Валюта UZS
  • USD

    11 950.63-21.71

  • EUR

    13 744.42-41.73

  • RUB

    147.70-0.09

+1C

+1C

  • O'z
  • Ўз
Ўзбекистон
  • Сиёсат
  • Спорт
  • Жамият
  • Иқтисод
Хориж
  • Иқтисод
  • Сиёсат
Интервью
  • Маданият ва маърифат
Кутубхона
  • Адабиёт
  • Илмий ишлар
  • Мақолалар
  • Касаба фаоллари учун қўлланмалар
Бошқалар
  • Суратлар сўзлаганда...
  • Колумнистлар
  • Архив
  • Ўзбекистон журналистлари

Toshkent Shahar

+1c

  • Hozir

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    -0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Кириш

Toshkent

Toshkent Shahar

Chorshanba, 05-November

+1C

  • Hozir

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    -0 C

  • Chorshanba, 05

    +1 +20

  • Payshanba, 06

    +2 +20

  • Juma, 07

    +5 +20

  • Shanba, 08

    +7 +20

  • Yakshanba, 09

    +7 +20

  • Dushanba, 10

    +8 +20

  • Seshanba, 11

    +9 +20

  • Chorshanba, 12

    null +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Huquqiy ong va huquqiy savodxonlikni oshirish davr talabi

Odamlarni hayotdan rozi bo'lib yashashini ta'minlash bugungi siyosatning asosiy maqsadiga aylandi. Har bir fuqaroning qonuniy manfaatini ta'minlash, ayniqsa, huquqiy savodxonligini oshirish yo'lida keng ko'lamli islohotlar olib borilayotgani so'zimiz isboti. Huquqiy ong va huquqiy savodxonlikni oshirishda esa ilmiy-ma'rifiy nashrlarning roli katta. “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnalini ham ana shu nashrlar qatoriga qo'shish mumkin.
Jamiyat
550 21:09 | 16.04.2025 21:09

16-aprel kuni jurnalning 2025-yildagi birinchi soni taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda huquqshunoslik, siyosiy fanlar, falsafa va sotsiologiya sohalarida faoliyat yuritayotgan professorlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqalar ishtirok etishdi.


Tadbir asnosi so'z olganlar jurnalning ushbu sonidan o'rin olgan ilmiy maqolalar xususida fikr-mulohazalar bildirishdi. Ayniqsa, professor Omon Oqyulovning “Sun'iy intellektning ijtimoiy maqomi va huquqiy rejimi shakllanishining istiqbollari” nomli maqolasi bahs-munozaralar asosida tahlil qilindi. Ta'kidlangandiki, sun'iy intellekt kelajakda insoniyat uchun katta xavf tug'diradi. Ko'plab kasblarning yo'qolib ketishi oqibatida millionlab odamlar ishsiz qolishi mumkin.


– Aholining huquqiy savodxonligini oshirishda bu kabi maqolalarning o'rni beqiyos, – dedi Yuridik fanlari doktori, professor Halim Boboev. – Bu nafaqat shaxs uchun, balki jamiyat, davlat uchun ham foydali. Umuman, jurnalni varaqlab, yangi sonida juda dolzarb muammolar ko'tarilganiga amin bo'ldim. Tadqiqotchi-izlanuvchilar orasida yoshlarning ko'pligi meni juda quvontirdi. Ochig'i, ularga havasim keldi. Bizning paytimizda ilmiy ish qilishning o'zi bo'lmasdi. Diplom himoyasi uchun yozilgan ilmiy ishlar Moskvaga jo'natilib, ruxsat olinardi. Bugun yoshlar o'z ona tilimizda emin-erkin ilmiy ish yozishyapti.


“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali inson huquqlari sohasidagi milliy va xalqaro amaliyot, xalqaro normalar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda dolzarb masalalarni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir. U 1999 yil 28 yanvarda ommaviy axborot vositasi sifatida ro'yxatdan o'tgan va shu yili ilk soni nashr etilgan. Ayni vaqtda jurnal o'zbek, rus va ingliz tillarida chop etilmoqda.


Jurnal Oliy attestatsiya komissiyasining siyosiy fanlar, huquqshunoslik, falsafa, tarix, islomshunoslik va sotsiologiya sohalari bo'yicha dissertatsiya asosiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro'yxatiga kiritilgan.


Ijodiy jamoaning mehnatlari munosib e'tirof etilib, 2024 yilda “Oltin qalam” milliy mukofotining “Inson huquqlari va ijtimoiy hayotimiz bilan bog'liq dolzarb mavzulardagi materiallari uchun” nominatsiyasi bo'yicha g'olib deb topildi. Bu jurnal nafaqat ilmiy, balki axborot va ma'rifiy sohada ham munosib o'rin egallab kelayotganidan dalolatdir.


Bir so'z bilan aytganda, “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali bugungi kunda faqatgina bir nashr emas, bilim, fikr, tajriba va huquqiy ong maydonidir. U inson huquqlari sohasidagi ilmiy salohiyatni namoyon etish, keng jamoatchilikni xabardor qilish, yosh tadqiqotchilarni qo'llab-quvvatlash hamda demokratik jarayonlarni mustahkamlashga munosib hissa qo'shmoqda.


Feruza Rahimova,
Quvonch To'raev
ishonch. uz


Изоҳ қолдириш
Жўнатиш
Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Mақолага баҳо беринг
0/5

0

0

0

0

0

Мавзуга оид

Jamiyat
Mas'ul tashkilotchining bir kuni...
0 1579 12:28 | 04.04.2024
Jamiyat
Jamiyat
Biz sharafsiz qavmmizmi?
0 1215 18:04 | 08.07.2024
Jamiyat
Introvertmisiz yoki ekstrovert?
0 1543 14:14 | 19.07.2024
Jamiyat
Nigoh
0 1507 11:24 | 13.08.2024
Jamiyat
Jamiyat
Qo'sh ustunimning biri
0 1227 21:55 | 12.10.2024