Bu maydonda yigitning g'ururi sinaladi
Odatda uloqni maydondan olib chiqish g'oliblik sanaladi. Lekin bu xil talato'pdan uloqni ajratib olishning o'zi bo'lmaydi. Buning uchun yaxshi ot, bilak kuchi va katta tajriba kerak.
Kuching bo'la turib, oting bundayroq bo'lsa yoxud oting zo'r bo'la turib, o'zingda chapdastlik yetishmasa, yaxshisi, bu maydonga tushmagan ma'qul. Bu maydonda yigitning g'ururi sinaladi.
Kuni kecha Namangan viloyatining Davlatobod tumanida otaliqqa olingan yoshlar o'rtasida uloq-ko'pkari musobaqasi o'tkazildi.
Ishonch.uz /ning Namangan viloyatidagi muxbiri ana shu mardlar maydonidan fotolavhalar tayyorladi.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0