bir holat. Uyda o'g'limning tug'ilgan kuniga tort pishirtirdik. Tortni uyga olib kirishlari bilan hali uch yoshga to'lmagan, nonni nanna deydigan, hali durust gapirishni o'rganmagan nabiram maromiga keltirib, «Happi du yu» (Happy Birthday To You) deb yuborsa bo'ladimi. Keyin bildimki, nabiram bog'chada oralarida bir nafar ham ingliz bo'lmasa-da, bolalarni tug'ilgan kuni bilan inglizchada qutlashar ekan.


Bu gaplarni o'qib, xayolingizdan «Nima qilibdi, bunaqalar ko'p-ku», degan o'y o'tishi mumkin.
To'g'ri, bolalarning xorijiy tillarni bilishi ijobiy holat. Mahmudxo'ja Behbudiy aytganidek, ikki emas, hatto to'rt tilni bilish bugungi globallashuv, xalqaro iqtisodiyot rivojlanishi, madaniyatlar uyg'unlashuvi va texnika taraqqiyoti davrida zarur ham. Biroq o'z tilini unutish yoki uni boshqa tillarga aralashtirib yuborish evaziga emas.


Aslida o'z ona tili va uning qoidalarini yaxshi bilgan, ibora va jumlalarni savodxonlik bilan tuza oladigan bolaning chet tillarni o'zlashtirishi oson kechar ekan. Kanadalik olim Jim Kammins bola rivojlanishida ona tilining o'rnini o'rganar ekan, bir qancha afzalliklarni asoslab bergan.


Xususan, ona tili bolada ham shaxsiy, ham madaniy, ham ijtimoiy o'ziga xoslikni rivojlantirar ekan. Shuningdek, ona tilidan foydalanish bolada tanqidiy fikrlash va savodxonlik qobiliyatini yuksaltirib, u o'z milliy tilida o'rgangan grammatika, til xususiyatlari boshqa tillarni o'rganishga poydevor bo'lib xizmat qilar ekan.


Biz milliy qadriyatlar, milliy o'zlik, ularni asrab-avaylash haqida ko'p kuyinib gapiramiz. Aslida ularni ajdodlardan avlodlarga olib o'tguvchi ham, ularning borligini ayon qilguvchi ham til emasmi?


Tilning poydevorlik xususiyati qay darajada mustahkamligini anglash uchun atrofimga, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalariga nazar soldim: telefondagi xabarlarda «xo'p» so'zining o'rniga ko'pincha inglizcha «ok» (okey) so'zi qo'llaniladi. Yoshlar «ha, zo'r» degan so'zlar o'rnida inglizcha «es» so'zini ko'proq ishlatishadi.
Barcha telekanallardagi tok-shoular, ko'rsatuvlar, seriallarda «voobshe», «uje», «konechno», «raz», «pochti», «nerv», «davlenie», «lider» kabi ruscha so'zlar bemalol o'zbek tiliga qorishtirib ishlatilaveradi. Birorta kontsert yoki qiziqchi guruhlarning chiqishlarini aytmasa ham bo'ladi. Minglab tomoshabinlar oldida «duragay til»da gapiriladi.


Men turli ilmiy, madaniy-ma'naviy tadbirlarda ko'p ishtirok etaman. Minbarga chiqqan siyosatchilar ham, olimlar ham, deputatu jurnalistlar ham o'z nutqlariga kamida besh-o'nta xorijiy so'zni qo'shmasalar bo'lmaydi. Ular «motivatsiya», «kreativ», «integratsiya», «sistema», «programma», «zapas» kabi bir qator so'zlar bilan nutqlarini «bezashadi». Blogerlarni-ku, qo'yavering.


Xo'sh, tilni buzib gapirish nima uchun bu qadar bolalab ketdi?
Menimcha, bu jiddiy masala. Tasavvur qiling, xorijiy tillar milliy tilning ildiziga yorib kirib, qulay o'rnashib oldi va shu til bilan uyg'unlashishga kirishdi. Endi uni nafaqat ma'lum bir guruhlar, balki butun jamiyat o'zlashtirdi. Boshqacha aytganda, bu uyg'unlashuv ijtimoiylashdi. Aslida eng xavflisi mana shu — ijtimoiylashuv! Endi u umumiy so'zlashuvlardan tashqari ta'lim tizimiga, oilaga kirib boradi, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda, minbarlarda baralla yangraydi. Asta-sekin adabiyotga ham kirib boradi.


Ehtimol, kimdir «Nima bo'pti?» der. Aslida gegemon davlatlar o'z milliy tilini boshqa millatlar tillariga olib kirishga va o'z tillarida so'zlaydiganlar safini ko'paytirishga jiddiy e'tibor berishadi. Bu — ham siyosiy, ham ijtimoiy mohiyatga ega masala. Hozir dunyoda insonlar eng ko'p so'zlashadigan til — ingliz tili, ikkinchi o'rinda esa xitoy tili. Xitoy boshqa mamlakatlarga investitsiyalar olib kirish orqali xitoy tilini o'rgatishga qaratilgan dasturiy harakatlarni ham olib bormoqda. Maqsad — ingliz tilini «bosib o'tib», o'z tilini eng ko'p so'zlashiladigan tilga aylantirish.


O'zgalar tilini ona tili o'rnida ishlatish — ma'naviy qaramlikning bir ko'rinishi. Biz mafkuraviy immunitet haqida gapirsak-da, lekin ustozlarimiz «duragay» tilda saboq berishsa, onalarimiz xorijiy tildagi alla bilan bolalarini uxlatishsa yoki xorijiy so'zlar bilan erkalatishsa, tadbirkorlar korxona va muassasalariga xorijiy nom qo'yishga kimo'zar o'ynashsa, bu qanaqa immunitet bo'ldi?
Xullas, gapiraversang — gap, aytaversang — misol ko'p. Aslida ona tiliga nisbatan e'tiborsizlik, hurmatsizlik milliy g'urur yetishmasligi belgisi. Bizni bugungi yorug' kunlargacha yetaklab kelgan, o'tmishimiz, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an'analarimiz va ajdodlarimiz meroslarini asrlar silsilasidan olib o'tgan, onamiz ovozida qulog'imizga allalar quygan Ona tilimizni qadrlash har birimiz uchun sharafli vazifadir!



Shahlo AHROROVA,
Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi,
falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid