+37C

+37C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Intervyu
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Suratlar so‘zlaganda...
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari
  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Navoiyda Zarafshon daryosida cho‘kib ketgan uch nafar bolaning jasadi topildi

Hodisa
357 14:34 | 10.07.2026 14:34

Navoiy viloyatining Karmana tumanida Zarafshon daryosida cho‘kib ketgan uch nafar voyaga etmagan bolaning jasadi qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida topildi.

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i, katta leytenant Olim Mavlonovning Ishonch.uz muxbiriga bergan maʼlumotiga ko‘ra, hodisa 2026 yil 8 iyul kuni soat 13:50 atrofida sodir bo‘lgan. Karmana tumani “Katta machit” mahallasida yashovchi 2008, 2010 va 2012 yillarda tug‘ilgan uch nafar voyaga etmagan bola Zarafshon daryosida cho‘milish vaqtida suvga g‘arq bo‘lgan.

Hodisa haqida xabar kelib tushishi bilan qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan. Qidiruv ishlarida Navoiy va Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari qutqaruvchilari, maxsus texnikalar, motorli rezina qayiqlar hamda 16 nafar g‘avvos ishtirok etgan.

2026 yil 10 iyul kuni qidiruv-qutqaruv tadbirlari natijasida halok bo‘lgan bolalarning jasadlari turli masofalardan topildi. Jumladan, 2012 yilda tug‘ilgan bolaning jasadi hodisa joyidan taxminan 400 metr, 2008 yilda tug‘ilgan o‘smirniki 10 kilometr, 2010 yilda tug‘ilgan bolaniki esa 8 kilometr uzoqlikdan aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Umid Xudoyqulov,
Ishonch.uz


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Hodisa
Hayratlanarli
0 4393 10:00 | 04.11.2023
Hodisa
G'azo bolalari nomma-nom
0 4139 14:28 | 06.11.2023
Hodisa
21 noyabr' – qanday kun?
0 5778 11:13 | 21.11.2023
Hodisa