+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Qiziqarli faktlar: “Insulin” nomi nima degan ma'noni bildiradi?

Qo'shma Shtatlarda har kuni 1000dan ortiq kishi yurakning to'satdan to'xtashi yoki yurak xurujidan vafot etadi. Yurak kasalliklaridan o'lgan odamlarning taxminan 30 foizi kashanda bo'lgan.
Hodisa
4007 13:18 | 16.11.2023 13:18

◾️ Kulish qon tomirlarini bo'shashtiradi va kengaytiradi, bu esa yurakni himoyalashga yordam beradi.


◾️ Tomas Jefferson (1743-1826) inauguratsiyasi Vashingtonda o'tgan birinchi prezident bo'lgan.


◾️ Amerikada oltita prezidentning ismi Jeyms bo'lgan: Medison, Monro, Polk, B'yukenen, Garfild va Karter Medison.


◾️ Tailand o'rmonlarida orxideyaning 1,5 mingdan ko'proq turi o'sadi. Bu gullar eksporti bo'yicha Tailand dunyoda birinchi o'rinda turadi.


◾️ Pluton atmosferasi ma'lum miqdordagi metan va uglerod oksidi mavjud bo'lgan azotdan iborat.


◾️ 2007 yilda Joan Rouling “Time” jurnali tomonidan “Yil odami”ga nomzod qilib ko'rsatilgan.


◾️ Ko'rshapalaklarning ilmiy nomi - “Chiroptera”. Bu so'z yunoncha ikkita so'zdan iborat: “cheir” - qo'l va “pteron” - qanot. Ularni yana “qo'lqanotlilar” ham deb atashadi.


◾️ Italiya hududida ikkita mustaqil davlat bor: San-Marino Respublikasi (61 kvadrat kilometr) va davlat-shahar – Vatikan (atigi 44 gektar).


◾️ Yevropadagi eng baland tog' Italiyada joylashgan. Uning balandligi 4807 metrga yetadi. Uni bu yerda Monte Bianco (Oq Tog') deb atashadi. Frantsuzlar esa unga Monblan deb nom berishgan.


◾️ Venerada tortish kuchi Yer yuzasidagiga qaraganda kamroq. Agar Yerda vazni 70 kilogramm bo'lgan odam Venerada bo'lganda, uning vazni 62 kilogramm chiqardi.


◾️ Birinchi elektrostantsiyani Tomas Edison qurgan: 1882 yilda bu elektrostantsiya Perl-stritda 85ta uyni elektr quvvati bilan ta'minlagan.


◾️ 1889 yilda Oskar Minkovski (1858-1931) diabet va oshqozonosti bezi o'rtasida bog'liqlik borligini kashf qildi. U itning oshqozonosti bezini olib tashlaganda, hayvonda diabet kasali paydo bo'ldi.


◾️ Semirish ko'pincha diabetga olib boradi. Diabetning ikkinchi bosqichiga chalingan bemorlarning 90 foizida ortiqcha vazn muammosi kuzatiladi.


◾️ Xolesterin jigar yoki ichakda paydo bo'ladi. Odam jigari har kuni bir grammga yaqin xolesterin ishlab chiqaradi.


◾️ O'n yettichi asrgacha ayollarga sahnada, hatto xorda ham kuylashga ruxsat berilmagan.


◾️ Motsart o'zining birinchi operasi, kichikrok intermetstsoga parodiyasini 12 yoshida yozgan.


◾️ “Insulin” nomi lotincha “insula” so'zidan olingan bo'lib, “orol” degan ma'noni bildiradi. Сhunki bu gormon oshqozonosti bezida joylashgan Langergans orolchalarida ajraladi.



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 3962 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3749 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5443 11:13 | 21.11.2023
Hodisa