Sayt test rejimida ishlamoqda
    Valyuta UZS
  • USD

    12 971.9314.93

  • EUR

    13 394.81-68.81

  • RUB

    133.860.43

+2C

+2C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+2c

  • Hozir

    +2 C

  • 13:00

    +2 C

  • 14:00

    +2 C

  • 15:00

    +3 C

  • 16:00

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Seshanba, 11-February

+2C

  • Hozir

    +2 C

  • 13:00

    +2 C

  • 14:00

    +2 C

  • 15:00

    +3 C

  • 16:00

    +2 C

  • 17:00

    +2 C

  • 18:00

    +2 C

  • 19:00

    +1 C

  • 20:00

    +1 C

  • 21:00

    +0 C

  • 22:00

    +0 C

  • 23:00

    +0 C

  • Seshanba, 11

    +2 +20

  • Chorshanba, 12

    +1 +20

  • Payshanba, 13

    +4 +20

  • Juma, 14

    +5 +20

  • Shanba, 15

    +6 +20

  • Yakshanba, 16

    +5 +20

  • Dushanba, 17

    +8 +20

  • Seshanba, 18

    +9 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Napoleon zaharlanganmidi?

Agar sevimli san'atkorimiz Lutfixonim Sarimsoqova hayot bo'lib, bu mojarolarni eshitganida yoki ko'rganida, o'z qahramoni Mehri xola tilidan “Voy, tinib-tinchimagur odamlar-ey, nimalarni o'ylab topishmaydi-ya?!. “deya yoqa ushlashi ehtimoldan xoli emasdi.
Ҳодиса
572 20:50 | 14.12.2024 20:50

Darhaqiqat, dunyoning ishlari qiziqligini-yu, odamzodning tashvishlari cheksizligini qarang: buyuk sarkarda va davlat arbobi, Frantsiya Respublikasining birinchi konsuli, frantsuz imperatori Napoleon Bonapart o'zi surgun qilingan Muqaddas Yelena orolida bandalikni bajo keltirganiga 203 yildan oshgan esa-da, u bilan bog'liq bahs-munozaralar hanuz nihoyasiga yetgani yo'q. Ortda qolgan davr mobaynida farang olimlari imperator oshqozon rakidan vafot etgan degan xulosani ta'kidlab keldilar. Buning uchun Napoleonning murdasi yorib ko'rilganda aniqlangan ma'lumotlarga asoslandilar. Ba'zi tarixchilar, shuningdek, Napoleon sajdago'ylari esa, ushbu fikrni inkor etdilar. Imperator o'z ajali bilan o'lmagan, aksincha, g'animlari qurboni bo'lgan, degan g'oyani olg'a surdilar.


Bunday tortishuvlar XX asr nihoyasida qaytadan avjiga chiqdi. Сhunonchi, amerikalik bonapartchilar assotsiatsiyasi katta sa'y-harakatlar natijasida o'z da'volarini isbotlovchi behad noyob ashyoviy dalilni – Napoleonning to'qqiz dona soch tolasini topdi. Ulardan birini assotsiatsiyaga kanadalik medik, Napoleon haqidagi bir necha kitob muallifi Ben Bider yubordi. Sakkiztasini esa imperatorga tegishli buyum-ashyolarni yig'uvchi frantsiyalik kollektsioner Jan Fish taqdim etdi. Uning guvohlik berishicha, imperator 1821 yil 5 may kuni Shimoliy Yelena orolida hayot bilan vidolashgach, xo'jalik bekasi Noverraz xonim uning bir tutam – 223 dona sochini kesib olib, maxsus yasalgan nafis sandiqchaga solib qo'ygan. Sandiqcha 143 yil davomida o'nlab kishilar qo'lidan qo'liga o'tgan. 1964 yili unga Fish ega chiqqan.


Assotsiatsiya soch tolalarini AQSh tekshirishlar federal byurosiga topshirib, ularni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan maxsus laboratoriyada tadqiq etishni va ko'pyillik munozaralarga qat'iy oydinlik kiritishni iltimos qildi. “Trud” gazetasining Parijdagi muxbiri Vyacheslav Prokof'evning xabar qilishicha, tahlillar asnosi tolalarda, haqiqatan ham, zahar borligi aniqlangan. Biroq miqdori ozligi tufayli toksikologlar u imperator o'limiga sababchi bo'lgan degan fikr bildirishdan o'zlarini tiyishgan. Ularning xulosalari silliqqina – “Tekshirishlar federal byurosi frantsuz imperatori margimush bilan zaharlanganini tasdiqlay olmaydi”, degan mazmunda bo'lgan.


Xo'sh, sabab? Birinchidan, XvII-XIX asrlarda margimush tibbiyotda keng qo'llanilmagan, taom tayyorlashda ham kam miqdorda ishlatilgan. Ikkinchidan, tekshirish jarayonida soch tolalarining hammasi bir odamniki ekanligi isbotlangan. Biroq ular aynan Napoleonga taalluqli yoki taalluqli emasligi aniqlanmagan. Ushbu muammoga soch tolalarini Bonapartning biror qarindoshi murdasi qoldiqlari bilan irsiy jihatdan solishtirib ko'rilgandan so'nggina jo'yali javob topish mumkin.


Qarangki, bonapartchilar assotsiatsiyasi a'zolari bu borada ham bo'sh kelmadilar. Napoleonning XIX asrda AQShga kelib, muhojirlikda yashagan jiyani Ashil Myurati vafotidan so'ng Floridada dafn etilganini aniqladilar. Binobarin, imperator zaharlangan, degan taxmin-gumonlar vaqtincha chippakka chiqmadi. Bu mavzu boshqa moziy ixlosmandlari diqqat-e'tiborini ham o'ziga jalb etdi. Jumladan, ashaddiy qadimshunos, frantsiyalik professor Rene Mori katta zahmatlar evaziga “Napoleonning o'ldirilishi” nomli asar yaratdi. Kitobda hikoya qilinishicha, bandilikda yashagan imperator 1817-1821 yillarda qamoqxonaning moddiy ta'minot xizmati xodimi, graf Sharl' Montolon tomonidan zaharlangan. Sharl' bu qabihlikka rashk tufayli qo'l urgan. Negaki, uning xotini Al'bin de Montolon imperatorga jazman tutingan. Mahkum yotgan yerto'laga kirish imkoniyatiga ega bo'lgan hamda unga yegulik va suv keltirish bilan shug'ullangan alamzada Sharl' esa imperator taomiga har safar oz-ozdan og'u qo'shib bergan.


Muallif asarni yozishda Napoleonning xizmatkori Lui Marshend kundaligiga ham tayangan. Unda umrining so'nggi haftalarida imperatorning sog'lig'i qanday bo'lgani haqidagi ma'lumotlar batafsil qayd etilgan. Teri sarg'ayishi, doimiy tashnalik, quruq yo'tal, eshitish qobiliyatini yo'qotish singari yigirmaga yaqin salbiy alomatlar Napoleon chindan ham zaharlanganidan dalolat beradi.


Rene Morining uqtirishicha, uning qo'lida yana bir o'ta muhim ashyoviy dalil, aniqrog'i, imperatorga tegishli ekanligi har tomonlama isbotlagan soch tolalari bo'lganmish. Professor ularni allaqachon Lyuzanna va Grenobl laboratoriyalarida tekshirtirib, tarkibidagi margimush me'yoridan 7-10 baravar ko'pligiga ishonch hosil qilganmish.


Ajab, Mori Napoleonning “haqiqiy” sochlarini qaerdan topgan va qanday tadqiqotlar o'tkazgan. Uning da'volarini tasdiqlaydigan guvohlar bormi, dalillar yetarlimi?


Qisqasi, savol ko'p, aniq javob yo'q. Demak, Napoleonning o'limiga doir bahs-munozaralar hali uzoq davom etadi.


Abdunabi HAYDAROV


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 1717 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 1848 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 2300 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса