Valyuta UZS
  • USD

    12 219.0848.05

  • EUR

    14 379.4115.16

  • RUB

    145.970.05

+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+21c

  • Hozir

    +21 C

  • 22:00

    +21 C

  • 23:00

    +20 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 25-September

+21C

  • Hozir

    +21 C

  • 22:00

    +21 C

  • 23:00

    +20 C

  • Payshanba, 25

    +21 +20

  • Juma, 26

    +18 +20

  • Shanba, 27

    +22 +20

  • Yakshanba, 28

    +20 +20

  • Dushanba, 29

    +21 +20

  • Seshanba, 30

    +21 +20

  • Chorshanba, 01

    +21 +20

  • Payshanba, 02

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax
Mehnat huquqi
98 14:19 | 24.09.2025 14:19

Guliston shahar tibbiyot birlashmasida hamshira lavozimida ishlab kelgan Nagima To'ychibekova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2025 yil 23 iyun' kuni bekor qilindi.
Shundan so'ng u ruhan cho'kib qoldi. Rahbarning “Yoshingiz katta, endi yoshlar ishlasin!” degan iddaosi qalbini qattiq yaraladi. O'zini qo'lidan bir yumush kelmaydigandek his etdi.


Bir tanishining maslahati bilan Sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati kengashidan amaliy yordam so'radi.


Murojaat asosida o'tkazilgan o'rganishda, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunchilik talablariga zid ravishda bekor qilingani oydinlashdi.
– Qaysidir tashkilot yoki idorada qisqartirish ro'y bergan taqdirda kim ishda qolishi tegishli qoidalarga, ya'ni Mehnat kodeksining 167-moddasiga muvofiq hal etilishi kerak, – deydi Sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Sirdaryo viloyati bo'yicha mehnat huquq inspektori Abdurahim Albekov.


– Bunda xodimning qaramog'ida ikki yoki undan ortiq farzandi bor-yo'qligi, oilaning boquvchisi ekanligi, ish tajribasi inobatga olinishi lozim. Shu jihatdan qaraganda, murojaatchi ishda qolishga ko'proq loyiqligini aniqladik va uning manfaatlarini ko'zlab, fuqarolik ishlari bo'yicha Guliston tumanlararo sudiga da'vo-ariza kiritdik.


Nihoyat, sudning tegishli qarori bilan N.To'ychibekova ishga tiklandi hamda tibbiyot birlashmasidan uning foydasiga majburiy progul davri uchun 7 million 785 ming 190, ma'naviy zarar uchun 4 million so'm undirildi.


Zebo NAMOZOVA
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Mehnat huquqi
Shifokorlar huquqi tiklandi
0 2086 12:32 | 26.09.2023
Mehnat huquqi
Mehnat huquqi