Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 900.00-20.16

  • EUR

    14 595.06-86.12

  • RUB

    157.32-1.29

+16C

+16C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+16c

  • Hozir

    +16 C

  • 05:00

    +16 C

  • 06:00

    +15 C

  • 07:00

    +17 C

  • 08:00

    +21 C

  • 09:00

    +25 C

  • 10:00

    +27 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +31 C

  • 13:00

    +32 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +33 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +18 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Shanba, 03-May

+16C

  • Hozir

    +16 C

  • 05:00

    +16 C

  • 06:00

    +15 C

  • 07:00

    +17 C

  • 08:00

    +21 C

  • 09:00

    +25 C

  • 10:00

    +27 C

  • 11:00

    +29 C

  • 12:00

    +31 C

  • 13:00

    +32 C

  • 14:00

    +32 C

  • 15:00

    +33 C

  • 16:00

    +32 C

  • 17:00

    +32 C

  • 18:00

    +31 C

  • 19:00

    +29 C

  • 20:00

    +26 C

  • 21:00

    +24 C

  • 22:00

    +22 C

  • 23:00

    +18 C

  • Shanba, 03

    +16 +20

  • Yakshanba, 04

    +16 +20

  • Dushanba, 05

    +15 +20

  • Seshanba, 06

    +16 +20

  • Chorshanba, 07

    +19 +20

  • Payshanba, 08

    +19 +20

  • Juma, 09

    +20 +20

  • Shanba, 10

    +18 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Bolalarni kaltaklash an'anaga aylandimi?

Kuni kecha Toshkent viloyatining Nurafshon shahridagi xususiy bog'chalarning birida tarbiyachining yosh bolalarga o'ta qo'pol munosabati aks etgan video tarqaldi. Ayni paytda uni nafaqat o'zbekistonliklar, balki butun dunyo ko'rishga ulgurdi. Blogerlar tilida aytadigan bo'lsak, bu video ayni paytda “uchyapti”. Shu daqiqalarda turli keskin izohlar ham tinmayapti.
Ҳодиса
515 13:07 | 04.04.2025 13:07

Ishonch.uz muxbiri batafsil izoh olish maqsadida ushbu muassasada bo'ldi.


Ma'lum bo'lishicha, xolat joriy yilning 2 aprel kuni Nurafshon shahridagi “Binafsha” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yuz bergan.


– Bu bog'chani tashkil qilganimizga salkam 5 yil bo'ldi, – deydi muassasa rahbari Nasiba Isaeva. – Shu yillar ichida bunaqa holat kuzatilmagandi. Сhunki har kuni kameralardagi videoyozuvlar kuzatiladi. Bolalarni kaltaklagan shaxs M.Mirzaevani 2024 yilda ishga qabul qilganmiz. Uni darhol ishdan bo'shatdik. Сhunki bu harakatlarini hech narsa bilan oqlab bo'lmaydi. Negaki, kaltaklashdan eng avvalo bolaning ruhiyati qattiq zarba oladi. Bu keyinchalik ham o'z ta'sirini o'tkazishi tabiiy. Hozirda ota-onalarning murojaati asosida ish prokuratura nazoratiga olingan.


Biz kaltaklangan bolalardan birining yaqin qarindoshini topib, uni ham suhbatga tortdik.


– Videodagi o'sha qizaloq mening jiyanim bo'ladi, – deydi Risolat Abdullaeva. – Telegramdagi ota-onalar guruhiga videoni tashlashganida, jiyanimning kaltak yeb yig'layotganini ko'rib, unga achinib ketdim, ko'zlarimga yosh keldi. Axir bolalar ishonib topshirilgan tarbiyachi ham shunaqa shafqatsiz bo'ladimi? O'zi ham ona ekan, nahot bolalarni ayovsiz kaltaklayotganida o'z farzandlari ko'z oldiga kelmagan bo'lsa? Ming afsuski bunday holatlarning sira oxiri ko'rinmayapti. Kunda-kunora shunaqa xabarlar o'qishga o'rganib ham qoldik. Bu tizimda jiddiy islohot zarurga o'xshayapti, shunday qilishsinki, agar bu kabi holatlar kuzatiladigan bo'lsa, o'sha tarbiyachini bolalarga yaqinlashtirishmasin. Nimadir qat'iy chora ko'rilmasa, bu ketishda bolalarni kimga ishonamiz?


Ma'lum bo'lishicha, tarbiyachi M.Mirzaeva ikki farzandning onasi. 2024 yilning sentyabr oyida enaga sifatida ishga olingan. Mart oyidan tarbiyachilikka o'tkazilgan. Shu bilan birga, oliy ta'lim muassasasida pedagogika sohasi bo'yicha sirtdan ta'lim oladi. Ana xolos, demak bu tarbiyachi hali muassasani tamomlamay turib, bolalar bilan ishlashga noloyiqligin namoyon qilibdi-da.


Umuman olganda, yuqoridagi gaplarda jon bor. Darhaqiqat, nima uchun bog'chalarda norasidalarga bunday ozor berishlarning oxiri ko'rinmayapti? Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan oliy ta'lim muassasalarida yetishib chiqayotgan kadrlarning ruhiyatini nazoratga olish bo'yicha jiddiy islohotlar qilish vaqti allaqachon kelmadimi?


Xolida Egamberdieva,
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 2266 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 2210 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 2948 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса