Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 964.43-30.16

  • EUR

    14 744.45-17.4

  • RUB

    158.280.6

+11C

+11C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+11c

  • Hozir

    +11 C

  • 08:00

    +12 C

  • 09:00

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +13 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +15 C

  • 14:00

    +15 C

  • 15:00

    +16 C

  • 16:00

    +16 C

  • 17:00

    +15 C

  • 18:00

    +15 C

  • 19:00

    +14 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +12 C

  • 22:00

    +11 C

  • 23:00

    +11 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 18-April

+11C

  • Hozir

    +11 C

  • 08:00

    +12 C

  • 09:00

    +12 C

  • 10:00

    +13 C

  • 11:00

    +13 C

  • 12:00

    +14 C

  • 13:00

    +15 C

  • 14:00

    +15 C

  • 15:00

    +16 C

  • 16:00

    +16 C

  • 17:00

    +15 C

  • 18:00

    +15 C

  • 19:00

    +14 C

  • 20:00

    +13 C

  • 21:00

    +12 C

  • 22:00

    +11 C

  • 23:00

    +11 C

  • Juma, 18

    +11 +20

  • Shanba, 19

    +10 +20

  • Yakshanba, 20

    +7 +20

  • Dushanba, 21

    +10 +20

  • Seshanba, 22

    +13 +20

  • Chorshanba, 23

    +13 +20

  • Payshanba, 24

    +14 +20

  • Juma, 25

    +19 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

“Bu sizning videongizmi?”: firibgarliklar shiddat bilan tarqalmoqda

Ҳодиса
389 11:09 | 11.04.2025 11:09

Zamon tez rivojlanib ketdi: avvallari o'g'ri yo firibgarda deganda, ko'chada aldab yoki bildirmay pulni olib qochadigan, “kissa-karmon” bilan shug'ullanadiganlarni tushunardik. Hozir esa dunyoning boshqa bir chekkasida uya qurgan, siz mutlaqo tanimaydigan kishi ham turli yo'llar bilan shaxsiy ma'lumotlar, bank kartalari va boshqalarga yo'l topib, bor-yo'g'ingizni shilib olmoqda. Tijorat banklari, rasmiy tashkilotlar, huquq-tartibot idoralari ming bong urmasin, onlayn o'g'irlik va firibgarlik tag-tugi bilan chopib tashlanganicha yo'q.


Afsuski, O'zbekistonda barcha turdagi onlayn firibgarliklar va ularning qurbonlari ko'payib bormoqda. 4 yoshli xasta bolasini davolatish uchun harakat qilib yurgan onaning mana bu so'zlari yuragingizni titratadi:


Mening 4 yoshli o'g'lim oqqon kasalligiga chalingan. Uchta farzandimn yolg'iz katta qilyapman. Toshkentning Сhilonzor tumanida joylashgan gematologiya shifoxonasida ikki oydan beri davolanyapmiz. Bolamning kasaliga Yevropaning qimmat dorilari ishlatiladi. Afsuski, saxovatpesha insonlar tomonidan yig'ilgan ma'lum miqdordagi pulni firibgarlar yechib olishdi. Ular menga qo'ng'iroq qilib, telefonimga kelgan kodni aytib yuborishimni so'rashdi, shundan so'ng pul yuborishlarini aytishdi. Bu tuzoq ekan. Kodni aytishim bilan plastik kartamdagi bor mablag'ni yechib olishdi”.


Firibgarlar pul uchun hatto xasta bolajonning haqqidan ham tap tortishmayapti.


Raqamlarga murojaat qilamiz: 2024 yilda fuqarolarning iqtisodiy huquqlari bo'yicha 6 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 9 foizini firibgarlik holatlari tashkil etadi. Markaziy bank tomonidan o'tkazilgan tahlillar shuni ko'rsatdiki, 2024 yilda fuqarolar nomiga onlayn tarzda berilgan soxta kreditlar bo'yicha 463 ta holatda 15 milliard so'mga yaqin moddiy zarar etkazilgan. Aniqlanishicha, aldov yo'li bilan kredit olgan shaxslarning 60 foizi o'zini Click kompaniyasi yoki Markaziy bank xodimlari sifatida ko'rsatgan. Firibgarlar o'z qurbonlarining shaxsiy ma'lumotlaridan foydalanib, internet orqali kredit olishgan. Ayrim hollarda bir fuqaro o'z nomiga turli tijorat banklaridan 5-6 tadan kredit olgan. Firibgarlar ayrim tijorat banklari sayti yoki ilovasining o'xshash shakllarini ishlab chiqadilar va moliyaviy va internet savodxonligi bo'lmagan foydalanuvchi bunga laqqa tushishi qiyinmas.


Firibgarlar asosan kredit omilidan foydalanishi sabab, Markaziy bank, onlayn kredit olish bo'yicha jarayonlarni qat'iylashtirdi. Masalan, telefon qo'ng'irog'i vaqtida aksariyat bank ilovalaridan foydalana olmaysiz. Ba'zi banklar kredit olingach, mablag'ni ma'lum muddat blokirovka holatiga tushiradi va mijozga qo'ng'iroq qilib, uni tekshirgan holda, so'ngra taqiqni yechadilar.


Umuman olganda, internetda firibgarlikning turlari juda ko'p, urchib ketgan. Ularni turli qismlarga bo'lish mumkin. Masalan, ishga taklif qilish orqali firibgarlik. Ushbu turdagi firibgarlik, ayniqsa, COvID-19 pandemiyasi davrida mashhur bo'ldi. G'oya shundan iboratki, sizga notanish odamdan odatda mutaxassisligingiz bilan bog'liq bo'lmagan ish taklif qiladigan elektron xat keladi: masalan, “sirli xaridor” yoki shunga o'xshash ish taklif etiladi. Agar siz taklifni qabul qilsangiz, sizga chek yoki pul o'tkazmasi orqali oldindan kelishilgan summadan biroz yuqoriroq miqdorda haq to'lanadi. Shundan so'ng sizdan farqni qaytarish so'raladi. Albatta, chek yoki pul o'tkazmasi soxta bo'lib chiqadi va siz soxta ish beruvchiga yuborgan pulingizni yo'qotasiz.


“Salom, bu sizning videongizmi?” – O'zbekistonda telegramday ommalashgan tarmoq bo'lmasa kerak. Istagan odamingizni bu messenjerda topa olasiz. Yaqinda o'zim bir paytlar gaplashgan raqamdan “Salom, bu sizning videongizmi?” deya iddao yozilgan fayl kelib qoldi. Albatta, birinchi insoninning miyasiga turli o'y va xayollar keladi. Ehtiyotkorlikka amal qilib, faylni ochmaslikka qaror qildim. Keyin bilsam, apk formatdagi ushbu faylni ochgan kishi firibgarlik qurboniga aylanar ekan. Uni ochgach, turli shaxslar sizning akkauntingizga kirishga, yozishmalar va shaxsiy ma'lumotlarni olishga muvaffaq bo'ladi. Yana bir yomon tomoni, sizning nomingizdan boshqa tanishlaringizga ham ushbu “qarmoq” tarqatila boshlaydi. Xullas, “zanjir reaktsiyasi” yuz beradi.


Yana bir ommalashgan uslub bu onlayn lotereyalar. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, lotereya firibgarligi 2020 yilda Qo'shma Shtatlarda firibgarlikning to'rtinchi eng ommabop turi bo'lgan. Oddiy stsenariy: sizga noma'lum lotereyada katta summa yutganingiz haqida elektron xat olasiz. Yutuqlaringizni olish uchun sizdan pul to'lashingiz so'raladi. Bu sug'urta to'lovi, daromad solig'i, bank komissiyasi yoki kur'er yetkazib berish xizmatlari uchun to'lov ekanligi da'vo qilinadi. Shuningdek, sizdan shaxsingizni tasdiqlash uchun ma'lumotlarni yuborish so'raladi va hatto siz shaxsiy ma'lumotlar xavfsizligini ham yo'qotasiz.


Bu sxemaning yana bir varianti bor: firibgar o'z qurbonining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntiga kirish huquqiga ega bo'ladi, ularning do'stlari va qarindoshlari bilan bog'lanib, hammasiga pul yutib olganliklarini aytadi. Keyin u yutuqni qanday qabul qilish bo'yicha ko'rsatmalar uchun elektron pochta manzilini yuboradi. Bu, ayniqsa ko'proq natija beradigan hiyla-nayrang sanaladi, chunki firibgar do'stlar va oila a'zolar o'rtasidagi ishonchdan foydalanib, ularning pullarini qo'lga kiritish imkoniga ega bo'ladi. Bunday vaziyatda mutaxassislar lotereyalar bo'yicha ma'lumotni internetdan qidirishni tavsiya qilishadi. Ha aytgancha, hech qachon o'zizga aloqasi bo'lmagan davlatdan pul kutmang, hech qachon o'ynamagan lotereyangizdan yutuq ham umid qilmang.


Yana bir keng tarqalgan firibgarlik, ayniqsa xavfli: keng miqyosli tabiiy ofatlar va boshqa shov-shuvl fojialardan so'ng, odamlar jabrlanganlarga imkon qadar yordam berishni xohlashadi va firibgarlar bundan qanday foyda olishni bilishadi. Ular soxta xayriya saytlarini yaratadilar, akkauntlar ochadilar va keyin jabrlanganlarga hech qachon yetib bormaydigan pul yig'ish uchun hissiy chaqiriqlarga yo'g'irilgan elektron pochta xabarlaridan foydalanadilar. Firibgarlar bunda katta muvaffaqiyat qozonishadi, chunki ko'pchilik insonlar hissiyotga berilib, rahm-shafqat omili ta'sirida ularni kamroq tekshiradilar. Shu sababli pul yig'ish saytlari va akkauntlarni tekshirib ko'ring, ular haqiqatan ham belgilangan maqsadlar uchun pul yig'ayotganiga ishonch hosil qiling.


Shuningdek, ommabop ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar keng tarqalib va turli shakllarga ega bo'lib bormoqda.


Mana bir nechta misollar: sizga ijtimoiy tarmoqda testdan o'tishni taklif qilishadi: shaxsiyat turini aniqlash yoki qaysi mashhur odamga o'xshashligini bilish yoki ular viktorinada g'alaba qozonish uchun jozibali sovrinni va'da qilishadi. Ishtirok etish shartlari odatda siz taqdim etgan ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga sotishga ruxsat beruvchi bandni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, test ishlab chiqaruvchisi sizning profil ma'lumotlaringiz, do'stlar ro'yxati va IP manzilingizga kirish huquqiga ega bo'lishi mumkin.Shundan so'ng, u sizga zararli veb-saytga olib boradigan fishing havolasini yuboradi. Ijtimoiy tarmoqdan siz oddiy deb hisoblagan ilovani yuklab olasiz, lekin aslida qurilmangizga zararli dasturlarni o'rnatgan bo'lasiz.


Firibgarlik jinoyatining urchib borayotganining yana bir sababi uning yetarli darajada jazolanmayotgani sifatida ham izohlanadi. Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov esa firibgarlar reestrini tuzishni taklif etadi: “Oliy sud va huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotlariga ko'ra, keyingi paytlarda mamlakatimizda firibgarlik jinoyatlari soni keskin ortgan. Firibning qurboni bo'layotgan, aldanayotgan hamyurtlarimizga yetkazilgan zararlarni undirish bilan bog'liq katta muammolar qarshisidamiz. Hatto 5-6 martalab javobgarlikdan so'ng ham bu jinoyatlarni bemalol sodir etayotganlar bisyor. Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent viloyati sudining appelyatsiya sudlov hay'ati qibraylik er-xotinga nisbatan firibgarlikka oid ishni ko'rmoqda. Erkak quyi instantsiya sudi tomonidan 8 yilga, xotin esa 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Ayolga qo'llanilgan jazo 3 yillik sinov muddatiga almashtirilgan. Biroq ish sinchiklab o'rganilsa, firibgarlikda ayblangan bu xonadon vakillarining o'zi firib qurboni bo'lgani ko'rinadi.


Muqaddam firibgarlik, tovlamachilik jinoyatlari bilan sudlangan shaxslar er-xotinning ishonchiga kirib, uy qurish uchun qarz beradi. O'zlarini biznes sherik qilib ko'rsatib, eski-tuski qurilish materiallari bilan yordam bergan bo'lishadi. So'ng qarzni qaytara olmagan xonadon egalaridan “pulni qaytarmasam, uyimni beraman” mazmunidagi tilxat olib, huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishadi va sodda odamlarni qamatishadi.


Firibgarlikda ayblangan er-xotin Toshkent viloyati sudida musichadek o'tirgan bu jabrlanuvchilarning yagona o'ljasi emas. Avval ham xuddi shu stsenariy asosida bir necha xonadonni qon qaqshatgan “jabrlanuvchi”lar bundan keyin ham o'z faoliyatini davom ettirsa kerak”, deya yozadi huquq himoyachisi. “Matbuotdagi chiqishlarimizda pedofillarning, korruptsionerlarning, umuman, ommalashayotgan jinoyatlarning “qora ro'yxati” — reestri tuzilishi kerakligi haqida ko'p gapirdik. Menimcha, firibgarlarning reestri ham tuzilishi vaqti keldi. Bu huquqbuzarliklarning ulushi ortib borayotgan ekan, buni bartaraf etish yuzasidan ma'muriy richaglar ham qo'llanilishi zarur”, deydi u.


Xullas, taloto'pga to'lgan dunyo shiddat bilan rivojlanar ekan, insoniyat bir-biriga shafqat qilmayapti. Shunday ekan, eng avvalo internet orqali moliyaviy va texnik bilimlaringizni oshirish payida bo'ling. Asosiysi, shaxsiy ma'lumotlaringizni begona shaxslar bilan bo'lishmang. Ayniqsa, transchegaraviy jinoyatlar ko'paygan paytda, yo'qolgan pullaringiz va sog'lingizni tiklash deyarli imkonsiz bo'lib qoladi.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 2190 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 2133 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 2852 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса