Jahon chempionatida endi 64 ta jamoa ishtiroki etishi mumkin
«Diario Ole» nashrining xabar berishicha, FIFA futbol bo'yicha 2030 yilgi jahon chempionatini 64 ta jamoa ishtirokida o'tkazishga tayyor.
Tashkilot KONMEBOL (Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi) ning ilk mundial tashkil etilganiga 100 yil to'lishi munosabati bilan chempionatni yanada kengroq miqyosda o'tkazish taklifini qo'llab-quvvatlamoqda. Bu bejiz emas, chunki FIFA prezidenti Janni Infantino ham shu kabi nufuzli musobaqalarning yangicha formatlari bo'yicha tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda.
Agar tashabbus amalga oshadigan bo'lsa, turnir 16 ta guruhdan iborat bo'lib, har bir guruhdagi 4 ta jamoadan 2 tasi pley-off bosqichiga chiqadi.
O'yinlar Ispaniya, Portugaliya, Marokash, Argentina, Paragvay va Urugvayda bo'lib o'tadi. Musobaqaning 3 ta guruhi to'liq Janubiy Amerika davlatlarida, qolgan uchrashuvlar esa Yevropa va Afrikada o'tkaziladi.
Shunday qilib, 2030 yilda futbol muxlislari jahon chempionatida yanada ko'proq uchrashuvlarga guvoh bo'lishi mumkin. Lekin ayrim mutaxassislar jamoalar soni ko'payishi o'yinlar saviyasi va sifatini tushirib yuborishi mumkinligidan xavotirda.
Xullas, ana shunaqa gaplar.
Hammasini vaqt ko'rsatadi!
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0