Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 927.1736.74

  • EUR

    14 717.58-3.29

  • RUB

    155.73-0.31

+17C

+17C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+17c

  • Hozir

    +17 C

  • 09:00

    +21 C

  • 10:00

    +25 C

  • 11:00

    +26 C

  • 12:00

    +28 C

  • 13:00

    +29 C

  • 14:00

    +29 C

  • 15:00

    +29 C

  • 16:00

    +29 C

  • 17:00

    +28 C

  • 18:00

    +27 C

  • 19:00

    +24 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +20 C

  • 23:00

    +19 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Juma, 25-April

+17C

  • Hozir

    +17 C

  • 09:00

    +21 C

  • 10:00

    +25 C

  • 11:00

    +26 C

  • 12:00

    +28 C

  • 13:00

    +29 C

  • 14:00

    +29 C

  • 15:00

    +29 C

  • 16:00

    +29 C

  • 17:00

    +28 C

  • 18:00

    +27 C

  • 19:00

    +24 C

  • 20:00

    +23 C

  • 21:00

    +23 C

  • 22:00

    +20 C

  • 23:00

    +19 C

  • Juma, 25

    +17 +20

  • Shanba, 26

    +20 +20

  • Yakshanba, 27

    +21 +20

  • Dushanba, 28

    +24 +20

  • Seshanba, 29

    +23 +20

  • Chorshanba, 30

    +15 +20

  • Payshanba, 01

    +19 +20

  • Juma, 02

    +21 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Rejasiz chiqayotgan qarorlar va isrof bo'layotgan byudjet mablag'lari

Yaqinda Andijon shahrining Navoiy shohko'chasiga olib chiquvchi ichki ko'chalardan biriga asfal't yotqizildi. Yillar davomida avtoulov tugul piyodalarga ham noqulaylik tug'dirib kelayotgan abgor yo'lning yangilangani hududdagi aholining ham, tevarak-atrofdagi idora va tashkilotlar xodimlarining ham quvonchiga sabab bo'ldi. Ammo oradan bir hafta o'tar-o'tmas, ko'chaning viloyat «Ma'rifat uyi» biqinidagi bir qismi kavlanib, yangi asfal't ko'chirib tashlandi. Ish ustida turganlar bu holatga «Asfal't yotqizishdan avval kanalizatsiya ta'miri bilan bog'liq bir ish yoddan ko'tarilibdi, uzr endi, hechdan ko'ra kech», deya izoh berishdi.
Jamiyat
728 13:30 | 02.10.2023 13:30

To'g'ri, buzarmonlar o'z yumushlarini bajargach, kavlangan handaqni yopib, tevarak-atrofini pardozlab qo'yishdi. Biroq chiqitga chiqqan asfal't uvoli-chi?


Ayni manzara biror-bir avariya holati sabab yuzaga kelgan va onda-sonda ko'zga tashlanadigan yagona holat bo'lganida, tushunish mumkin edi. Taassufki, puxta reja yo'qligi, davlat idoralari, ayniqsa, kommunal infratuzilmaga daxldor tashkilotlar faoliyatini o'zaro muvofiqlashtirish talabga javob bermasligi bois yuqoridagiga o'xshash holatlar keyingi yillarda odatiy holga aylandi. Roppa-rossa to'rt yil avval – 2019 yil saratonida Andijon shahridagi gavjum va serqatnov nuqtalardan bo'lmish Tinchlik ko'chasining taxminan 500-600 metrlik qismi eski asfal't qoldiqlaridan obdon tozalanib, yo'lning ikki chetidagi lotok qirg'oqlarigacha hafsala bilan asfal't bosildi. Biroq oradan ikki oy o'tgach, maxsus texnikalar kutilmaganda ravon ko'chaning bir tomonini boshidan oxiriga qadar kavlay boshlashdi. Aniqlanishicha, ichimlik suvi quvurlarini yangilashga ahd qilishibdi. Isrof bo'lgan asfal't, ishoning, shahardagi tor va o'ydim-chuqur ichki ko'chalardan birini qoplaydigan darajada edi. Xullas, quvurlar yotqizildi, ustiga shag'al aralash­tuproq tortildi, ammo ko'chirilgan asfal't o'rni yamalmadi. Oqibatda yog'in-sochinli kunlarda ko'chaning bir tomoni dala yo'lidan ko'pam farq qilmaydigan loyga aylanadigan bo'ldi.


Yuqoriroq idorada «Yillar davomida e'tibor qaratilmagan quvurlarni almashtirish masalasi nega endi aynan asfal't bosilgandan so'ng yodingga tushdi?


Uvol bo'lgan xomashyoning hisob-kitobini kim joyiga qo'yadi endi?» deydigan mard topilmadi. Yo'qsa, hududda mana shunday telba-teskari, poyintar-soyintar ish uslubi bugunga qadar saqlanib qolmagan bo'lardi.
Qurilish va shaharsozlik qoidalariga ko'ra, avval kommunikatsiya tarmoqlari bilan bog'liq montaj ishlari yakunlanishi, so'ng yo'lni tekislash, asfal'tlash jarayoni boshlanishi kerak. Biroq bugun qurilish-ta'mirlash jarayoni kӯpincha mana shunday rejasiz, tartibsiz va poyma-poy tarzda tashkil etiladi. Bu hol, ta'bir joiz bo'lsa, shim kiyishdan avval tuflini oyoqqa ilgandek gap.


Xizmat yuzasidan katta-kichik rahbarlarning sayyor qabullarida kuzatuvchi sifatida qatnashishimizga to'g'ri keladi. Hozirgi qabullarning to'rt-besh yil avvalgisidan farqli jihatlaridan biri, ko'chasini asfal't qildirish masalasida murojaat qiluvchilar soni ancha kamaydi. Сhunki bugunga kelib, ichki ko'chalar holatiga e'tibor bir necha karra o'sgani rost.


Holbuki, 2017-2019 yillarda qabullarda eng ko'p ko'tariladigan muammolardan biri asfal't masalasi bo'lgan. Shundanmi, o'sha yillari Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov odamlar bilan deyarli har bir muloqotda muammolar bosqichma-bosqich hal bo'lishini aytib, 1 kilometr yo'lga asfal't yotqizish uchun 200 million so'm sarflanishini, viloyat bo'yicha asfal't yotqizilishi zarur bo'lgan ichki ko'chalarning umumiy uzunligi esa 11 ming kilometrga tengligini ta'kidlashdan charchamas edi.


Bugun esa, aytilganidek, asfal'tlashtirish masalasi aytarli muammo emas. Biroq asfal'tni uvol qilish, sarflangan mehnatni chippakka chiqarish va davlat byudjetiga zarar yetkazish holatlari uchun biror mas'ul shaxsning loaqal burniga chertib qo'yilganini ko'rmadik ham, eshitmadik ham. Holbuki, ayni holatni qariyb barcha hududlarda uchratish mumkin.


Gap muayyan masalalar yuzasidan faoliyati bir-biriga bog'liq idoralar o'rtasidagi muvofiqlashtirish xususida borar ekan, auktsionga qo'yilgan yer maydonlari borasida ham tadbirkorlar ba'zan mas'uliyatsiz amaldorlar kasriga ovorayu sarson bo'layotganini qayd etmasak bo'lmaydi.


Mana, bir misol. Ikki yil avval Baliqchi tumanining Qumtepa mahallasi guzari o'ramida joylashgan yer maydoni do'kon va maishiy xizmat ko'rsatish binolari qurilishi uchun «E-ijro auksion» portali orqali kimoshdi savdosiga qo'yiladi. Savdoda tadbirkor Shukrullo Hojimatov g'olib bo'ladi. Biroq auktsion g'olibi tomonidan pul to'lash va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida zikr etilayotgan hududda qurilish ishlari olib borish mumkin emasligi xususidagi gap-so'zlar bolalaydi. Surishtirilsa, chindan ham shunday: tadbirkorning so'roviga binoan Сhinobod elektr tarmoqlari korxonasi boshlig'i A.Sultonov imzosi bilan «ayni joy elektr tarmoqlarining muhofaza hududi hisoblanishi, shu bois bino-inshootlar barpo etish taqiqlanishi, Baliqchi tumani yer resurslari va kadastr bo'limi tomonidan bu haqda hech qanday so'rovnoma yoki yozma murojaatsiz elektron auktsionga qo'yilgani» haqida ma'lumotnoma taqdim etiladi.


Tadbirkor, o'z navbatida, ishga loqaydlik bilan qaragan va yerni sotuvga chiqarishga xulosa bergan mas'ullarga chora ko'rilishini so'rab, ikki bor prokuraturaga murojaat qildi. Ammo prokuraturaning «kadastr xodimlarining xatti-harakatlarida qonun buzilishi holatlari aniqlanmagan»i xususidagi hamda advokatning o'z mijozini himoya qilib yozgan bitiklaridan ko'pam farq qilmaydigan javob xatidan so'ng tadbirkor qo'lni yuvib qo'ltiqqa urdi. Uning auktsionda qatnashish oldidan to'lagan boshlang'ich to'lov pulini qaytarish masalasi ham ochiq qoldi.


Uchala holatdan ham ko'rinib turibdiki, bugun mahalliy ijro organlari, jumladan, kommunal idoralar faoliyatini o'zaro muvofiqlashtirish masalasi chindan-da, islohotga muhtoj. So'z borayotgan sohalarda tartibli ish uslubiga o'tilmas va jiddiy xatolar uchun muqarrar javobgarlik belgilanmas ekan, davlat mablag'lari havoga sovurilaveradi, tadbirkorning ishonchiga esa putur yetaveradi...


Nurillo NO''MONOV,
ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Jamiyat
ЧИЛЛА НИМА?
0 3874 16:57 | 05.08.2023
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat