Valyuta UZS
  • USD

    12 219.0848.05

  • EUR

    14 379.4115.16

  • RUB

    145.970.05

+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+21c

  • Hozir

    +21 C

  • 22:00

    +21 C

  • 23:00

    +20 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 25-September

+21C

  • Hozir

    +21 C

  • 22:00

    +21 C

  • 23:00

    +20 C

  • Payshanba, 25

    +21 +20

  • Juma, 26

    +18 +20

  • Shanba, 27

    +22 +20

  • Yakshanba, 28

    +20 +20

  • Dushanba, 29

    +21 +20

  • Seshanba, 30

    +21 +20

  • Chorshanba, 01

    +21 +20

  • Payshanba, 02

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

O'zbek maktabi — o'zlik matlabi

O'z ona tili qolib, boshqa tilda ta'lim olayotgan bola yo o'sha o'qiyotgan tili vakiliga aylanadi, yo na o'ris, na o'zbek bo'lolmay, arosatda qoladi, dunyoqarashi kemtik bo'lib o'sadi. Сhunki maktab qaysi tilda bo'lsa, u bolaga faqat bilim emas, o'sha xalqning dunyoqarashi va mafkurasini ham singdiradi...
54 15:27 | 24.09.2025 15:27

Barq urib, yashnab ochilganbu niholninggullari bilmagaylarki, daraxtildiziga qurttushganin.


She'r-qo'shiqaytur jujuqlar, bog'imiz bulbullari anglamaslargirdibodgael-elat, yurt tushganin.


Bugungi dunyoning avzoyiga qarab, aksar tillarning ertangi taqdiri noma'lum bo'lib qolganini payqash qiyin emas. Taraqqiyot tarzi shundayki, mening ona tilim yana yuz yil, yo uch yuz yildan keyin ham jahon ayvonida bo'y ko'rsatib turadi, deb hech kim kafolat berolmaydi. Undan narirog'ini – besh-olti yuz yil keyingi dunyoning lisoniy xaritasini esa, tasavvur etish ham qiyin. Jumladan, bizni bir millat qilib birlashtirib turgan o'zbek tilining taqdiri ham juda mubham. Globallashuv ofati domiga tortilmay, dunyoda sarbast tura oladigan narsa qolmadi, hisob. Buning ustiga, milliy tuyg'usi allaqachon o'lib bo'lgan, bu dunyoda faqat nafsini qondirish uchun yashayotgan odamlar tobora ko'payib boryapti. Ular til, millat, odamiylik, vatan, imon deganlarini bir g'ishava, bachkana pafos, deb bilishadi, xolos.


Bunday kishilar bolasini o'z tilidagi emas, o'ris tilli, imkon topsa, inglizcha, xitoycha, koreyscha... xullas, «perspektivniy» chet tildagi maktabga o'qishga beradi. O'sha tilda gaplashadigan mamlakatlarga ko'chib ketishga ham tayyor, «grin kard»ni kutib turibdi, xolos.


Allaqaysi olimlar haqida, «u – zo'r, ilmiy ishini nemischa yozib, Germaniyada yoqlagan», deb maqtashadi (yo ingliz tilida, N'yu-Yorkda). Bo'lsa bordir. Ammo men o'shalarning hech qaysisi o'zimizda tadqiqot o'tkazgan olimlardan o'zib, ja ilgarilab ketganini ko'rmaganman. Balkim ko'proq pul topar. Ammo kishining saviyasi uning qaysi tilda so'zlashiga qaramaydi-ku?


BMT vakili nima deydi?


«Bizning xilma-xilligimiz – qadriyatimiz, qudratimiz bo'lishi kerak, – deydi BMTning Ozchilik millatlar ishi bo'yicha xodimi Fernand dyo Varen. – Inklyuzivlik degani aholi turli guruhlardan iborat bo'lishini hokimiyat tan olishi va tushunishidir. Bu, jumladan, mamlakatda faol ishlatiladigan turli tillardan iloji boricha foydalanishda namoyon bo'ladi. Masalan, Moldovada moldovan, rus va gagauz kabi faol tillar bor. Bu tillardan davlat xizmatlari ko'rsatishda iloji boricha foydalanish va buni mumkin qadar to'laroq amalga oshirish kerak».


Fernand dyo Varen, siyosatchilarning bayonotlari boshqa-yu, chinakam inklyuzivlik boshqa narsa ekanligini uqtiradi: «Inklyuzivlik har qanday mamlakatda nafaqat milliy ozchilik millat davlat tilini, uning tarixi, madaniyati va an'analarini o'rganishi demakdir, balki milliy ko'pchilik ham, o'z navbatida, ozchilik ellarning tilini, ularning madaniyati, tarixi va an'analarini bilishi kerak. Ana shundagina biz jamiyatning haqiqiy inklyuzivligi haqida gapirishimiz mumkin. Zero haqiqiy ko'chada qatnov ikki tomonlama bo'ladi, bir tomonlama emas».


BMT Ozchilik millatlar masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachisining fikricha, bolalar o'z ona tilida va imkon qadar uzoq vaqt davomida o'qishi kerak. Boshqa barcha tillar esa unga yondosh tarzda o'rganila beradi:


«Boshqa tillarni o'rganish bilan ta'lim tilini farqlash juda muhim. Bola iloji boricha o'z ona tilida o'qishi kerak. Oilasi gaplashadigan tilda ta'lim olishi kerak. Bu tarzdagi ta'lim qancha uzoq davom etsa, bolaning savodi shuncha puxta bo'ladi, o'rganish qobiliyati yuksaladi. Ana shunda boshqa tillarni o'rganish ham yaxshi natijalar beradi...», deydi Fernand dyo Varen.


Uning fikricha, bu holda bolalar davlat tilini bilmay qolmaydi, balki aksincha, agar hamma narsa to'g'ri amalga oshirilsa, unda bolalar o'z ona tilini ham, davlat tilini ham yaxshi o'rganib oladilar.


Qiyshiq o'sayotgan daraxtlar


Odamlarning bugungi ahvoli-ruhiyasini bilish uchun avtobusga chiqish kerak. Jamoat ulovida oddiy kishilarning kundalik turmushi ayon bo'ladi.


Ammo ertangi kunni ko'ray desangiz, maktabga boring. Bugungi bolalar biron o'n besh yildan so'ng qanday odam bo'lib yetishishi ularning maktabda «o'tirib-turishi»dan bilinadi.


Endi, erta-yu indin ham emas, o'ttiz yilcha keyinning obu havosi esa boqchada ayonroq ko'rinadimi, deyman.


Yaqinda o'n nafar ijodkoru o'qituvchi bo'lib Qirg'izistonga, O'sh shahriga bordik. Mezbonlar kasbimizni hisobga olib, avval bir necha maktabga, keyin esa ikki boqchaga olib borishdi. Tarbiyachi opalar boqcha bolalarini xo'p tayyorlashgan ekan, «chiqish»larini miriqib tomosha qildik. O'zbek va qirg'iz go'daklari bamisoli bir oila bag'rida o'z jujuq hayotlarini kechirmoqda ekanlar. Har kim o'z ko'zi bilan ko'rib, xulosa chiqardi, albatta.


Mening ham, bir zum bo'lsa-da, bolaga aylanib qolgim, anov jajji kursilarga o'tirvolib, yuz xil o'yinchoqlarni o'ynab ovungim, yayragim keldi. Oltmish olti yil naryoqda qolib ketgan sho'x-olov kezlarim ko'z oldimga keldi. Urush bir oyog'ini olib qolib, evaziga yog'och «oyoq» hadya qilgan Xoldor tog'ani esladim. U o'sha yog'och oyog'ini g'ichirlatganicha, oqsab-oqsab otni aravaga qo'shib, keyin bolalarni uylaridan to'plab, kolxoz bog'i etagidagi «boqcha»ga eltib topshirar, kechki payt esa yana arava atrofini aylanib, har birimizni uyimiz oldida aravadan ko'tarib tushirib ketardi. Xoldor tog'alarning jismu jonigagina emas, bizning bolaligimizga ham o'sha og'ir yillar nuqsi urgan ekan, endi o'ylasam.


Manov go'daklar esa guldor kursilarga qator o'tirib, go'yo «bir avtobus» bo'lib allaqayoqqa yo'l olarkanlar, tarbiyachi opaning ishorasi bilan qo'shiq aytib, yo'l-yo'lakay turli raqamlarni chuvvos solib «o'qib», atrofdagi narsalarni tomosha qilib ketib borishar, dov-daraxtlar, ro'paradan chiqqan ayiq, tulki, to'tilarni rasmidan tanib, «medved'», «lisa», «popugay» deb qichqirishar edi.


Bolalar... farishtaday ma'sum jujuqlar. Ko'zlari porillaydi, bir-biridan avval she'r aytgisi kelib qo'l ko'tarishadi, bog'dagi turfa qushlar kabi chug'urlashadi, sayrashadi. Havas qildik, bu bolajonlarga iqbol tilab, tarbiyachilariga minnatdorlik bildirib, qaytdik...


Shunday mas'ud ayyomdan so'ng oshdan qil, idishdan kir qidiradigan odamga o'xshab «mulohaza» aytishga til boravermas ekan, azizlar. Biroq bugun biz aytmasak, ertaga birovning so'ziga hojat qolmaydi – kech bo'ladi.


Gap shundaki, bejirimgina bu boqchadagi go'daklarning hammasi o'rischa tarbiya olyapti. Ichida nomiga bo'lsa ham biron o'ris yo armanining bolasi yo'q: yarmi o'zbek, yana shunchasi qirg'iz – bari o'zimizning qorako'zlar. Tarbiyachilarining ham biri o'zbek, yana biri qirg'iz. Boqcha rahbarlari esa odamlar bolalarini o'rischa boqcha-yu maktablarga o'zlari olib kelib berishayotganini aytishdi.


Bolaning egasi kim?


Xo'p, bolaning ixtiyori ota-onada, farzandining qaysi tilda ta'lim olishini tanlash – ularning huquqi. Buni tan olamiz.


Ammo... jamiyat-chi? Davlatning, millatning hech qanday haq-huquqi yo'qmi?


Menimcha, har bir oilagina emas, butun boshli el-xalq, har bir millat o'z kelajagining g'amini yeyishga haqli. Nafaqat haqli, balki shunga majbur ham. Bizda hatto «bir bolaga yetti qo'shni – ota-ona», degan maqol bor. Ya'ni, jamiyat bolaga, uning ta'lim-tarbiyasiga mas'ul. Shunday ekan, davlatning, jamiyatning, xalqning manfaati shaxs manfaatidan yuqori qo'yilishi lozim. Bir mahallar katta maydonlarga shior qilib yozib qo'yilgan «Shaxs manfaati davlat manfaatidan ustun!» degan gaplar meni ajablantiradi. Davlatni... bilmadim, ammo shaxs manfaati jamiyat manfaatidan ustun bo'lmagani yaxshi.


Plutarx yozishicha, Sparta yurtida chaqaloqlar oqsoqollar kengashi ko'rigidan o'tkazilib, kuchli va sog'lom, kelajakda davlat manfaati uchun kurasha oladigan bolalargina tarbiya uchun qoldirilgan. Alaloqibat, ular voyaga yetgach, Sparta davlati g'olib bo'lgan emish. Bu-ku, qonli o'tmish. Ammo g'oliblikni, taraqqiyot poygasida oldinga chiqishni qaysi el istamaydi?


Biz o'zbeklar, murosa yo'lini tutadigan tinchliksevar elmiz. Qaysidir davlatni yengib, muzaffar bo'lish niyatimiz yo'q. Aslo. Ayni paytda, bizni qurol-yarog'i bilan emas, balki zamonaviy aslahalari – tili, dunyoda ro'y berayotgan voqealarni o'z manfaati nuqtai nazaridan talqin qiladigan axborot maydoni, milliy pedagogikasi orqali yengib, farzandlarimizga o'z ta'lim-tarbiyasini, mentalitetini singdirib, bir kun shu go'daklar qo'li bilan millat sifatida mahv etishlariga ham loqayd qarab tura olmaymiz, u holda o'zbek degan el yer yuzida qolmaydi, tez orada tamoman patorat topadi.


Men xizmat yuzasidan borib, O'sh shahridagi ahvolni ko'rdim. Ammo hozir Toshkentning o'zida, Samarqandu Kogonday katta-kichik shaharlarda, hatto, imkon topilsa, tuman markazlarida ham ota-onalar, xuddi kelishib olgandek, yoppasiga bolalarini ruscha boqcha-yu maktablarga berayotganini va bu tamoyil yildan-yilga kuchayib borayotganini aytadilar.


Buning boisi – qorin g'amini birinchi darajali masala qilib olib, boshqasini unutib qo'yayotganimizda. Farzandim ishqilib tirikchilik qila olsa, qaysi tilda, qaysi e'tiqodu udumda bo'lsa ham, qorni to'ysa, o'shandan orttirib, bizga ham to'rt tanga yuborib tursa bo'ldi, degan qarash ota-onalarning shuurini tobora egallab olyapti.


Har bir millat vakili o'z ona tili muhitida yashashga haqli. Bizga chalao'ris o'zbeklar, chalao'zbek qozoqlar, chalaingliz qoraqalpoqlar kerak emas. Сhinakam o'zbek, asl tojik, aynimagan qirg'iz, xullas, o'z millati uchun yongan-kuygan odamlar – eng baynalmilal bo'ladi, halol, insofli, diyonatli bo'ladi, boshqa el kishilarini ham samimiy qadrlaydi. Ammo milliy tuyg'ulari rivojlanmagan, duragay dunyoqarashli odamlarda milliy qadriyat tushunchasi o'lik homila tarzida bo'ladi va aynan shular ichidan jinoyatchilar, manqurtlar, «Omadli jentl'menlar» fil'midagi Vasiliy Alibabaevich (ismini qarang!) kabi retsidivistlar ko'p chiqishi bor gap. Bu – bir.


Ikkinchidan, har bir xalq o'z tilida o'qib bilim olishiga, o'z madaniyatini rivojlantirishiga yo'l berish lozim. Masalan, men, shu O'zbekistonda yashab turar ekanman, atrofimdagi boshqa el vakillari o'zbek tilida salom-alik qila olsa, o'z ishini bajara oladigan darajada davlat tilini bilsa, quvonaman. Ammo tojik tojikligini saqlab qolishini, lo'li o'zbekka aylanib ketmasligini istayman. Negaki, chamandagi chechaklar turfa bo'lsa, ko'z yashnaydi, bir tusli gulchambar esa faqat qabr ustiga qo'yiladi.


O'zimizning «o'gay» bolalar


O'z ona tili qolib, boshqa tilda ta'lim olayotgan bola yo o'sha o'qiyotgan tili vakiliga aylanadi, yo na o'ris, na o'zbek bo'lolmay, arosatda qoladi, dunyoqarashi kemtik bo'lib o'sadi. Сhunki maktab qaysi tilda bo'lsa, u bolaga faqat bilim emas, o'sha xalqning dunyoqarashi va mafkurasini ham singdiradi. O'tgan yuz yillik kechmishimizga nazar solsak, begona tilga oshno bo'lgan bolalardan aytarli katta olim yo shoir, muhandis yo ixtirochi chiqqanini ko'rmadik. Ne-ne olimlar, shoir va arboblarimiz farzandlari «madaniy» ta'lim-tarbiya olishi uchun ularni rus maktabiga yo'llashdi, yana ham kattaroq odam bo'lar, deb umid qilishdi, ammo aksari o'riszabon buxgalter, o'zbekchani uqmaydigan haydovchi va... rus tilli bomj bo'ldilar.


Har bir davlat konstitutsiyasida barcha millat va elat farzandlari o'z ona tilida ta'lim olishini, milliy madaniyati rivoji uchun yo'l ochilishi kafolatlanishi bitib qo'yilgan. Albatta, mamlakatning asosiy aholisi – titul millat vakillari davlat tilida ta'lim olishi, ayniqsa, muhim. Сhunki titul el o'z ona tilida ish yuritmasa, davlatning mustaqilligi haqida gapirish behuda. Yapon bolasi yapon, o'ris bolasi o'ris, arab bolasi arab tilini bilmasa, bu nafaqat shu xalqlar va shu davlatlarning, balki jahon afkori ommasi uchun ham fojia hisoblanadi.


Ammo nega o'zbek bolasi o'zbek tilini bilmasa, biz kulib qo'yaqolamiz? Nega bu fojia deb qaralmaydi?


Ayrim o'zbeklarning (aslida, ayrim emas, tumonat) farzandini boshqa tilli boqcha va maktablarga qo'yishini xalqqa, vatanga xiyonat, sotqinlik... deb atasak, ular jazavaga tushmasmikin? Ori, bu ko'zga ko'rinib turmaydigan, bir kunda emas, o'n yillar o'tib... samara beradigan, sekin portlaydigan bombadir. Boshqa yurtda bo'lsa mayli edi, ammo o'z ona yurtida yashab turib, o'zga yurtning tili, madaniyatini qabul qilishni boshqa nima deb baholash mumkin axir?


Nega odamlar o'z qorako'zlarini ona tilidagi boqcha va maktabga emas, ruscha, agar eplasa, inglizcha ta'lim dargohlariga joylashga urinishadi, bunga ularni nima undayapti? Sababini so'rasangiz, ko'p odamlar o'zbekcha maktab yaxshi o'qitmaydi, degan gapni aytadi. Ehtimol, to'g'ridir, ammo ruscha maktabga bolasini berayotganlarning aksari, o'zi e'tirof etmagani bilan, dilining tubida, ularni gasterbayterlikka tayyorlayotgani aniq.


Albatta, o'zbek maktablari yaxshi o'qitmaydi, degan fikrning paydo bo'lishi bejiz emas. Shu fikrning paydo bo'lishining o'ziyoq o'zbek maorifida tanazzul borligini ko'rsatadi. Hamma, butun el yanglish gapirmayotgandir? Demak, bu chohdan qanday chiqib keta olamiz – shuni mulohaza qilish kerak.


Bizdan, xo'sh, bola ruscha maktabda o'qib, yaxshi bilim olsa, nimasi yomon, nega qarshi chiqyapsiz, deb so'rashlari mumkin. Nima deyishga ham hayronsan. Yodimga kelgani: yuz yilcha avval ko'p o'zbek ziyolilari o'z millatini qo'yib, rus qizlariga uylanishgan, kelajak shunda, deb bilishgan edi. Hatto Сho'lpon ham «Kecha va kunduz» romanida shuni targ'ib etgan. O'zbekiston davlatining aksar rahbarlari o'ris tilli ayollarga uylanishgan, uyog'ini so'rasangiz, g'irt o'zbek rahbarlarining farzandlari ham o'zbek tilini bilmay o'sgan. Ularga taassub qilgan necha o'n minglab «baynalmilal» oila farzandlari ham bor edi; bu chalao'zbek-chalao'rislar rus tilini bir o'ris qatori bilib olgani bilan, keyinchalik aytarli bir natijaga erishmadi. Ko'plari millatini, tilini, hatto... dini-imonini boy berdi, eliga begonaday yashab o'tdi. Сhunki, g'alati bir hol: o'zbek yigiti o'ris yo koreys ayolga uylansa, ko'rgan bolasi onasining tilini tanlashi aniq, o'zga millat kishisiga erga tekkan o'zbek ayoli esa, bolasi tugul, o'zi ham tamoman o'sha elga singishadi. Shunaqa royish xalqmiz.


Men, nega bunaqa, deb ko'plardan so'rab, tayinli javob ololmadim. Mutelik, o'zgalarga moslashish – qullik psixologiyasi shuurimizga o'rnashib ketgan shekilli. Axir qul xojasining tilida gapirishni istaydi, unga yoqqan kuyga raqs tushadi, uning taomlari, sarqit bo'lsa ham, lazzatli tuyuladi, qul o'ziga shuni martaba deb biladi. Ruscha ta'limni ma'qul topish – shuning tajallisi. Bu vahima, o'rislar aytganday, stakan ichida bo'ron qo'zg'ash emas, bor gap: Toshkentning o'zida 52 foiz bola ruscha maktabga qatnayotgan, bu foiz yilma-yil oshib borayotgan ekan, bamaylixotir o'ltirmoq – xiyonat. Keyin kech bo'ladi, qarshi chiqishning ham ma'nosi qolmaydi.


Masalan, hozir Qirg'iziston poytaxti Bishkekda 13 ta qirg'iz tilli maktab bor, bu – shahardagi jami maktablarning 4 foizidan ham kamrog'i ekan.


Milliy oriyatimiz uyg'onmasa, harakatga tushmasak, bunday ahvolga biz ham yaqin orada tushib qolishimiz turgan gap.


Nima qilsak bo'ladi?


Mamlakat, davlat, hokimiyat – bular bo'lishi uchun millat kerak. O'zbekiston davlati, mamlakati, o'zbek hokimiyati saqlanib qolishi o'zbek xalqining jahon ayvonida ustuvor turishiga bog'liq. Bu esa mamlakatimiz maktablarida qaysi tilda ta'lim berilayotganiga ko'p jihatdan bog'liq. Bu boradagi mutanosiblikni hech qanday majburiyat qo'ymay, o'zgalarni norozi qilmay, zo'riqishlarsiz amalga oshirish mumkin. Ya'ni, aytaylik, o'n mingdan ortiq maktab bo'lsa, uning ta'lim tili nisbati jami aholining etnik tarkibiga muvofiq bo'lsin: 82 foizi – o'zbek tilli, 5 foizi tojik tilli, so'ng qozoq, rus, qoraqalpoq, qirg'iz va turkman tilli maktablar. Ana shu narsa ta'minlansa: qaysidir tildagi maktablar soni o'sha millat aholisi nisbatidan kam bo'lsa oshirish, qay biriniki ko'p bo'lsa, nisbatga nomuvofiq darajada ko'p maktablarning tegishli qismini yetishmagan el tilidagi maktab qilib ochish.


Bu holda hech kim bizni ayblay olmaydi – olisdan turib har xil «reyting»larga, ko'rsatkich jadvallariga solib, shu orqali ta'sir o'tkazmoqchi bo'lgan to'ralar ham, allaqaysi davlatlarning «mas'ul xodima»lari ham, yoki ruscha maktab ochilsin, deb xarxasha qiladigan «zamonaviy» ota-onalar ham. Сhunki, mavjud maktablar soni yurtimizdagi xalqlarning nufusiga mutanosib taqsimlangan bo'ladi. Hatto davlat tili bo'lgan o'zbek tilli maktablar ham boyagi o'lchovdan ortiq bo'lmaydi.


Ana o'shanda hech kim, bizning el uchun maktablar oz, deb ayta olmaydi.


Ana o'shanda hamma uchun bir xil imkoniyat yaratilgan bo'ladi.


Ana o'shanda har bir xalq bolasini o'z tilidagi maktabga qo'yadi.


Ana o'shanda har bir davlatning Konstitutsiyasida kafolatlab qo'yilgan huquq – milliy ozchiliklarning har biri o'z ona tilini, adabiyotini, madaniyatini saqlab qolishga, rivoj­lantirishga ham imkon yaratiladi.


Zuhriddin ISOMIDDINOV,
adabiyotshunos
Manba: "Ishonch" gazetasining 2025 yil 23 sentyabrdagi 120- soni.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid