+20C

+20C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Xitoy dengizlarda "Josus toshbaqalar" va sensorli baliqlar orqali maxfiy kuzatuv ketayotganligini daʼvo qildi

Xitoy Davlat xavfsizlik vazirligi xorijiy razvedka tuzilmalari mamlakat atrofidagi suv hududlarida maʼlumot to‘plash maqsadida maxsus sensorlar o‘rnatilgan dengiz hayvonlaridan foydalanayotganini maʼlum qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bergan.
Hodisa
3280 15:58 | 13.06.2026 15:58

Vazirlikning WeChat platformasida eʼlon qilingan bayonotida taʼkidlanishicha, Xitoy atrofidagi dengizlarda ko‘zga ko‘rinmas “maxfiy urush” davom etmoqda. Iddao qilinishicha, xorijiy tashkilotlar zamonaviy kuzatuv vositalari yordamida maxfiy maʼlumotlarni yig‘ib, suv osti muhitining batafsil xaritalarini shakllantirmoqda.


Rasmiylarga ko‘ra, josuslik faoliyatida “josus toshbaqalar” va “josus baliqlar” deb atalgan yirik dengiz hayvonlaridan ham foydalanilgan. Ularning bildirishicha, Xitoy suv hududlarida harakatlanayotgan ayrim hayvonlarda maxsus sensorlar o‘rnatilgani aniqlangan.


Maʼlum qilinishicha, mazkur qurilmalar suv harorati, sho‘rlanish darajasi, okean oqimlari kabi muhitga oid maʼlumotlarni real vaqt rejimida yig‘ib, sunʼiy yo‘ldosh orqali uzatish imkoniyatiga ega.


Biroq vazirlik ushbu hayvonlar qaerda aniqlangani yoki sensorlar qaysi davlat yoki tashkilot tomonidan o‘rnatilgani haqida aniq maʼlumot keltirmagan.


Shuningdek, Xitoy xavfsizlik idoralari xorijiy dengiz tadqiqot markazlari tomonidan joylashtirilgan deb taxmin qilinayotgan suzuvchi buylarni ham aniqlaganini maʼlum qildi. Rasmiylarga ko‘ra, bu qurilmalar meteorologik sensorlar bilan jihozlangan bo‘lib, suvosti kemalari harakatiga oid maʼlumotlarni kuzatish imkonini bergan.


Bayonotda yana to‘lqin energiyasi va quyosh nurlari hisobiga ishlaydigan avtonom qurilmalar haqida ham so‘z borgan. Xitoy tomonining fikricha, bunday texnologiyalar orqali harbiy ahamiyatga ega dengiz maʼlumotlari hamda kemalar harakati haqidagi axborotlar yig‘ilmoqda.


Xitoy ommaviy axborot vositalari maʼlumotiga ko‘ra, mamlakat hukumati suv hududlarida josuslik qurilmalarini aniqlagan baliqchilarni 50 mingdan 500 ming yuangacha mukofotlash amaliyotini joriy etgan.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 4174 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 3923 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5623 11:13 | 21.11.2023
Hodisa