Uchqo'rg'onga qulupnay sayliga keling
Shu kunlarda Uchqo'rg'onda tumanida 2 ming 500 gektar maydonda qulupnay pishdi. Amerika, Yevropa va Osiyo davlatlaridan eksportbop navlar mahalliylashtirilib, hosildorlik va ta'm jihatidan jahon standartlarga javob beradigan mahsulot yetishtirilmoqda.
Shu bois Uchqo'rg'on qulupnaylari nafaqat yurtimizda, Qirg'iziston, Qozog'iston, Rossiya va Xitoy bozorlarida ham xaridorgir.
Сhust tumani "Rezaksoy" mahallasida 50 gektar aholi tomorqasida ham ayni qulupnay pishgan payti. Mahsulot faqat ichki bozorlarga emas, Qirg'iz respublikasi, Rossiya kabi davlatlarga ham eksport qilinmoqda.
Har yili 60 tonna qulupnay eksport qilingan bo'lsa, bu yil ushbu ko'rsatkichni 150-200 tonnaga yetkazish reja qilingan.
Tadbirkor Yashnarjon Toshmatov sig'imi 200 tonnalik muzlatkichda qulupnay va boshqa mevalarni yil – o'n ikki oy hamyurlarimiz dasturxoniga yetkazib beradi.
Yaqin kunlarda "Qulupnay festivali" o'tkazilishi rejalashtirilgan. Unda nafaqat mahalliy aholi, balki xorijlik turistlar ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Maqolaga baho bering
0/50
0
0
0
0