+36C

+36C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Madaniyat vazirligi hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi diqqatiga!

Hayvonlarsiz tsirk: repertuardagi bo‘shliq qanday to‘ldiriladi?
Jamiyat
3151 11:50 | 22.04.2026 11:50

Madaniyat vaziri hamda soha vakillari ishtirokida bugun o‘tkaziladigan navbatdagi ochiq muloqotda teatr va tsirk sanʼatiga doir taklif va tashabbuslar muhokama etilishi belgilangan. Ishonch.uz muxbiri ham xususiy tsirk jamoalari rivojiga to‘siq bo‘layotgan muammolar haqidagi maqola yuzasidan jamoatchilik hamda ochiq muloqot qatnashchilarini muhokamaga chorlaydi.


* * *


Ayni paytda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘plab xususiy tsirk jamoalari yovvoyi hayvonlarni saqlashga doir joriy tartiblar tufayli o‘zlarining “qurol”siz qolganligini, bu esa soha rivojiga to‘siq bo‘layotganini taʼkidlashmoqda. Ular hukumat qarori talablari yumshatilishi, jumladan, yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati qisqartirilishidan umidvor.


Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 6 noyabrdagi “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, jismoniy shaxslar ixtiyoridagi, shuningdek, davlat va mobil tsirklar (shapitolar)da saqlanayotgan 67 turdagi yovvoyi hayvonlar 2026 yil 1 yanvarga qadar hayvonot bog‘lari yoki pitomniklarga topshirilishi belgilab qo‘yildi. Oqibatda xususiy tsirk jamoalari repertuarlaridan o‘rin olgan hayvonlar ishtirokidagi chiqishlar qisqardi. Bu hol o‘z navbatida ushbu sanʼat turining jozibadorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Odamlar, ayniqsa, yosh tomoshabinlarda tsirk o‘yinlariga qiziqish susayayotgani kuzatilmoqda. “Tishi chiqqanidan” buyon shu sohadan non topib eyayotgan mutaxassislar orasida ishini yig‘ishtirib, kasb-korini o‘zgartirishga urinayotganlar ham bor.


Masalan, hozir Andijon viloyatida o‘nga yaqin xususiy tsirk jamoalari bor. Ana shulardan biri – “Umid star group” MChJ rahbari Umidjon Mirzaev yuqorida nomi zikr etilgan qaror kuchga kirgach, tomoshaga qiziquvchilar safi qisqarayotgani, o‘zi esa faoliyatini boshqa yo‘nalishlarda davom ettirish masalasini jiddiy o‘ylayotganini bildirmoqda.


Ko‘p yil davlat tsirkida ishlab, 2018 yili faoliyatini xususiy sektorda davom ettira boshlagan Shuhrat Hasanov rahbarligidagi “An’anaviy sirk yevroasia” masʼuliyati cheklangan jamiyatida bugun 14 nafar mutaxassis mehnat qilyapti. Shuhrat Hasanov ham hayvonlar ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari o‘rnini texnologik va innovatsion dasturlar bilan to‘ldirishga harakat qilayotganini, biroq yosh tomoshabinlarda ot, timsoh, ilon kabi jonivorlar ishtirokidagi, jonli o‘yinlar namoyishida ko‘zga tashlanadigan hissiyot va hayajon sezilmayotganini taʼkidlayotir.


“Jamoamizda poni otlari bor edi va ular ishtirokidagi tomoshalar bolalarda o‘zgacha zavq, qiziqish uyg‘otardi. Hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilganidan bexabar qolibmiz, yo‘qsa, fikr-mulohazalarimizni bildirar edik”, - deydi u. Biz suhbatlashgan soha vakillarining aytishicha, mamlakatning turli hududlaridagi 50 ga yaqin xususiy jamoalar o‘rtasida doimiy o‘zaro muloqot yo‘lga qo‘yilgan. Hammasining dardi bir: joriy tartiblar qayta ko‘rib chiqilsa va maʼlum engilliklar berilsa bo‘lmaydimi?


To‘g‘ri, hozir butun dunyoda tsirk sanʼatida janrlar transformatsiyasi kuzatilmoqda, yovvoyi hayvonlardan foydalanish kamayib, ko‘proq texnologik shoularga urg‘u berilmoqda. Biroq bizda shusiz ham qator muammolar girdobida turgan ayni sanʼat turi jahon andozasidagi o‘zgarishlarga qay darajada tayyor? Vazirlik repertuarlardagi bugungi bo‘shliqni to‘ldirish borasida soha vakillariga qanday amaliy yordam ko‘rsatmoqda?


Manbalarga ko‘ra, yuqoridagi hujjat bir muddat avval sunʼiy sharoitda saqlanayotgan yovvoyi hayvonlarning odamlarga hujumi bilan bog‘liq noxush voqeliklar ortidan qabul qilingan. Biroq qaror keltirib chiqarayotgan oqibat haqida ham o‘ylab ko‘rib, tsirkda foydalanish taqiqlangan hayvonlar ro‘yxatini qisqartirish kerakdir? Bu borada Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi nima derkin? Har holda, tsirk artistining hayvonlar parvarishi borasidagi tutumi bilan xorijdan yurtimizga lochin ovlashga kelib turadigan badavlat mehmonlarning faunaga munosabati o‘rtasida katta farq bor-ku?!


Nurillo No‘ʼmonov,
Ishonch.uz



Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 6479 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat