Dardning ketishiga baliq sababchi bo'lganmi?
Tarixda mashxur fizolog maqomiga erishgan Klavdiy Gelen fantastik hodisalar va sayohat ishqibozi bo'lgan.
Otasidan qolgan katta boylikni dunyoni o'rganishga sarflaydi. Ayniqsa O'rta yer dengizi bo'ylab amalga oshirgan sayohatlari uning nomini tarixga muhirlagani ham bor gap. Xotiralari qaydnomasida, ana shu safarlari mobaynida kichkina bir qishloqda duch kelgan g'alati voqelik hayotini butkul o'zgartirib yuborganini hatto iperatorning xos tabibiga aylantirganini eslaydi. Klavdiyni ajablantirgan, uni hayajonga solgan voqelik juda oddiy va sinchikov odamlar bir qarashda ilg'ab olishi qiyin bo'lmagan sinoat edi. Sayohat ishqibozi safari davomida inson qadami yetishi mushkul bo'lgan qishloq odamlarining goh-gohida boshiga skat (dumi ingichka, yapoloq dengiz balig'i) bog'lab yurishidan hayratga tushadi. Surishtiruvda tabiatning bu mo'jaz janzotining davolash xususiyati borligini bilib oladi.
Safardan Rimga qaytgan Klavdiy Gelen muolajaning bu usulini og'ir janglarda turli darajada jarohat olgan gladiatorlarni davolash orqali sinab ko'radi. Natija kutilganidan ham ortiq foyda berayotgani tezda ovoza bo'lib ketgan. Tabibning yangi davolash usulining dovrug'i imperator Mark Antoniyning qulog'igacha yetib borgan. Bel og'rig'idan muttasil aziyat chekib kelayotgan hukumdor ham davolashning bu usulidan foydalanishga qaror qiladi va darddan forig' bo'lgan. O'z zamonasida kashfiyot yaratgan Gelen hukumdorning xos tabibi maqomiga erishgan.
Bugun tibbiyotda keng qo'llanilayotgan elektrofiziologiya yo'nalishda davolash uslubiga moziydagi o'sha elektr skatlardan foydalanishdan andoza olingani aytiladi. Aslida baliqlar o'zlaridagi elektr manbaini davolash uchun emas balki o'ljasini nobud qilish uchun sarflasharkan. Amazonka chakalakzorlaridagi suvlarda azaldan 550V kuchlanish quvvatiga ega baliqlar yashashligi fanda isbotlangan. Italiyalik fizolog vrach Luiji Gal'vani ushbu hodisot siri bilan jiddiy shug'illangan va o'zining “Mushak harakatida elektr kuchi” ilmiy asarini bitgan. Uning vatandoshi va izdoshi Alessandro Vol'ta esa ushbu to'plangan ma'lumotlar asosida quvvat beruvchi botareyalarni ixtiro qiladi.
Dunyoning hali yechilmagan jumboqlari bisyor. Insoniyatning tabiat va nabotot dunyosida hali anglab yetishga ulgurmagan siru-sinoatlar ancha.
Nurilla Shamsiev,
Ishonch.uz
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0