+37C

+37C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Farg‘onada narkotik sotayotgan qarindoshlar ushlandi

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami 1000 dona tropikamid va 14 dona regapen preparati musodara qilindi. Moddalarning noqonuniy muomalaga chiqarilishining oldi olinib, jinoiy guruhning faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Hodisa
483 16:22 | 09.07.2026 16:22

Qayd etilishicha, 1997 yilda tug‘ilgan ayol va u bilan birga yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan qarindoshi qo‘lga olingan. Ular yashash xonadoni erto‘lasida maxsus kovlangan yashirin joylarda sotish maqsadida 400 dona tropikamid va 14 dona regapen dori vositalarini saqlab kelgan.

Ushbu shaxslarning yana bir sherigi ham ushlandi. 1993 yilda tug‘ilgan, avval Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan sudlangan erkak boshqaruvidagi Gentra avtomobili Qo‘qon shahrida to‘xtatilib tekshirilganida, unda tarqatish uchun olib ketilayotgan 600 dona tropikamid borligi aniqlangan. Dori vositalari protsessual tartibda ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Surishtiruvlar davomida mazkur shaxs besh yil davomida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini chet davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirib, hududlarda tarqatib kelgani aniqlangan. Huquq-tartibot organlarining hisob-kitobiga ko‘ra, olingan 1000 dona tropikamid va 14 dona regapen jami 12 ming 514 dozaga teng bo‘lib, ularning noqonuniy isteʼmolga chiqarilishining oldi olingan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 4393 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 4139 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5778 11:13 | 21.11.2023
Hodisa