Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 13:00

    +2 C

  • 14:00

    +2 C

  • 15:00

    +3 C

  • 16:00

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 13:00

    +2 C

  • 14:00

    +2 C

  • 15:00

    +3 C

  • 16:00

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +2 +20

  • Chorshanba, 12

    +1 +20

  • Payshanba, 13

    +4 +20

  • Juma, 14

    +5 +20

  • Shanba, 15

    +6 +20

  • Yakshanba, 16

    +5 +20

  • Dushanba, 17

    +8 +20

  • Seshanba, 18

    +9 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Bugun “Mona Liza” uyga qaytgan kun

Bundan 113 yil avval, 1911 yil 21 avgustda Luvr muzeyi sobiq хodimi tarixdagi eng katta san'at o'g'riligini amalga oshirgan. Mona Lizaning o'g'irlanishi “asrning san'at o'g'riligi” deb nomlangan, ammo jinoyat sodir etilishi o'zi juda oddiy edi.
Ҳодиса
747 16:07 | 12.12.2024 16:07

1911 yil 20 avgust, yakshanba kuni kechqurun kichkina, mo'ylovli bir kishi Parijdagi Luvr muzeyiga kirib, Da Vinchi kartinasi va boshqa bir qancha asarlar joylashgan zal tomonga yo'l oladi. Muzeyda xavfsizlik choralari pastligi sabab jinoyatchi osongina berkinadi. Ertasi kuni ertalab Luvr yopilgan va piyodalar harakati kam bo'lgunga qadar u shkafga yashiringan. Taxminan kechki soat 19:15 larda u oq fartuk ya'ni muzey xodimlari libosini kiygan holda paydo bo'ladi va atrofni tekshirgandan so'ng, “Mona Liza”ga yaqinlashib, uni devordan uzib oldi va yaqin atrofdagi xizmat ko'rsatish zinapoyasiga olib chiqdi, u yerda suratning himoya oynasini olib tashlaydi. Zinadan tushib hovliga chiqmoqchi bo'lganda eshik qulflanganini ko'rib, oq choyshabga o'ralgan Mona Lizani yerga qo'yadi va eshikni ochmoqchi bo'ladi. Shu payt Luvrning boshqa bir hodimi kelib, uni qo'lga olish o'rniga, qulflanib qolgan hamkasbi deb o'ylab, eshikni ochishga yordam beradi. Do'stona minnatdorchilik bilan o'g'ri qochib ketadi. Bir kundan ko'proq vaqt davomida Luvr xodimlari “Mona Liza” o'g'irlanganligini sezishmaydi. Сhunki muzey rasmlari ko'pincha tozalash yoki suratga olish uchun devorlardan olinardi, shuning uchun o'tkinchilar odatda portret joylashgan bo'sh joyga unchalik e'tibor berishmaygan.


Nihoyat, seshanba kuni tushlik paytida tashrif buyurgan bir rassom qo'riqchidan rasm haqida so'raydi. Qo'riqchi surat qaerdaligi haqida biror ma'lumot topa olmagach, politsiyaga qo'ng'iroq qiladi va shu bilan dahshatli qidiruv boshlanadi. Xizmat ko'rsatish zinapoyasida Mona Lizaning shisha ramkasi topilganidan keyin esa bu o'g'irlik dunyoga e'lon qilinadi: “Mona Liza” ketdi. Hozircha biz bu jinoyatni kim sodir etgani haqida hech qanday ma'lumotga ega emasmiz.” Detektivlar barmoq izlari va guvohlarni so'roq qilish uchun Luvrga to'planadi. Nazorat punktlarida avtomashinalar, paroxod yo'lovchilari va piyodalar tintuv qilinadi, politsiya “Mona Liza”ning sirli yarim tabassumi qidirilayotgan plakatlarini tarqatadi. Bir hafta o'tib, Luvr qayta ochilganda, minglab odamlar bir paytlar rasm osilgan bo'sh devorni tomosha qilish uchun kelishni boshlashadi. Ikki yildan ko'proq vaqt davomida qidiruv davom etadi. Ko'pchilik asarning abadiy yo'qolganiga ishonishni boshlaydi. Uni hatto Rossiya, Braziliya, Yaponiyadan ham qidirishadi, ammo bilishmaydiki, “nim tabassumli xonim” hali Parijni tark etmagan edi.


U o'g'irlangan kundan beri shahar chekkasidagi bir xonali kvartirada edi. Asr jinoyatchisi bir paytlar Luvr muzayida usta bo'lib ishlagan italiyalik muhojir Vinchenzo Perugua edi. U hatto bir paytlar Mona Lizaning himoya ramkasini qurishda ishtirok etgandi. Albatta u ham politsiyachilar gumonidan chetda qolmagan, ikki marta so'roq qilinadi, lekin u ishdan ketganiga ko'p vaqt o'tgani sabab undan jiddiy shubhalanishmaydi. Perugua ikki yil shov-shuvlar pasayishini kutadi va 1913 yil dekabrida “xazinani” sotmoqchi bo'ladi.


“Leonard” taxallusi bilan florentsiyalik Alfredo Geri ismli san'at ixlosmandiga xat yozib, Mona Lizani o'g'irlagani va uni vataniga, ya'ni Italiyaga qaytarmoqchi ekanini aytadi. Geri avval rasmni o'z ko'zi bilan ko'rishini, haqiqiy ekanligini tekshirtirishini aytib javob xati yo'llaydi. Shu bilan ular Florentsiyadagi bir mehmonxonada uchrashishni rejalashtiradi. Noyob “xazina”ni Perugua 500000 liraga pullamoqchi bo'ladi. Lekin Alfredo Gerining maqsadi asarni sotib olish emas, balki jinoyatchini fosh qilib, “go'zal”ni uyiga qaytarish edi. Shu sabab u politsiyaga habar berib o'g'rini ushlashda yordam beradi. 1913 yil 11 dekabrda jinoyatchi qo'lga olinadi. 12 dekabrda esa Mona Liza o'z “koshona”siga qaytariladi. Perugua hibsga olinadi, u o'z jinoyatini oqlash uchun asar Italiya milliy g'ururi ekani, talon-tarojlik bilan Frantsiyaga olib ketilganligini aytadi. Lekin ma'lumot o'rnida aytish joizki, Da Vinchi “Mona Liza”ni 1516 yilda Frantsiyaga olib kelgan va qirol Fransua II uni qonuniy sotib olgan edi. Shunga qaramay ko'plab italiyaliklar Peruguani milliy qahramon deb bilishgan.


Bugungi kunda dunyoning eng mashxur asari “Mona Liza” Luvrda o'q o'tkazmaydigan oyna bilan himoyalangan havo mo''tadilligi nazoratga olingan qutida saqlanadi. Har yili 8 millionga yaqin sayyoh bu go'zallikni ko'rish uchun Luvrga tashrif buyuradi.


Nilufar Ergasheva


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 1717 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 1848 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 2300 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса