+24C

+24C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Internetda boshlangan yo‘l 10 yillik qamoq bilan tugadi

Bugun dunyoning notinch hududlaridan panoh topgan terroristik tashkilotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali odamlarni aldab, o‘z faoliyatlarini moliyalashtirish uchun mablag‘ yig‘ishmoqda. Afsuski, bunday aldovlar taʼsiriga tushib qolayotganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor.
Hodisa
604 10:41 | 14.08.2026 10:41

Jumladan, 1995 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro 2017 yilda Janubiy Koreya Respublikasining nufuzli universitetiga o‘qishga kiradi.
Xorijda tahsil olish davrida u ijtimoiy tarmoqlar orqali "jihod", "hijrat" va "shahidlik"ni targ‘ib qiluvchi shaxslarning audio-video maʼruzalari bilan tanishadi.


Suriyadagi qurolli to‘qnashuvlar aks etgan videolar taʼsirida uning ongi aqidaparastlik g‘oyalari bilan zaharlanadi.

Shu tariqa u "Instagram" va "Telegram" tarmoqlari orqali Suriya hududida faoliyat yuritayotgan "Tavhid va jihod katibasi" hamda "G‘uroba katibasi" kabi terroristik tashkilotlarga aloqador kimsalar bilan muloqotga kirishib, ularga taalluqli materiallarni tarqata boshlaydi.

Universitetni tamomlaganidan keyin ham Janubiy Koreyada qolgan mazkur shaxs "G‘uroba katibasi" terroristik tashkiloti media blogeri "Saad Muxtor"ning internet orqali amalga oshirgan aldovlariga ishonib, unga pul yuboradi. 2023 yilning dekabr oyida esa u O‘zbekistonga qaytib keladi.

2024 yilning iyul oyida Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Turkiyaga boradi, ammo rejasi amalga oshmay ortga qaytadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida mazkur shaxs qo‘lga olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.



Sud hukmi bilan u Jinoyat Kodeksining 244¹, 244², 155² va 155³-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Ingliz va koreys tillarini mukammal bilgan hamda nufuzli xorijiy oliygohni tamomlagan bu fuqaroning achchiq qismati boshqalarga saboq bo‘lishi lozim. Zero, qonun oldida barcha birdek javobgardir.


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 4538 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 4291 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5894 11:13 | 21.11.2023
Hodisa