Ko'p uxlash o'limga yaqinlashtiradi
Ko'pchilik uyquni dam olish va energiya to'plash uchun zarur deb biladi. Ammo yangi tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, uzoq uyqu insult xavfini oshirishi mumkin.
Olimlarning 6 yillik izlanishlari natijasida kun davomida 90 daqiqadan ko'proq uxlash yoki uxlashni yaxshi ko'radiganlar yurak-qon tomir kasalliklariga duch kelish ehtimoli yuqoriligi aniqlandi.
Yana bir hayratlanarli fakt: muntazam ravishda kunduzgi uyquni odat qilganlar insult ehtimolini 23 foizga oshiradi!
Demak, uyquning miqdori va sifati hayotimiz uchun juda muhim.
7-8 soat uxlash me'yor hisoblanadi.
Kunduzgi uyqudan saqlanishga harakat qiling.
Sog'lom turmush tarzini yuritaman desangiz vaqtida uxlab, vaqtida uyg'onishni biling.




Mақолага баҳо беринг
0/50
0
0
0
0