+21C

+21C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Ulug' shoirga ehtirom

Shu kunlarda yurtimiz bo'ylab ulug' shoir va shoh Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag'ishlab turli adabiy, badiiy-ma'rifiy kechalar, she'rxonlik, g'azalxonlik tadbirlari, yangi kitoblarning taqdimotlari bo'lib o'tmoqda. 
Hodisa
365 11:14 | 13.02.2026 11:14

Badiiy ijodning turli janrlarida qalam tebratib, boy adabiy meros qoldirib ketgan Bobur asarlarini tahlil va talqin qilayotgan olimlarimiz ham bu sanaga o'ziga xos sovg'alar bilan kelishmoqda. Jumladan, filologiya fanlari doktori Shuhrat Hayitovning «Turkiy boburshunoslik» nomli kitobi nashrdan chiqdi.


O'zbekiston Fanlar akademiyasining «Fan» nashriyoti tomonidan chop etilgan mazkur monografiyada Bobur ijodi yuzasidan xorijdagi, xususan, turkiy xalqlar adabiyotshunosligidagi manbalar tadqiq etilib, «Boburnoma», «Bobur devoni», «Mubayyin», «Xatti Boburiy», «Aruz risolasi» hamda «Risolayi volidiyya» asarlarining turkiy tillardagi tarjimalari va ular yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar o'rganilgan.


Yangi nashrlardan yana biri «Bobur asarlari lug'ati» bo'lib, unda «Boburnoma», «Bobur devoni» va «Mubayyin» asarlaridagi so'zlar izohi berilgan. Ushbu lug'at ulug' adib ijodining asosiy so'z boyligini qamrab olgan. U Bobur asarlari yuzasidan hozirgi lug'atshunoslik tamoyillari va tarixiy-filologik tahlil asosida tuzilgan, unda so'zlarning mukammal izohi berilganligi bilan ajralib turadi.


Buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» asari dunyodagi 20 dan ortiq tilda, 40 dan ziyod variantda mavjud. Qolaversa, asar turkiy tillardan turk, ozarbayjon, uyg'ur va qozoq tillariga ham tarjima qilingan. Yaqinda esa ushbu memuar qirg'iz tilida nashrdan chiqdi. «Boburnoma»ni qirg'izistonlik boburshunos olima, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Xosiyat Bekmirzaeva qirg'iz tiliga o'girgan.


Mazkur nashrlar jahon tarixida o'chmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri, buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi uchun munosib sovg'a va o'ziga xos ehtirom ramzi bo'ldi, desak yanglishmaymiz.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 3949 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3740 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5434 11:13 | 21.11.2023
Hodisa