Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 13:00

    +2 C

  • 14:00

    +2 C

  • 15:00

    +3 C

  • 16:00

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 13:00

    +2 C

  • 14:00

    +2 C

  • 15:00

    +3 C

  • 16:00

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +2 +20

  • Chorshanba, 12

    +1 +20

  • Payshanba, 13

    +4 +20

  • Juma, 14

    +5 +20

  • Shanba, 15

    +6 +20

  • Yakshanba, 16

    +5 +20

  • Dushanba, 17

    +8 +20

  • Seshanba, 18

    +9 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

«Biz koinotda yolg'iz emasmiz”, – uchuvchi Solijon Sharipov koinotda Yerga o'xshagan sayyora bo'lishi mumkinligini ta'kidladi

“Rostini aytsam, men buni o'zim ko'rmadim. Kosmonavtlarimiz ham ko'rmaganliklarini aytishadi. Ammo men ishonamanki, Quyoshga o'xshash minglab va minglab quyoshlar hamda ularning atrofida sayyoralar aylanadigan bunday ulkan koinotda biz yolg'iz emasmiz. Zamonaviy ilm-fan hozircha u yerda hayot bor yoki yo'qligini aniqlay olmaydi, lekin menimcha, biz yolg'izmasmiz.
Ҳодиса
576 15:41 | 22.01.2025 15:41

Abdulla Oripovning bir she'rida o'qigandim, shoir Yerni Quvaning anoriga o'xshatgan: «Qarshimda Yer sharin suvrati turar, salmog'i Quvaning anoricha bor...» Ishonchim komilki, shoir fazoga chiqib, Yerni ko'rish imkoniga ega bo'lganida bundan ham kutilmagan o'xshatish topishi aniq edi. Сhunki o'sha holat va kayfiyatni so'z bilan ifodalash imkonsiz. Deylik, siz gilos yemagan bo'lsangiz, uni har qancha ta'riflamay, baribir ta'mini his qilolmaysiz-ku.


Ba'zida boshqa sayyoralarda hayot borligiga ishonasizmi, deb so'rab qolishadi. Men o'zga sayyoraliklar yoki noma'lum uchuvchi jismlarni ko'zim bilan ko'rmaganman. Lekin tabiiy boshqa galaktika va sayyoralarda ham hayot bo'lsa kerak, deb taxmin qilaman. Eng yaqin yulduzga yorug'lik tezligida ikki yil uchish kerak, yana ayrim yulduzlarga yetish uchun millionlab yil ketadi. O'sha olis yulduzlarda odamzod kabi, balki undan ham aqlliroq mavjudotlar borligiga ishongim keladi...”, – deydi u.


Sharipovning so'zlariga ko'ra, u bolaligida koinot haqida orzu qila boshlagan. Yettinchi sinfdayoq birinchi navbatda qiruvchi uchuvchi bo'lishga, keyin esa kosmonavtlar korpusiga qo'shilishga qaror qildi.


Fazogir Solijon Sharipov ta'kidlaganidek, kosmonavtlik universal kasb. “Bu kasbni egallagan odam hamma narsaga qodir bo'lishi kerak. U dasturchi, olim, muhandis, uchuvchi va operator. Сhunki kosmosda sizga hech kim yordam bermaydi”.


Solijon Sharipov, shuningdek, yaxshi ma'noda kosmosni o'ziga jalb qilishini va hatto Yerda ham u tez-tez kosmik tushlar ko'rishini ta'kidlaydi.


“Nafaqat kosmos, men samolyotlarda ham uchaman. Koinotda bo'lganingda o'zingni insoniyatning elchisidek his qilishdek aql bovar qilmaydigan tuyg'uni his qilasan. Garchi biz unchalik baland uchmasak ham... Lekin bu Yerdan to'rt yuz kilometr balandlikda”, dedi u.


Eslatib o'tamiz, Sharipov 1998 yil 23 yanvardan 31 yanvargacha STS-89 dasturi bo'yicha 8 kun 19 soat 46 daqiqa 54 soniya davom etgan kosmik kemaning parvoz mutaxassisi sifatida koinotga uchgan. Keyin Rossiya orbital kompleksi “Mir” bilan tutashuvga erishildi.


U 2004 yil 14 oktyabrdan 2005 yil 25 aprelgacha ikkinchi kosmik parvozda bo'lib, o'shanda ikki marta ochiq koinotga chiqqan.


“Ikkinchi parvozim olti oy davom etdi. Shu vaqt davomida men Rossiya, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston va butun sobiq Sovet Ittifoqi vakili bo'ldim. Amerikalik kosmonavtlar bilan 193 kun koinotda bo'ldik”, deya eslaydi, Solijon Sharipov.


Anvarjon HALIMOV tayyorladi


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 1716 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 1847 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 2300 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса