Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 985.019.96

  • EUR

    13 284.96-188.33

  • RUB

    129.84-2.54

+7C

+7C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+7c

  • Hozir

    +7 C

  • 17:00

    +6 C

  • 18:00

    +5 C

  • 19:00

    +4 C

  • 20:00

    +3 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +1 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 04-February

+7C

  • Hozir

    +7 C

  • 17:00

    +6 C

  • 18:00

    +5 C

  • 19:00

    +4 C

  • 20:00

    +3 C

  • 21:00

    +1 C

  • 22:00

    +1 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 04

    +7 +20

  • Chorshanba, 05

    +8 +20

  • Payshanba, 06

    +11 +20

  • Juma, 07

    +11 +20

  • Shanba, 08

    +7 +20

  • Yakshanba, 09

    +0 +20

  • Dushanba, 10

    +3 +20

  • Seshanba, 11

    +3 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

G'azo bolalari nomma-nom

G'azoda har kuni o'nlab, yuzlab bolalar o'lmoqda. 7 oktyabrdan bugungacha 4 mingga yaqin bola halok bo'lgani ma'lum qilingan.
Ҳодиса
1550 14:28 | 06.11.2023 14:28
Eslataman, inson farzandi haqida gap ketmoqda. Qurt-qumursqalar haqida emas. Ularni tanimasligimiz, ular bizning farzanimiz emasligi bu bolalarni bor-yo'g'i bir raqam o'rnida ko'rsa bo'ladi deganimi?
Yo'q, bu insofdanmas! Bu aslo insoniylikdan emas! Illo, ularni yaqindan tanishmoqchi bo'lsangiz, tanishtiray:

Oyisha - 16 yoshda
Qo'shni mahalladagi maktabdoshi Muhammadni yaxshi ko'rardi. Kelishgan, yoqimtoy bola edi Muhammad. Oyshadan bir yosh katta edi. U ham pinhona oshiq edi qizga. Hayit bayrami kuni singlisidan hadya yo'llagan edi. Oyisha sevgisi boshqalarga oshkor bo'lishidan qo'rqardi. Ortiq qo'rqmasa ham bo'ladi. Siri, sevgisi, sevgilisi, hamma-hammasini o'zi bilan olib ketdi...


Hafsa - 15 yoshda
Qo'ng'iroqdek ovozi, favqulodda zehni bor edi. 13 yoshida Qur'onni yod olib, hofiza bo'lgandi. Qiroati juda go'zal edi. Bugun ham xatm qilayotgandi. Qo'lida Qur'oni... Joynamozi ustida o'tirgancha. Bir onda bombalar otildi. Atrof chang-tuproq aralash qonga bulandi. Kitobini ko'ksiga bosgancha ko'zlarini yumdi.


Zubayr - 14 yoshda
Oilasidagi yagona erkak - u edi. Otasi vafot etgach maktabni tashlab, onasi va ukalarini boqishga majbur bo'lgandi. Novvoyxonada ishlardi. Har kuni uylariga issiq non, ukalariga shirin kulcha olib kelardi.
Endi novvoyxona ham, onasi ham, ukalari ham yo'q. Hamasi yondi, kul bo'ldi. O'ziyam shahidlar qatorida ketdi...


Ubayda - 13 yoshda
Yoqimtoy bola edi. Ammo qaysar, o'jar fe'li bor edi. Negadir oq hamda qizil ranglarni yoqtirmasdi. Hatto bayramlarda ham, unga bu rangdagi kiyimlarni kiydira olishmasdi. Ammo uni ayab o'tirishmadi. Erkaligi o'tmadi bu safar.
Bor-yo'g'i o'n uch yoshida.. oppoq kafanga o'ralib, qonlar ichida yotardi...


Mustafo - 12 yoshda
Ko'ngli yarim, o'ksik va yetim edi. Keksa buvasidan boshqa hech kimi yo'q edi. Buvasi ham o'tgan kuni yaralandi. Unga qarash uchun shifoxonada qoldi. Bugun esa bu shifoxona Mustafoga, buvasiga va yana kamida 500 kishiga mozor bo'ldi.


Najiya - 10 yoshda
Ko'ngli bo'sh, hurkak qizcha edi. Ayniqsa, zilziladan, shovqindan, yong'indan qo'rqardi. O'zi esa hammaga, hatto hayvonlarga ham o'ta mehribon, shafqatli edi. Ammo unga rahm qilishmadi. Hatto zarracha achinishmadi. Uning jonsiz badanini topib keltirishganida o'z ota-onasi ham zo'rg'a tanidi.


Abdulloh - 9 yoshda
G'azodagi uylari bombalanganida o'rtoqlari bilan to'p o'ynayotgan edi.
Dunyodagi barcha bolalar singari u ham futbol o'ynashni yaxshi ko'rardi. Messining fanati edi. Balandlikdan sira qo'rqmasdi. Katta bo'lganida, ehtimol, futbolchi bo'lishi mumkin edi. Yoki uchuvchi...


Yoqub - 8 yoshda
To'polonchi, sho'x va biroz quloqsiz bola edi. Ha, bola edi. Terrorchi emasdi! Qotil emasdi! Ammo uni jazolashdi. Shunday jazolashdiki, dunyoning hech bir mahkamasida bunday jazo yo'q edi. Hatto eng ashaddiy qotillarga ham.
Uni shunday o'ldirishdi. Parcha-parcha bo'lgan jasadini kimdir to'pladi.
Kimdir - uning otasi edi.


Sumayya - 7 yoshda
Tillari biyron, zukko go'zal qizaloq edi. Maktabga borishni, rasm chizishni va o'qituvchisini judayam yaxshi ko'rardi. Ustoziga "Katta bo'lsam, men ham o'qituvchi bo'laman" derdi. Ustozining qo'llarida jon berdi. Qo'llarida esa rangli qalamlari bor edi. Faqat vujudidagi qirmizi dog'lar bo'yoq izi emasdi...


Naida - 6 yoshda
Kipriklari uzun, jingalak sochli, shirin qizaloq edi. Suratga tushishni yaxshi ko'rardi. Kamera qarshisida o'zini xuddi modellarga o'xshab tutardi. Yuzidagi kulgichi yarashib turardi. Kulsa yanayam shirin bo'lib ketardi...
Uning o'lganiga ishonish qiyin edi. Yuzlarida nim tabassumi qotib qolgandi.


Yahyo - 5 yoshda
Ko'zlari moviy, beg'ubor bolakay edi. Ota-onasining Xudodan tilab olgan bittayu bitta farzandi. Nafrat nima, g'azab nima, dushman nima, -anglamasdi. Hammasini bir kechada o'rgandi.


Roziya - 4 yoshda
Yumshoq o'yinchoqlar jonu dili edi. Tug'ilgan kunida xolasi sovg'a qilgan ayiqchani hammasidan ko'proq yaxshi ko'rardi. Uni quchoqlab yotmasa uxlolmasdi. Ko'chaga chiqqanda, o'ynaganda ham qo'lidan qo'ymasdi.
Undan ayrilmasdi. Ayrilmadi. Uni mahkam quchgancha... o'ldi. Uni o'yinchog'i bilan birga kafanlashdi.


Said - 3 yoshda
Mult'film ko'rishni, telefon o'ynash yaxshi ko'rardi. Olamni ularning rangida ko'rardi. Dunyoda qora, kulrang kabi sovuqdan sovuq, bo'g'iqdan bo'g'iq ranglar borligini bilmasdi. Ammo bildirishdi. Shunday bildirishdiki, ortiq dunyoni boshqacha rangda ko'rolmaydi u. Boshqacha ranglarga ishonmaydi.


Amina - 2 yoshda
U endigini gapirishni o'rgangan edi. Opalarining ortidan yugurishni, ular bilan birga o'ynashni yaxshi ko'rardi. Lekin opalari doim ham o'ynatishmasdi uni. Ammo yaqinda unga o'rtoq kelayotgandi. Ukasi tug'ilsa, ikkovi istagancha o'ynashardi. Birga yugurishardi. Birga katta bo'lishardi...
Ammo endi unday bo'lmaydi. Ukasi kelmaydi. Birga o'ynashmaydi va ulg'ayishmaydi...


Sodiq - 1 yoshda
Aniqrog'i, ikki kundan so'ng bir yoshga to'lishi kerak edi. Tug'ilgan kunida boshqa bolalardek tort puflab, sharlar uchirmasa ham... yetardi. Kerak emasdi unga bir dunyo sovg'alar, o'yinchoqlar, shokoladlar. Yashasaydi... yashasaydi... faqat yashasaydi...


Samiya - 7 oylik edi
Onasining qornida... Hali tug'ilmagandi. Tug'ilishga, yashashga haqqi bor edi. U ham inson edi. Yuragi bor edi, qalbi urayotgandi. Onasining ovozini eshitardi, tanirdi... Otasi unga Samiya deb ism qo'ymoqchi edi...
Tug'ilmadi... U tug'ilmadi! Ammo ko'mildi...


Sitora Alixonzoda


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 1410 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 1962 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса