+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Xorazmda so'nggi ikki yilda 300 dan ortiq shaxs korruptsiyaviy jinoyatga qo'l urgan

viloyatda 2025 yilda 2024 yilga nisbatan korruptsiyaviy jinoyatlar soni 34 foizga kamaygan.
Hodisa
958 15:01 | 29.01.2026 15:01

Biroq, o'tkazilgan o'rganishlar davomida korruptsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo'lgan ayrim sohalarda korruptsiya omillarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi yetarlicha ta'minlanmayotgani aniqlandi.


Bu haqda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva boshchiligida Korruptsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining Xorazm viloyatida o'tkazilgan sayyor majlisida aytildi.


So'nggi ikki yilda viloyatda 300 dan ortiq shaxs korruptsiyaviy jinoyatlarga qo'l urgani aniqlangan. Ayniqsa, energetika, qurilish, ta'lim, sog'liqni saqlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish sohalarida korruptsiya xavfi yuqoriligi tanqid qilindi.


Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanovga ko'ra, 2025 yilda viloyatda manfaatlar to'qnashuvi va davlat xizmatida tadbirkorlik bilan shug'ullanishga yo'l qo'yganligi uchun 12 nafar shaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgan.


Shunga qaramay, viloyat, tuman va shahar hokimliklarida o'tkazilgan o'rganishlar natijasida 60 ga yaqin boshqaruv xodimlarining tadbirkorlik sub'ektlarida ta'sischi yoki rahbar sifatidagi faoliyati saqlanib qolayotgani ma'lum bo'ldi.


Majlisda korruptsiyaga qarshi kurashishga oid vazifalarni amalga oshirishda tizimli kamchiliklarga yo'l qo'ygan 10 nafardan ortiq mas'ul rahbarga nisbatan qat'iy choralar ko'rish bo'yicha Milliy kengashga taklif kiritilgani ma'lum qilindi.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 3949 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3740 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5434 11:13 | 21.11.2023
Hodisa