+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Ayol o'ldirildi. Qolgani esa jamiyatning aybi

Bir ayol o'ldirildi. Bu xabarda eng qo'rqinchli jihat qonli tafsilotlar yoki jinoyatning shafqatsizligi ham emas. Eng dahshatlisi — bu xabarni qanday muhokama qilayotganimiz. Shunki har safar ayol o'ldirilganda, jamiyat, birinchi navbatda qotilni emas, qurbonni muhokama qilmoqda.
Hodisa
1383 16:17 | 29.01.2026 16:17

“Nima qilib yuribdi?”, “Nega kechasi ko'chada?”, “O'zi sabab bo'lgan-da…”, “Ovqatini vaqtida qilib qo'ysa bo'lardi…”
Bu so'zlar — alohida odamlarning fikri emas. Bu — zo'ravonlikni oqlashga xizmat qiladigan jamoaviy tafakkurdan boshqa narsa emas.


Istanbulda Durdona Hakimova o'z vatandoshlari tomonidan vahshiylarcha o'ldirildi. Surxondaryoda ayol “ovqat tayyorlamagani uchun” pichoqlandi. Samarqandda rashk sabab bir ayol hayotidan ayrildi. Toshkent viloyatida “oilaviy janjal”, degan yumshoq ibora ortida yana bir ayol o'limi yashirildi. Moskvada esa o'zbek migranti fuqaroviy nikohdagi ayolni o'ldirdi.


Geografiya boshqa-boshqa. Sabablar turlicha aytilmoqda. Ammo stsenariy bir xil: ayol o'ldiriladi, jamiyat esa qotilni emas, qurbonni muhokama qiladi. Eng qo'rqinchlisi — jinoyatning o'zi emas, balki unga bo'lgan munosabat. Surxondaryodagi holatda “ovqat tayyorlamagani uchun”, degan ibora juda oson tilga olindi.


Afsuski ayol o'ldirildi, degan nuqtadan keyin ham biz uning hayotini kavlashda davom etamiz. Qanday kiyinib yurgani, qaerga borgani, kim bilan gaplashgani muhokama qilinadi. Qotil esa “chidamagan”, “asabiy bo'lgan”, “erkak-da”, degan iboralar ortida soyada qoladi. Eng yomoni ayol hayoti arzon, zo'ravonlik esa normal holat sifatida qabul qilinadi.
Kimlardir bunga betaraf bo'lib e'tibor qaratmagani ham rost. Ammo betaraflik — zo'ravonlik tomonida turish bilan barobar. Bu maqolani kimnidir ayblash uchun yozmadik. Shunchaki oyna tutdik xolos. va u oynada ko'rinayotgan manzara juda qo'rqinchli.


Umid Xudoyqulov
“Ishonch”


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 3949 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3740 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5434 11:13 | 21.11.2023
Hodisa