+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

“Ronaldo” boshliq guruh fosh etildi: Andijonda yollanma qotillikka urinish bartaraf etildi

Andijon viloyatida tadbirkorni pul evaziga o'ldirishga urinish holati o'z vaqtida fosh etildi. Bu haqda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot berdi.
Hodisa
853 11:14 | 13.02.2026 11:14

Ma'lum qilinishicha, shu yil 4 fevral' kuni viloyatda faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor tuman ichki ishlar bo'limiga murojaat qilib, unga suiqasd tayyorlanayotgani haqida xabar bergan. Uning bildirishicha, besh nafar shaxsdan iborat uyushgan jinoiy guruh 1500 AQSh dollari evaziga uni qasddan o'ldirish uchun yollanma ijrochi bilan kelishuvga erishgan.


Murojaat asosida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida Paxtaobod tumanida maxsus tezkor tadbir o'tkazilgan.


Tadbir davomida 2000 yilda tug'ilgan, muqaddam sudlangan shaxs tadbirkorni o'ldirish evaziga kelishilgan pulning bir qismi — 300 ming so'mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olingan.


Tezkor harakatlar davomida jinoiy guruhning boshqa a'zolari ham aniqlanib, ushlangan. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, “Ronaldo” laqabi bilan tanilgan, 1984 yilda tug'ilgan shaxs guruhga boshchilik qilgan. Gumonlanuvchilar orasida avval sudlanganlar, shuningdek, tibbiyot muassasasi rahbari va 2003 yilda tug'ilgan talaba ham borligi ma'lum qilindi.


Holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddalari (qasddan odam o'ldirishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 3949 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3740 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5434 11:13 | 21.11.2023
Hodisa