Сhorsu: O'zbek milliy taomlari bozoridan fotoreportaj
Сhorsu – Toshkentning eng qadimiy va gavjum bozorlaridan biri bo'lib, bu yerda haqiqiy sharqona muhit hukm suradi. Nafaqat milliy buyumlar, liboslar va hunarmandlar balki o'zbek taomlari bilan ham mashhur ushbu bozor mehmondo'stlik ruhi bilan ajralib turadi.
Bozorning milliy taomlar qismiga kirishingiz bilan katta qozonlarda pishirilayotgan oshu-norinlarning xushbo'y hidi ishtahangizni qitiqlaydi. Tandirdan yangi chiqqan somsa, yumshoq xonim, mazali hasip va kaboblar sayyohlarni o'ziga tortib o'zbek taomlarining betakror ta'mini his qildiradi.
Ishonch.uz muxbiri E'zoza Umur Сhorsuning milliy taomlar bozoridan maxsus fotoreportaj tayyorladi. Quyidagi suratlarda siz bozor hayoti, oshpazlarning qizg'in mehnati va bu yerdagi betakror ta'mlardan bahramand bo'layotgan mehmonlarni ko'rishingiz mumkin.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0