Valyuta UZS
  • USD

    12 618.63-49.51

  • EUR

    14 516.47-124.1

  • RUB

    160.83-0.32

+22C

+22C

  • O'z
  • Ўз
O'zbekiston
  • Siyosat
  • Sport
  • Jamiyat
  • Iqtisod
Xorij
  • Iqtisod
  • Siyosat
Интервью
  • Madaniyat va ma'rifat
Kutubxona
  • Adabiyot
  • Ilmiy ishlar
  • Maqolalar
  • Kasaba faollari uchun qo’llanmalar
Boshqalar
  • Yangi O’zbekiston suratlari
  • Kolumnistlar
  • Arxiv
  • O'zbekiston jurnalistlari

Toshkent Shahar

+22c

  • Hozir

    +22 C

  • 04:00

    +22 C

  • 05:00

    +21 C

  • 06:00

    +22 C

  • 07:00

    +24 C

  • 08:00

    +27 C

  • 09:00

    +28 C

  • 10:00

    +31 C

  • 11:00

    +33 C

  • 12:00

    +35 C

  • 13:00

    +35 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +24 C

  • O'z
  • Ўз

Telefon raqamingizni kiritng

Tasdiqlash kodini SMS orqali yuboramiz

Kirish

Toshkent

Toshkent Shahar

Payshanba, 19-June

+22C

  • Hozir

    +22 C

  • 04:00

    +22 C

  • 05:00

    +21 C

  • 06:00

    +22 C

  • 07:00

    +24 C

  • 08:00

    +27 C

  • 09:00

    +28 C

  • 10:00

    +31 C

  • 11:00

    +33 C

  • 12:00

    +35 C

  • 13:00

    +35 C

  • 14:00

    +35 C

  • 15:00

    +35 C

  • 16:00

    +35 C

  • 17:00

    +34 C

  • 18:00

    +33 C

  • 19:00

    +31 C

  • 20:00

    +29 C

  • 21:00

    +27 C

  • 22:00

    +26 C

  • 23:00

    +24 C

  • Payshanba, 19

    +22 +20

  • Juma, 20

    +21 +20

  • Shanba, 21

    +20 +20

  • Yakshanba, 22

    +20 +20

  • Dushanba, 23

    +20 +20

  • Seshanba, 24

    +23 +20

  • Chorshanba, 25

    +22 +20

  • Payshanba, 26

    +21 +20

Hududlar

  • Toshkent Shahar
  • Andijon
  • Namangan
  • Sirdaryo
  • Surxandaryo
  • Qashqadaryo
  • Xorazm
  • Navoiy
  • Buxoro
  • Qoraqaplog’iston
  • Farg’ona
  • Toshkent vil.
  • Jizzax

Eng ko'p qidirilgan xaker: AQSh xavfsizlik idoralarini xavotirga solgan Kevin Mitnik

2023 yilning 16 iyul kuni AQShda mashhur xakerlardan biri Kevin Mitnik 59 yoshida vafot etdi. U 14 oy davomida oshqozon osti bezi saratoni bilan kurashdi, ammo uning organizmi kasallikka dosh bera olmadi. Kevinning ortida homilador xotini qoldi – er-xotin birinchi farzandini kutayotgan edi.
Ҳодиса
701 12:12 | 14.09.2024 12:12

Bu haqda Las-Vegasdagi dafn marosimi uyi tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda ma'lum qilingan. “Kevin o'ziga xos shaxs edi. Uning hayotining katta qismi xayoliy hikoyaga o'xshaydi”, deyiladi unda. Uni taniganlarning ko'pchiligi marhumga nisbatan “yorqin” so'zini ishlatishardi. Xo'sh, Kevin Mitnik kim edi? U AQShda nega bunchalik mashhur bo'lgan?


Mashhur xakerning otasi bolaligida oilasini tashlab ketgan. Onasi doim ishdaligida sabab, bola ko'p vaqtini turli narsalarga sarflar, ular orasida axborot texnologiyalari ham bor edi.


Kevinning ilk bor omma e'tiboriga tushishi o'tgan asrning 80-yillariga borib taqaladi.1982 yilda Kevin Mitnik Shimoliy Amerika havo mudofaasi qo'mondonligi komp'yuterini hazil tariqasida buzib kirgan. Shundan so'ng, u xavfsizlik tizimlarida zaif tomonlarni qidirib, o'z imkoniyatlarini o'rganishni davom ettirdi. Misol uchun, u qo'ng'iroqlarni tinglash va hazil qilish yoki mukofotlarni yutish uchun telefon kompaniyalariga dasturiga kirishni yaxshi ko'rardi. Ular orasida uy telefonlarini qayta dasturlash ham bor edi, yigit o'ziningqobiliyatidan yomon niyatlilarga qarshi foydalangan: telefon so'zlashuvlaridan birida u garov haqidagi talabga ham guvoh bo'lgan.


1988 yilda kiberdaho yirik Digital Equipment Corporation komp'yuter kompaniyasi tarmog'iga kirishga muvaffaq bo'ldi. U tizim administratoriga qo'ng'iroq qilib, o'zini tizimning yetakchi ishlab chiqaruvchisi sifatida ko'rsatdi va suhbatdoshini o'z parolini unutganiga ishontira oldi. Parol qayta tiklanganida, u ushbu hisob ostida tizimga kirdi va barcha ma'lumotlarni DEC operatsion tizimining manba kodini yuklab olgan xaker do'stlariga o'tkazdi. Mitnikning do'stlari, uning topqirligidan hayratga tushgan bo'lsalarda, oxir-oqibat, buzg'unchilik haqida xabar berib, uni xavfsizlik xizmatiga topshirishdi. Rasmiylar keyinchalik uni kompaniyaga 4 million dollar zarar yetkazganlikda va 1 million dollarlik dasturiy ta'minotni o'g'irlaganlikda aybladi. 1989 yilda Mitnik ilk bor sudlandi: u bir yilni federal qamoqxonada o'tkazdi. Keyin yana olti oy davomida u “komp'yuterga qaramlikdan davolandi”, hatto qurilmalarga teginishi taqiqlandi.


Qamoqxonadan chiqqach, Kevin huquq-tartibot idoralari uni kuzatib yurishini sezib qoldi. Lekin bu uning xakerlik faoliyati bilan shug'ullanishda davom etishiga to'sqinlik qilmadi. U Federal qidiruv byurosini aldab, unga tegishli har qanday ma'lumotni topishga harakat qilmoqchi edi. 1993 yilda Kaliforniya shtati politsiyasi Mitnikni FQB agentlarining telefonlarini tinglagan va haydovchilik guvohnomasi ma'lumotlar bazasiga noqonuniy kirish imkoniga ega bo'lgan deb da'vo qildi. Uni hibsga olish uchun order berilgan, biroq uddaburon xaker uzoq vaqt yolg'on nomlar ostida yashirinishga muvaffaq bo'lgan, tez-tez yashash joyini o'zgartirgan.


1995 yil 15 fevralda FQB Kevin Mitnikni Shimoliy Karolinadagi kvartirasida hibsga oldi. Kiberxavfsizlik bo'yicha yaponiyalik mutaxassis Tsutomu Shimomura uni uyali skanerlar yordamida kuzatishga yordam berdi. Sud jarayonida esa Mitnik hamkasbining mahoratini hurmat qilishini tan oldi.


The New York Times qo'lga olingan xakerni “eng ko'p qidirilgan kibero'g'ri” deb atadi. Xuddi shu maqolada aytilishicha, San-Fransiskodagi prokuror yordamchisi Kent Uoker dunyoda hech bir komp'yuter xakeri bu qadar sinchiklab kuzatilmaganini tan olgan. “U go'yo millionlab dollarlik korporativ tijorat sirlariga ega bo'lgan. Bu juda katta tahdid edi”, dedi Uoker.


Hukumat uni Motorola, Novell, Nokia va Sun Microsystems kabi ko'plab kompaniyalarga millionlab dollar zarar yetkazganlikda aybladi. Bundan tashqari, uning komp'yuterida 20 mingta kredit karta raqamlari mavjud fayl topilgan. Ma'lumotlari o'g'irlanganlar orasida hatto Silikon vodiysi millionerlari ham topilgan. Biroq, Mitnik bu ma'lumotdan shaxsiy manfaatlar uchun foydalangani haqida hali hech qanday dalil yo'q. Xakerning ta'kidlashicha, u hech qachon hech kimga zarar yetkazishga urinmagan va faqat o'zi uchun “intellektual chaqiriq”ni ko'rgan:


“Men shunchaki zavqlanardim. Tizimlarni buzish va kodlarni olishda o'zimni sehrgar kabi his qildim. Shuning uchun men mobil telefonlarni ovladim, operatsion tizimlarga kirishni o'rgandim - maqsad ularni oson va yangi yo'llar bilan buzib ko'rishni o'rganish edi”. Keyinchalik buni 2011 yilda Mitnikning biznes sherigi bo'lgan Stu Suverman tasdiqladi: uning aytishicha, uning hamkasbi “hech qachon pul uchun xakerlik qilmagan”.


Mitnik 1991 yilda sayyoradagi eng mashhur xaker maqomini oldi. The New York Times jurnalisti Markoff kiberjinoyatchi haqida bir nechta maqolalar chop etib, uning 1980 yillardagi hujumlarining aksariyatini yoritishga harakat qildi. Keyinchalik u “Buzib kirish” fil'mi uchun asos bo'ladigan kitob yozadi.


“U o'z maqolasida men haqimda aniq manbalarga iqtibos keltirmagan holda bir necha o'nlab gaplarni kiritdi. Hatto minimal tekshiruv ham bularning barchasi yolg'on ekanligini ko'rsatadi. Markoff meni hech qanday asossiz “kiberjinoyatchilarning eng ko'p qidirilayotgani” deb atadi. U yolg'on gapirdi, guyoki men FQBning telefonini tinglaganman (aslida buni qilmaganman) va hech qachon biron bir komp'yuter yoki tizimga qasddan zarar yetkazmagan bo'lsam ham, meni “vandal” deyishdi”, deya g'azablanib yozgan, Mitnik o'z xotiralarida.


Xaker 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq 1999 yilda u bir necha ayblovlar bo'yicha o'z aybiga iqror bo'lgan, 2000 yil boshida esa ozodlikka chiqqan. Ammo keyingi uch yil davomida unga oddiy statsionar telefondan boshqa aloqa texnologiyasidan foydalanish taqiqlandi.


Ozodlikka chiqqanidan so'ng, Mitnik tijorat kompaniyalari va davlat idoralari xodimlariga ijtimoiy muhandislik bo'yicha maslahat va dars berishni boshladi. U axborot xavfsizligiga ixtisoslashgan Mitnick Security Consulting kompaniyasiga asos solgan.


Bundan tashqari, Mitnik jurnalist Uilyam Saymon bilan hammualliflikda bir nechta kitoblarni yozgan: “Aldash san'ati” (2002), “Bosqinchilik san'ati” (2005) va “Tarmoqdagi sharpa. Eng yirik xakerning xotiralari” (2011). 2017 yilda uning yana bir asari nashr etildi: uning nomi “Ko'rinmas bo'lish san'ati: katta ma'lumotlar asrida maxfiylikni qanday saqlash kerak” deya atalardi.


2023 yilda jiddiy kasallikka qarshi kurashayotgan Kevin Mitnik ishlashda davom etdi: aprel' oyida u eng so'nggi parol' krakerini – axborot xavfsizligini tezkor tekshirish va zaifliklarni aniqlash imkonini beruvchi dasturni chiqardi. Bu uning eng oxirgi ishlaridan biri edi.


Abror Zohidov


Izoh qoldirish
Jo‘natish
Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Maqolaga baho bering
0/5

0

0

0

0

0

Mavzuga oid

Ҳодиса
Hayratlanarli
0 2441 10:00 | 04.11.2023
Ҳодиса
G'azo bolalari nomma-nom
0 2411 14:28 | 06.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса
21 noyabr' – qanday kun?
0 3189 11:13 | 21.11.2023
Ҳодиса
Ҳодиса